Page 844
Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr
deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek
o‘smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga
ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb
o‘ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari,
qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga
kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir. O‘smirlik davri o‘zining
taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi,
mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun
tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik,
fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda
tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm
tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita
o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida
bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin
o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar
jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular, avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi
axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay
qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi
hakidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri
kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida
salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin.
Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap
ko‘tarmas bo‘lib qoladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda
mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik,
o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik
jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning
uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan
o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi,
bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish
shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Butun a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka,
yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham
o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun
eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar
yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan