Page 845
teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham
ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini
ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va
ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini
harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan
ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon
bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat
turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib
topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo
bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin
farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos
xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan,
ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish,
shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi
qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq
kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular
o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga
urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari
bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy,
ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali,
kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala
qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish
tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy
vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham
shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv
hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir.
O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy
munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat
qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda
o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun
o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik yoshidagi
bolalarning jismoniy xususiyatlari.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bola
rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida amalga oshadi.
Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi bosqichi
boshlanadi. O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga nisbatan tezroq
rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga
bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib