Page 847
o‘zgartirish qiyin bo‘lgan chuqur iz qoldirishi mumkin.O‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf
rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning
jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham
albatta ta’sir qiladi. O‘smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga
noma’lum bo‘lgan va qandaydir ma’noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va
tegishli fikrlar, xislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum
mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning
paydo bo‘lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim
vositalaridan biri o‘smirlar diqqatini odamlar o‘rtasidagi intilish munosabatlar
doirasidan boshqa ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu o‘smirlar diqqatining jinsiy
kechinmalar ustida to‘rejaishini ozaytiradi.O‘smirning hayot kechirish tarzi va uning
psixik taraqqiyotga ta’siri. Kichik yoshdagi o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta
yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Oilada,
maktabda va o‘quvchilar jamoasida o‘smirning mavqei sezilarli darajada o‘ziga xos
xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarning oila a’zolari bilan ham yangicha
munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. O‘smir shaxsining takomillashuvi va
shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat
o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida
ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘quv motivlari
ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati motivlari orasida bilish, yangi bilimlarga ega
bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga
og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va xavotirlik xislarini boshdan kechiradi. Kattalar
tomonidan o‘smirning yurish turishi, xulqiga javob berish talab qilinadi. O‘smirga
uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi, ularning
ko‘pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining
yangi mavqeini tushuna boshlaydi, o‘z xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi.
Maktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha
o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga
moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi
o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. O‘smirning
bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi. O‘smirga o‘zining o‘qishi,
mehnati va xatti- harakatlariga mas’uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq
bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali ravishda ko‘tarila
borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. O‘smirning oiladagi
mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy
hayotida murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi
talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval
mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p