Page 846
oladilar. 9-10 sinfga o‘tganlarida bu bosqich o‘g‘il bolalarda yuqorilab ketadi. Qizlar 14
yoshda, o‘g‘il bolalar 15 yoshda balog‘atga yetadilar. O‘smirlik davrida o‘g‘il
bolalarning bo‘yi 25-30 sm, qiz balalarniki 18-20 sm o‘sadi.
O‘smirlik
yoshining 2- davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning o‘rta qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq
) juda tez shakillana boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqum o‘zgaradi, bo‘g‘izda ham
o‘zgarish ro‘y beradi:Ovoz paylari uzayadi va ko‘payadi. Natijada o‘smirlarning
ayniqsa, o‘g‘il bolalarning ovozi yo‘g‘on va past bo‘lib qoladi. «Ovozning buzili- shi »
yosh bolalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovozning nisbatan past kattalarga xos ovoz bilan
almashinishidir. Qiz bolalarning ovozi o‘g‘il bolalarnikidek keskin o‘zgarmaydi,
shunday bo‘lsa ham qizchalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovoz asta - sekin, tekis va nozik
salgina pasaygan ovoziga o‘z o‘rnini beradi.O‘smirlik yoshida muskul tizimining o‘sishi
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o‘sib, mustahkamlanib borsada, lekin
oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sishidan orqada qoladi. Natijada o‘smir gavdasi
nomutanosib, harakatlari, yurishi notekis, beso‘naqay bo‘ladi, oyoqlar uzun, muskullar
nozik bo‘lganidan o‘smir yurishidagi beso‘naqaylik ko‘zga tashlanib turadi.
Ko‘krak qafasi tananing bo‘yga o‘sishiga nisbatan sekinroq o‘sadi. Natijada
o‘smir ko‘kragi tor bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida muayyan darajada kislorodga ko‘prok
ehtiyoj sezdiradi. Kislorodga ehtiyoj o‘smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya
muskul sistemasidan farqli ravishda kislorodni bir necha marta ko‘p is’temol qiladi.
Yurak va qon aylanish tizimining o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos xarakterga ega.
O‘smirlik yoshining ,birinchi davridayoq yurak o‘sib borishining hamma sikllari asosan
tugallangan bo‘ladi. Qon aylanish sistemasi yurak o‘sishidan birmuncha orqada qoladi.
Natijada u o‘smirlarda, ayniqsa qizlarda yurak urish tartibi buziladi. Miya va asab
tizimining o‘sishi 13-18 yoshlarda takomillashadi. O‘smirlik yoshining ikkinchi
yarmida miyaning eng murakkab psixik jarayonlar sodir bo‘ladigan peshona qismida
asab tolalari mielinizatsiyalashib bo‘ladi. Bu yoshda xujayralar ichidagi murakkab
o‘zgarishlar natijasida bosh miya ilon izi chiziqlari asosan shakillanib bo‘ladi. Bosh
miya pustlog‘ining ayrim qismlarini va miya yarim sharlarini birlashtirib turuvchi
assotsativ o‘zgarishlar o‘smirning tez ulg‘ayishi va ularning butun psixik hayotining
murakkablashuviga asos bo‘ladi.O‘smirlik davrida ko‘zg‘alish jarayoni tormozlanishga
nisbatan kuchliroq bo‘ladi. O‘smirlarning o‘zini idora qila olmasligi, muddatliligi,
ta’sirlanuvchanligi, qiziqish va havaslarining beqarorligi, faol faoliyatdan birdaniga
passivlikka tushishining boyisi ham ko‘p jihatdan ana shunda. O‘smirning jismoniy
jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol o‘ynaydi, jinsiy balog‘atga yetish
o‘smir organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar yasaydi. Jinsiy balog‘at natijasida
o‘smirlarda o‘ziga xos psixik holat vujudga keladi. Shuning uchun bu davrda maktab va
oilada ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil- masa, o‘smirning yosh fiziologik
xususiyatlari xisobga olinmasa, uning xulq atvoridagi salbiy sifatlar ortib borib, bola
xarakterining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va keyingi hayoti davomida ham