Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Sofistika
. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, Qadimgi Yunonistonda, miloddan 
avvalgi V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida 
paydo bo‘lgan. Sofistika namoyandalari: Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. 
Sofistikaning paydo bo‘lishi, antik YUnonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan 
bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acp o‘rtalarida 
boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga 
intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi. 
Sofistika mavjud nazariya va ma’lumotlarni saqlashga intiladi. U, yangi fikr eski fikrning bir 
qismi ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, mavjud bilimlar tizimini barcha 
ziddiyatlardan tozalashga harakat qiladi. Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan 
isbotlash uchun foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi 
«sopism» so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish 
orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’nomazmunga erishish usuli, 
deb ta’kidlanadi. Bu usul qo‘llanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon qilinadi, 
ya’ni «Qizim, senga aytaman, kelinim,sen eshit», deganga o‘xshash holat nazarda tutiladi. U, 
nafaqat, Qadimgi YUnoniston, balki o‘pta asrlarda Evropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul 
yolg‘on xulosalarga olib kelsa, nega o‘z davrining ko‘pgina dono kishilari undan foydalanganlar, 
degan savol tug‘ilishi mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarga munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
99 
holni inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar Evropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‘sha 
davrda ham ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, 
falsafada «do‘ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur 
«Zarbulmasal» acapi kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta asrlar Evropasiga nisbatan 
olsak, unda Servantesning «Don Kixot» acapi nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh 
qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida 
qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‘ladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin