Falsafiy bilim . Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi.
Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda–insonning dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar,
uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining
aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani
turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ijtimoiy bilim, asosan, o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi . SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu erda,
tabiiy-matematik
siklga
mansub
fanlarga
qaraganda
kamroq.
Biroq,
bilimning
matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib
bormoqda.
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi. Hissiy darajadagi bilimning shakllari . Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir.
Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.