Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə123/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Tanlanma kuzatish nima? Boshqa qisman kuzatish turlaridan nimalar bilan farq qiladi?

  2. Tanlanma tekshirishlar qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi?

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday hodisa va jarayonlar tanlanma kuzatish yo‘li bilan o‘rganiladi? Misollar keltiring.

  4. Bosh va tanlanma to‘plam deganda nimani tushunasiz? Ular qanday umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?

  5. Reprezentativlik xatosi nima? U qayd qilish xatosidan nimalar bilan farq qiladi?

  6. Reprezentativlik xatosining qanday turlarini bilasiz? Ular orasidagi farqlarni tushuntirib bering.

  7. Qanday tanlash usullari tanlanmaning reprezentativ bo‘lishi ta’minlanadi?

  8. Asl ma’noda tasodifiy tanlash deganda nimani tushunasiz? U qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

  9. Siz Universitet talabalari statistika fanini o‘zlashtirish darajasini baholash maqsadida tanlanma kuzatish o‘tkazmoqchisiz. Buning uchun talabalarni qanday tartibda tanlab olasiz? Matematika yoki iqtisodiy nazariyani yaxshi biladigan talabalarni ko‘proq tanlab olish mumkinmi? Universitetga kirish test sinovlarida talabalardan eng yuqori ballar olgan talabalarni-chi?

  10. Tanlanmaga tushgan har bir talabani og‘zaki so‘roq-javob yo‘li bilan o‘zlashtirish haqidagi ma’lumotlarni to‘plash mumkinmi? Bu holda qanday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin?

  11. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchilar bo‘lishi shak-shubhasizdir. Bu iqtisodiyot miqyosining tanlanma usulda baholab bo‘ladimi? Siz bunday tanlanma kuzatish tashkil etish yo‘llari haqida qanday fikrlarni bildira olasiz?

  12. Mexanik tanlash nima? Qanday hollarda uning natijalari tasodifiy tanlanmaga mos keladi va qanday hollarda farq qiladi?

  13. Tiplarga (guruhlarga) ajratib tanlash deganda nimani tushunasiz? Talabalar bilim darajasini o‘rganish maqsadida bu usuldan qanday tartibda foydalanish mumkin yoki butunlay mumkin emasmi?

  14. Seriyalab tanlash deganda nimani tushunasiz? Qanday hollarda bu usuldan foydalanish mumkin?

  15. Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadratik xatosi va uning ishonchli chegarasi qanday aniqlanadi?

  16. t - ishonch koeffitsiyentining mohiyati va vazifasi haqida nima deya olasiz?

  17. Ishonch ehtimoli va muhimlik darajasi deganda nimani tushunasiz?

  18. Tanlanma normal taqsimlanishga ega deb qabul qilib tanlanma o‘rtacha bosh to‘plam o‘rtachasidan 2 karra ehtimolli xatodan (0,67449 kvadratik xatoga teng) katta bo‘lish ehtimolini toping.




Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin