Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya. Muhim va mohiyatli omillarni tanlash



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə135/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya. Muhim va mohiyatli omillarni tanlash

Korrelyatsion bog‘lanishning xususiyati regressiya tenglamasida bir necha muhim va mohiyatli omillar ishtirok etishini taqozo qiladi. Shuning uchun regressiya tenglamasiga kiritiladigan mohiyatli omillarni tanlash katta ahamiyatga egadir.


Ko‘p omilli regressiya tenglamasida o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘langan omillar bir vaqtda ishtirok etmasligi kerak. Chunki ular regressiya tenglamasida bir-birini ma’lum darajada takrorlab, natijada regressiya va korrelyatsiya ko‘rsatkichlarining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Demak, tanlangan omillar ichida o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘lanishda bo‘lgan omillardan ba’zilarini regressiya tenglamasiga kiritmaydi. Buning uchun chiziqli juft korrelyatsiya koeffitsiyentlarining matritsasi tuziladi.


5-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash.

5-asosiy savolning bayoni:
Ko‘p omilli regressiyaning chiziqli tenglamasi umumiy ko‘rinishda quyidagicha yoziladi:
. (9.28)
Bu yerda:
- natijaviy belgining o‘zgaruvchan o‘rtacha miqdori bo‘lib, uning indekslari regressiya tenglamasiga kiritilgan omillarning tartib sonlarini ko‘rsatadi;
a0 - ozod had;
aj – xususiy regressiya koeffitsiyentlari.
Ko‘p omilli regressiya tenglamasining parametrlarini hisoblash «eng kichik kvadratlar» usuliga asoslanib hosil qilinadigan ushbu normal tenglamalar tizimini yechishga tayanadi:
(9.29)
Normal tenglamalar tizimi chiziqli algebraning biror usulini qo‘llab yechiladi va noma’lum hadlar topiladi. yechishni ShEHMda bajarish uchun maxsus «Microstat», «Statgraphics», «Statistica» kabi amaliy dasturlar paketi yaratilgan.

Xususiy regressiya koeffitsiyenti muayyan omilning natijaviy belgi variatsiyasiga ta’sirini omillar o‘zaro bog‘lanishidan «tozalangan» holda o‘lchaydi, ammo tenglamaga kiritilmagan omillar bundan mustasnodir.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, xususiy regressiya koeffitsiyenti , juft regressiya koeffitsiyentidan farqli o‘laroq, muayyan omilning natijaga ta’sirini uning variatsiyasi bilan boshqa tenglamada qatnashayotgan omillar variatsiyasi orasidagi bog‘lanishni hisobga olmagan holda, undan «tozalangan» tarzda o‘lchaydi.
Xususiy regressiya koeffitsiyentlari aj nomli miqdorlardir, ular turli o‘lchov birliklarda ifodalanadi va sifat (ma’no) jihatidan har xil omillar ta’sirini o‘lchaydi. Demak, ular bir biri bilan taqqoslama emas.
Shuning uchun standartlashtirilgan xususiy regressiya koeffitsiyentlari yoki  - koeffitsiyentlar hisoblanadi:
(9.30)

 standartlashgan regressiya ko‘rsatkichlari taqqoslama nisbiy me’yorlar, ularda o‘lchov birliklari va belgilar mohiyati mavhumlashgandir.
xj omilga tegishli j – koeffitsiyent muayyan omil variatsiyasining natijaviy belgi Y variatsiyasiga ta’sirini regressiya tenglamada ko‘zlangan boshqa omillar variatsiyasidan chetlangan (tozalangan) holda o‘lchovchi nisbiy me’yor hisoblanadi. natijada ko‘p o‘lchovli regressiya tenlamasi quyidagi shaklni oladi:


. (9.31)

Agar natijaviy belgi va omillar qiymatlarini standartlashgan masshtabda olsak:


(9.32)
O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur tenglamaning j - koeffitsiyentlarini aniqlash uchun quyidagi normal tenglamalar tizimini yechish kerak:

Ko‘p o‘lchovli  - regressiya tenglamasi koeffitsiyentlarini natural qiymatlarga (aj) keltirish uchun (9.32) formuladagi standartlashtirilgan regressiya koeffitsiyentlaridan ularning natural qiymatlari (aj) ni quyidagiifodalarga asoslanib hisoblash kerak.



Xususiy regressiya koeffitsiyentlari bilan elastiklik koeffitsiyentlari o‘rtasida quyidagi o‘zaro nisbat mavjud.


Ma’lumki, elastiklik koeffitsenti
(9.33)
ifodaga teng. Agar (9.30) dan aj aniqlab, (9.33)ga qo‘ysak (9.34). Bu yerda -natijaviy belgi variatsiya koeffitsiyenti, - omil variatsiya koeffitsiyenti yoki .



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin