Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Mavzuga oid asosiy muammolar



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə143/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Mavzuga oid asosiy muammolar:

  • Dinamikani statistik o‘rganish usullari haqida to`liq tushunchaga ega bo`lish;

  • Dinamika qatorlarini tahlil qila oladi.



1-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Dinamika qatorlar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

  • Dinamika qatorlarning tarkibiy unsurlarini farqlay olish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Dinamika qatorlar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

  • Dinamika qatorlarning tarkibiy unsurlarini farqlay olish.



1-asosiy savolning bayoni:

Dinamika - o‘sish, rivojlanish demakdir.
Dinamika so‘zi grekcha “dynamikos” so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug‘aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o‘sish yoki rivojlanishni anglatadi.
Hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.

Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi.
Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar xatnomasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar.
O‘rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo‘lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o‘tgan vaqt oralig‘i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.

Zaxira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro‘y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori.
Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo‘lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o‘lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig‘idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi.
O‘rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko‘rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “y” orqali belgilanadi.
Har bir dinamika qatori boshlang‘ich y0 , oxirgi yn , muayyan oraliq yi va o‘rta darajalarga ega.

Dinamika qatorlari uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin.
Dinamika qatori quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya;
- qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar;
- ayrim yillarga tegishli tebranishlar;
- mavsumiy to‘lqinlar;
- konyunkturaviy tebranishlar.
Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o‘lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo‘llari ishlab chiqilgan.

Dinamika qatorining ko‘rsatkichlari taqqoslama bo‘lishi kerak.
Dastavval ko‘rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o‘lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo‘lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko‘rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo‘lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang‘ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo‘lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko‘rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo‘lishini anglatadi. Bundan tashqari, o‘rganilayotgan obyektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda yechilishi kerak. Ko‘rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin