Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlarini izohlay oladi.
Identiv o’quv maqsadlari:
Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlarini izohlay oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish);
o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;
qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);
1% qo‘shimcha o‘sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.
Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish- har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang‘ich yoki o‘zidan oldingi davr darajasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(10.1)
2.O‘sish yoki kamayish koeffitsiyenti yoki sur’ati (Ko‘.k.) - har qaysi keyingi davr darajasi boshlang‘ich yoki o‘zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko‘rsatadi.
; ; ; (10.2)
3.Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati(Δ) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasi ayirilib, 100 ga ko‘paytiriladi va boshlang‘ich davr darajasiga bo‘linadi.
(10.3)
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga ko‘paytiriladi va o‘zidan oldingi yil darajasiga bo‘linadi.
1% qo‘shimcha o‘sish (kamayish)ning mutlaq qiymati – mutlaq qo‘shimcha o‘sish qiymati zanjirsimon qo‘shimcha o‘sish sur’atiga bo‘linadi.
(10.4)
Quyida O‘zbekistonda don ishlab chiqarishning tahliliy ko‘rsatkichlarini keltiramiz.