Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Dinamika tendensiyalarini aniqlash usullari



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə147/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Dinamika tendensiyalarini aniqlash usullari

Ingliz tilida tendensiya the trend deb ataladi. Tendensiya so‘zi lotincha tandere so‘zining nemischa tendenz talaffuzidan olingan bo‘lib, harakat yoki fikrlar yo‘nalishi, biror hodisa rivojlanishida kuzatiladigan yo‘nalish, biror kimsa yoki narsaga xos mayl, intilish, moyillik degan lug‘aviy ma’nolarga ega.


Umuman tendensiyalarni aniqlashning turli usullari mavjud. Ular orasida eng oddiysi ko‘rsatkich davrini uzaytirishdan iborat.
Ko‘rsatkich davrini uzaytirish usuli

Dinamika tendensiyasini aniqlashning eng sodda usuli qator darajalari davrini uzaytirishdir.


Bu holda ketma-ket joylashgan qator darajalri teng sonda olib qo‘shiladi, natijada uzunroq davrlarga tegishli darajalardan tuzilgan yangi ixchamlashgan qator hosil bo‘ladi. Masalan, 10.2-jadvalga binoan, har ikki yillik paxta ishlab chiqarish hajmi:
2000-2001 y.y. 3002+3265=6267 ming tonna.
2002-2003 y.y. 3122+2803=5925 ming tonna.
2004-2005 y.y. 3535+3500=7035 ming tonna.
Dinamika tendensiyasini qator darajasining davrini uzaytirish yo‘li bilan aniqlash usuli jiddiy kamchiliklarga ega. Avvalombor, bu holda boshlang‘ich darajalar yo‘qolib, ularning o‘rniga yangi uzunroq davrga tegishli darajalar hosil bo‘ladi. Bu esa kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshlang‘ich darajalarni qo‘shish natijasida nafaqat tasodifiy holat bilan bog‘liq tebranishlar tekislanadi, balki shu bilan bir qatorda ularning tabiatiga xos xususiyatlar ham “umumiy qozonda” aralashib ko‘rinmay qoladi. Vaholanki dinamika qatorlarini tahlil qilishda ko‘zlangan asosiy maqsad dinamikani shakllantiruvchi asosiy ichki bog‘lanish va xususiyatlarni tasodifiyat ta’siridan “tozalab” sof holda ko‘rsatishdan iboratdir.
Sirg‘anchiq o‘rtacha darajalarni hisoblash

Bu usulning mohiyati shundaki, dinamika qatorining haqiqiy darajalari asosida sirg‘anchiq o‘rtacha darajalar hisoblab, ulardan tekislangan qator tuziladi va natijada trend yaqqollashadi.



Sirg‘anchiq o‘rtacha - bu qator darajalarini birin-ketin ma’lum tartibda surish yo‘li bilan hisoblangan o‘rtacha darajadir.
Sirg‘anchiq o‘rtacha darajalar qator ko‘rsatkichlaridan doimo teng sonda olib, ulardan oddiy arifmetik o‘rtacha hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Ularni toq yoki juft sonda olinadigan qator ko‘rsatkichlari asosida hisobalash mumkin.
Birinchi holda hisoblash, masalan, uchta yoki beshta va h.k. toq sonda olinadigan darajalarga asoslanadi. Bu yerda eng muhimi shundan iboratki, har bir davr uchun sirg‘anchiq o‘rtacha darajani hisoblash uchun muayyan davr haqiqiy darajasidan tashqari uning o‘ng va chap yonbag‘ridagi ko‘rsatkichlardan ikki tomondan bir xil sonda olib, ulardan arifmetik o‘rtacha aniqlanadi. Masalan, 10.2-jadvalga binoan o‘rtacha yillik sirg‘anchiq paxta ishlab chiqarish hajmi:
2000-2002 y.y. (3002+3265+3122):3=3129,1;
2001-2003 y.y. (3265+3122+2803):3=3063,3;
2002-2004 y.y. (3122+2803+3535):3=3153,3;
2003-2005 y.y. (2803+3535+3500):3=3279,3.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin