Oddiy arifmetik o‘rtacha
Oddiy arifmetik o‘rtacha o‘rganilayotgan belgining ayrim miqdorlarini (ya’ni qator variantalari qiymatlarini) bir-biriga qo‘shib, olingan yig‘indini ularning soniga (ya’ni qator variantlari soniga) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:
(6.1)
Bu yerda: - yig‘indi belgisidir.
– o‘rganilayotgan belgining ayrim qiymatlari (qator variantalari)
N – ularning soni (qator variantlari soni)
Masalan, brigada ishchilari bir kunda (dona) 10, 12, 16, 12, 10, 14, 12, 16, 12, 16 jami 150 dona mahsulot yaratgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha bir kunda bir ishchi (10+12+16+....+16)/10=130/10=13 dona.
Tortilgan arifmetik o‘rtacha
Tortilgan arifmetik o‘rtacha – o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni ularning to‘plamda uchrashish soni bilan tortib olib hisoblangan o‘rtachadir.
Agar X belgining n miqdorlari
, , ,..., yoki ( )
mos tartibda
f1, f2, ....., fn yoki fi ( )
martadan kuzatilgan bo‘lsa, o‘rtacha arifmetik miqdorning umumiy ifodasi
bo‘ladi. Bu tortilgan arifmetik o‘rtacha formulasidir, bunda fi - o‘rtachaning vazni deb ataladi. Yuqoridagi misolda ishchilarni bir kunlik mahsulot hajmi bo‘yicha guruhlasak;
Mahsulot, dona
|
10
|
12
|
14
|
16
|
Ishchilar soni, kishi
|
2
|
4
|
1
|
3
|
Bundan:
dona.
Dostları ilə paylaş: |