Arifmetik o‘rtacha xossalari
Arifmetik o‘rtacha bir qator xususiyatlarga ega:
Belgining ayrim miqdorlari (qator variantalarining ayrim qiymatlari) bilan ularning arifmetik o‘rtacha darajalari o‘rtasidagi farqlar yig‘indisi doimo 0 ga teng, ya’ni: .
2. Belgining ayrim miqdorlari bilan ularning arifmetik o‘rtachasi orasidagi farqlarning kvadratlari yig‘indisi minimal qiymatga ega, ya’ni yoki
Agar belgining har bir qiymatini o‘zgarmas ixtiyoriy songa (V) bo‘linsa (yoki ko‘paytirilsa), u holda arifmetik o‘rtacha qiymati shu son marta kamayadi (yoki ko‘payadi):
.
4. Agar belgining har bir qiymatidan o‘zgarmas ixtiyoriy son (A) ayrilsa, yoki qo‘shilsa, u holda arifmetik o‘rtacha qiymati ham shu songa kamayadi yoki ko‘payadi.
.
5. Agar o‘rtacha arifmetik vazn qiymatlarini o‘zgarmas ixtiyoriy songa (s) bo‘linsa (yoki ko‘paytirilsa), u holda o‘rtacha qiymati o‘zgarmaydi.
Belgining ikki va undan ortiq to‘plamlar bo‘yicha o‘rtacha qiymatlarining yig‘indisi uning umumiy jamlama to‘plam bo‘yicha o‘rtacha qiymatiga teng:
Arifmetik o‘rtachani «shartli moment» usulida hisoblash
Qator variantalaridan o‘zgarmas ixtiyoriy A soni ayirib, olingan natija boshqa ixtiyoriy B songa bo‘linadi. Natijada berilgan qatordan qatori vujudga keladi. Bu qator uchun arifmetik o‘rtacha hisoblanadi
.
So‘ngra y B soniga ko‘paytiriladi va olingan natija ustiga A soni qo‘shiladi. Yakunida boshlang‘ich qatorning haqiqiy arifmetik o‘rtacha miqdori kelib chiqadi
.
Kengligi teng oraliqli qatorlarda «A» deb variantaning o‘rtadagi qiymatini, «B» o‘rnida esa oraliq kengligini olish tavsiya etiladi.
Yuqoridagi misolimizda 7.1-jadval 7 ustunida A=100, B=10 deb “Y” qiymatlari berilgan. Demak,
.
Dostları ilə paylaş: |