Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


-savol bo’yicha dars maqsadi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə80/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

2-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • O‘rtacha miqdor turlarini tushuntirib berish;

  • O‘rtacha miqdorlarni hisoblash tartibini tahlil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • O‘rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bera oladi.

2-asosiy savolning bayoni:
Statistikada o‘rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va shakllari mavjud. Chunonchi, agregat (nozohir shaklli) o‘rtacha, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha geometrik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha xronologik va h.k. shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o‘rtachaga o‘xshash funksiyani bajaruvchi o‘rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o‘rta hadlari (miqdorlari) deb ataladi.
O‘rtacha miqdorlarning u yoki bu turi va shaklini qo‘llash tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga, o‘rganilayotgan jarayon va hodisa xususiyatlariga hamda muayyan sharoitda qo‘limizda bo‘lgan ma’lumotlar xarakteriga bog‘liq.


3-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Arifmetik o‘rtacha miqdorlar haqida tushuncha berish;

  • O‘rtacha miqdorlarni hisoblash tartibini tahlil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Arifmetik o‘rtacha miqdorlar haqida tushuncha berish;

  • O‘rtacha miqdorlarni hisoblash tartibini tahlil qilish.

3-asosiy savolning bayoni:

Arifmetik o‘rtacha deb shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga aytiladiki, u bilan belgining ayrim qiymatlarini almashtirilsa, ularning umumiy yig‘indisi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari soniga nisbatan proporsional taqsimlanishi zarur.

Arifmetik o‘rtacha miqdor o‘rtachalarning eng sodda va amaliyotda juda keng qo‘llanadigan turidir. U o‘rganilayotgan belgi to‘plam birliklarida ega bo‘ladigan ayrim miqdoriy qiymatlarini qo‘shishdan olinadigan umumiy hosilaga (yig‘indiga) hamda birliklar soniga asoslanadi. Agarda o‘rtacha arifmetik miqdorni variatsion qator nuqtai nazaridan qarasak, u qator variantasining shunday o‘rtacha qiymatiki, uni hisoblashda variantalar qiymatlarining umumiy yig‘indisi o‘zgarmas miqdor deb qaraladi va variantlar soniga nisbatan proporsional taqsimlangan deb talqin etiladi. Shu sababli o‘rtacha arifmetik miqdorning taqsimot qatoridagi o‘rni ayrim varianta qiymatlari undan teng ikki yoqlama tafovutda bo‘lishi bilan belgilanadi.


O‘rtacha arifmetik miqdor oddiy va tortilgan shakllarga ega.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin