Tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar
O‘rtacha miqdor o‘zgaruvchan miqdorlarning o‘rtacha qiymatidir. U to‘plam uchun xos bo‘lgan umumiy tendensiyani, qonuniyatni ifodalashi bilan bir qatorda belgining ayrim qiymatlarini niqoblaydi. Vaholanki, bozor iqtisodiyoti hayotiy masalalarni yechishda belgining aniq qiymatlariga tayanishni taqozo etadi. Masalan, kiyim-kechak va poyafzalga bo‘lgan talab ularning o‘rtacha o‘lchami bilan emas, balki har bir o‘lchamning aniq soniga nisbatan belgilanadi. Shuning uchun taklif istiqbolini belgilash ham ana shunday ma’lumotlarga asoslanadi. Avtomashina uchun benzinga, butlovchi qismlarga, balonlarga bo‘lgan talab ham ularning o‘rtacha belgi qiymatlariga binoan emas, balki ularning aniq turlariga qarab aniqlanadi. Taklif ham shunday ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Milliy valyutani qadrsizlanishi inflyatsion jarayon kyechishi - bozor iqtisodiyotining yo‘ldoshi va xususiyatidir. Bu jarayonni o‘rganish bozor baholari ustidan muntazam kuzatish olib borishni talab qiladi. Ammo baholar uchun kuchli konyukturaviy tebranish xos bo‘lib, ular savdo shaxobchalari, ayrim sotuvchilar va oluvchilar va vaqt sayin keng ko‘lamda tebranib turadi. Ayni bir xil va bir miqdordagi mahsulot uchun bozorda turli tuman baholar kuzatiladi. Shu sababli ularning hammasini qayd qilib bo‘lmaydi, amalda har bir mahsulot uchun bozorda eng ko‘p uchraydigan modal baho qayd qilinadi, xolos.
Tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar deganda taqsimot qatorida ma’lum o‘rinda joylashgan varianta qiymati tushuniladi.
To‘plamlar tuzilishidagi xususiyatlarni va qonuniyatlarni oydinlashtirish, ularning birliklarini ma’lum oraliqda zichlashib to‘planishini tahlil qilish ham o‘rtacha miqdorlar bilan bir qatorda taqsimot qatorlarining o‘rta tuzilmaviy ko‘rsatkichlar deb nomlanuvchi tavsifiy parametrlarini (miqdorlarini) aniqlashni talab qiladi. Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga moda, mediana va kvantililar kiradi.
Moda to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgi qiymatidir.
Moda deb to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgi qiymatiga ataladi. Diskret qatorlarda u eng ko‘p sohiblar (variantalar) soniga ega bo‘lgan varianta qiymati bilan belgilanadi.
Oraliqli qatorlarda moda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(6.10)
Bu yerda 0 -moda;
- modal oraliq (guruh) ning quyi chegarasi;
-modal oraliqdagi birliklar (variantlar) soni;
-undan olingan oraliq (guruh) dagi birliklar soni;
-undan keyingi oraliqdagi birliklar soni.
Masalan, 6.1-jadvalda moda 50,2-60,2 ming so‘m guruhi ichidadir. Bu yerda kishi kishi kishi ming so‘m.
Mediana
Mediana - bu to‘plamni teng ikki qismga bo‘luvchi belgi qiymatidir.
Mediana deganda to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi belgining qiymati tushuniladi. Saflangan qatorlarda mediana o‘rtada joylashgan varianta qiymatiga teng. Agarda saflangan qator toq hadli bo‘lsa, masalan, 9 yoki 15 haddan iborat bo‘lsa, u holda 5-had yoki 8-had mediana bo‘ladi.
Toq oraliqli qatorlarda mediana quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(6.11)
Juft sonli oraliqli qatorlarda esa: .
Bu yerda: e -mediana;
x0-mediana bo‘lgan oraliq (guruh)ning quyi chegarasi;
-medianadan oldingi oraliq uchun jamlama birliklar soni;
-mediana bo‘lgan oraliqdagi birliklar soni;
-mediana oralig‘ining kattaligi;
k-oraliqlar (guruhlar) soni;
-hamma guruhlardagi birliklarning jamlama soni.
7.1-jadvalda mediana 100 % - 110% guruh ichida joylashgan. Bu yerda %, %, , , , %.
Dostları ilə paylaş: |