Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

 
 


13 
I - BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR FANINING MAQSAD 
VA VAZIFALARI. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR TURKUMI 
VA QOʻLLANILISH SOHASI
1.1.
 
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida 
pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati 
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini 
oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil 
telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz oʻtkaza olmay 
qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va taʻlim 
olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa 
sohalar qatorida taʻlim tizimida ham turli fanlarni oʻqitishda AKT 
imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat talabalarda 
bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini 
rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi 
davrlarda koʻplab psixologik va ilgʻor pedagogik sohalarda chop etilayotgan 
maqolalarda, AKT talabalarlarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi 
haqidagi fikrlar taʻkidlanayotganining guvohi boʻlmoqdamiz. AKT 
imkoniyatlaridan foydalanish taʻlim jarayonida beriladigan axborotlar doirasini 
boyitish va talabalar tomonidan qiziqish bilan oʻzlashtirilishiga yordam beradi. 
Taʻlim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos 
boʻlgan taʻlimga yangicha yondashuv shakllana boshladi.
YUNESKO
1
AKT taʻlimning ochiqligi va haqqoniyligini taʻminlashga, 
oʻqitish va oʻqitish sifatini oshirishga va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga 
hissa qoʻshishi mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, tegishli siyosat, 
1
https://ru.unesco.org/themes/ikt-v-oblasti-obrazovaniya 


14 
texnologiyalar va imkoniyatlarga ega boʻlgan holda, AKT taʻlimni boshqarish, 
yetakchilik va maʻmuriyatni yaxshilashga yordam beradi.
YUNESKO taʻlimda AKTdan foydalanish yoʻllariga har tomonlama 
yondashadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti taʻlim sohasidagi kirish, qoʻshilish, 
tenglik va sifat masalalarini hal qiladigan aloqa va axborotlashtirish, taʻlim va 
tabiiy fanlar sohalarining birgalikdagi faoliyatiga katta eʻtibor qaratmoqda. 
YUNESKO ning taʻlimda AKT dan foydalanish dasturlariga quyidagilar 
kiradi: 
-
taʻlimda mobil oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha 
salohiyatni oshirish; 
-
oʻqituvchilarga AKTdan kasbiy faoliyatining barcha jabhalarida 
foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni, “Oʻqituvchilar uchun AKT 
vakolat doirasi” kabi vositalardan foydalangan holda oʻrgatish; 
-
ochiq litsenziyalar orqali qayta foydalanish uchun mavjud boʻlgan 
koʻp tilli taʻlim resurslari va dasturiy taʻminotini yaratish va foydalanishni 
ragʻbatlantirish (ochiq taʻlim resurslari - OER; bepul manbali dasturiy taʻminot 
- BOOOOIK); 
-
taʻlimda AKTdan foydalanish boʻyicha statistik maʻlumotlarni 
yigʻish va koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. 
Pedagogik taʻlim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida samarali tashkil etish masofaviy oʻquv kurslarini va elektron 
adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli 
mutaxassislarning birlashuvini, pedagoglar oʻrtasida vazifalarning 
taqsimlanishini, taʻlim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik 
faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari 
yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun 
moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini 
oshirishning 
istiqbolli 
shakllaridan 
biri 
hisoblanib, 
zamonaviy 
texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy 


15 
vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga 
yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik 
taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 

oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va 
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi; 

test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni 
tekshirish yoki baholash maqsadlarida qoʻllaniladi; 

mashq qildirgichlar - avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini 
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi 
dasturlar. 
Dasturiy taʻminotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy 
pedagogik 
vosita 
(UPV)», 
«oʻquv 
pedagogik 
dasturi 
(OʻPD)», 
«avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi (AOʻT)», «oʻqitishning yangi axborot 
texnologiyasi (OʻYaAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir obʻektga turlicha 
nom berish tadqiqotchilarning oʻzaro fikr almashinuviga salbiy taʻsir koʻrsatadi. 
Biz bundan keyin taʻlim jarayonida qoʻllanadigan dastur vositalarini «pedagogik 
dasturiy vositalar (PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. Zero, mashgʻulot jarayoni 
yaxlit bir tizim boʻlib, u ham maʻlumotlarni bayon qilish, ham namoyish qilish, 
ham mashq qildirish, ham nazorat qilish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Shu bois 
mashgʻulot jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan dastur vositalarining barcha 
turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab umumiy nom bilan PDV deb aytish 
maqsadga muvofiq hisobalanadi. 
Pedagogik dasturiy taʻminotni rivojlantirishni baholash, birinchi 
navbatda, pedagogik dasturiy taʻminotning asosiy tushunchalarini, tasnifi va 
turlarini oʻrganish kerak. 
“Pedagogik dasturiy taʻminot” konsepsiyasi boshqacha talqin etiladi, 
ammo koʻpchilik olimlarning fikrlari oʻxshashdir. Misol uchun, Kuxtin D.V 
“Pedagogik dasturiy taʻminot taʻlim tizimini oʻrganish jarayonida foydalanish 


16 
uchun moʻljallangan alohida dastur va dasturiy paket hisoblanadi” deb 
taʻriflaydi.
2
N.N.Gorlushkina “Pedagogik dasturiy taʻminot kompyuter va 
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida oʻquv jarayonini 
texnologik qoʻllab-quvvatlash” ekanligini taʻkidlaydi.
3
PDVlar oʻz maʻlumot omboriga, shuningdek, modellashtiruvchi, 
boshqaruvchi, oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi sifatlarga ega boʻlib, taʻlimning 
koʻrgazmaliligini taʻminlaydi, taʻlim subʻektlari faoliyatini tezkor tahlil etish, 
nazorat qilishga moʻljallanadi. 
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib 
koʻrsatish mumkin. Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni oʻrganishga 
moʻljallangan boʻlib, ular bilimlarni formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik 
PDVlarni yaratishga matematik mantiq nuqtai nazaridan yondashilgan. Ularda 
dasturlashtirilgan taʻlim prinsiplariga rioya qilib, oʻquv materialini mantiqan 
bogʻliq qismlarga ajaratish, talabalar oʻzlashtirishini individuallashtirish, 
talabalar oʻzlashtirishini tezkor baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir 
taʻlimda kompyuterdan foydalanish texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi 
yaratilayotgan PDVlar kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan toʻliq 
foydalangan holda taʻlim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga 
yoʻnalgan, zamonaviy taʻlim jarayoni mohiyatini oʻzida kompleks 
gavdalantiradigan dastur vositasi boʻlmogʻi lozim.
Yuqori sifatli PDVlar talabalarda ijodkorlikni tarbiyalash, axborotlarni 
qabul qilish, ularga ishlov berish, talabalar oʻzlashtirishini muntazam nazorat 
qilish, taʻlimning turli shakllarda olib borilishiga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar 
kiritish, taʻlim natijasini uzluksiz tekshirib turish, talabalar faoliyatini tashhiz 
qilish va kelgusi mashgʻulotlarni tashkil qilish boʻyicha tegishli tavsiyalarni 
2
Кухтин, Д. В. Электронное обучение. [Электронный ресурс].– Режим доступа: 
http://hotline.ua/knigi/author/kuhtin_pv-232467/.
3
Горлушкина Н.Н. Педагогические программные средства: Учебное пособие [Электронный ресурс]. – 
Режим доступа: https://e.sfukras.ru/pluginfile.php/993876/mod_resource/content/1/Горлушкина%20Н.Н..pdf 


17 
ishlab chiqish, u yoki bu axborotning talabalar faoliyatida optimal takrorlash 
chegaralarini belgilash imkoniyatlarini oshiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar anʻanaviy oʻquv nashrlariga qoʻyilgan 
didaktik talablarga javob berishi kerak. Biz quyida pedagogik dasturiy 
vositalarning didaktik imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz: 
1. Taʻlimda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar soʻnggi yutuqlarining 
hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalar mazmunining chuqurligi va
ishonchliligini taʻminlaydi. Oʻquv materiallarini pedagogik dasturiy vositalar 
yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari asosida amalga 
oshiriladi. Masalan tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, 
yaxlitlashtirish, oʻxshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan 
birga matematik modellashtirish va tizimli tahlil metodlari. 
2. Oʻqitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar 
orqali amalga oshiriladi va taʻlim oluvchilarning yoshi hamda individual 
xususiyatlariga xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik 
darajasini aniqlash zaruratini bildiradi. Oʻquv materialini haddan ziyod 
murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, aks holda taʻlim oluvchi 
bu materialni egallashga ojizlik qiladi. 
3. Oʻqitishning muammoliligini taʻminlanadi. Agar taʻlim oluvchi 
muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash 
faolligi ortadi. Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy vositalar yordamida 
bajarilish darajasi, anʻanaviy darsliklar va qoʻllanmalardan koʻra, sezilarli 
ravishda yuqori boʻladi. 
4. Pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishning koʻrgazmaliligini 
taʻminlash – taʻlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obʻektlar, ularning 
maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga 
olish zaruratini bildiradi. 
5. Oʻqitishning ongliligi, taʻlim oluvchining mustaqilligi va faolligini 
taʻminlash talablari – oʻquv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga 
erishishda oʻquv axborotini jalb qilish boʻyicha taʻlim oluvchilarning mustaqil 


18 
ishlashlari uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan taʻminlashni koʻzda tutadi. 
Bunda taʻlim oluvchi uchun oʻquv faoliyati yoʻnaltirilgan maqsad va mazmunni 
anglatadi. Fanlar boʻyicha pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli 
yondashuv asosida ishlab chiqilishi kerak.
6. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda oʻqitishning tizimliligi 
va ketma-ketligi – oʻrganiladigan fan sohasidan bilim va koʻnikmalarning taʻlim 
oluvchilar tomonidan tizimli oʻzlashtirilishini anglatadi. Bilim, koʻnikma va 
malaka – taʻlim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qoʻllanilishi 
zarur. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurligi aniqlandi: 
- oʻquv materialini tizimlashtirilgan tartibda tavsiya qilish; 
- oʻquv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va koʻnikmalarning 
rivojlanib borishiga erishish; 
- oʻrganilayotgan oʻquv materialining fanlararo bogʻliqligini taʻminlash; 
- oʻquv materiali va taʻlim beruvchi taʻsirlarining uzatilish ketma-
ketligini chuqur oʻylab koʻrish; 
- bilim berish jarayonini mantiqiy ketma-ketlik asosida qurish; 
-pedagogik dasturiy vositalar tavsiya qilgan axborotlarni oʻqitishning 
mazmuni va uslubi, taʻlim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bogʻliq holda 
tanlanishi kerak, masalan, mazmunli oʻyin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi 
topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va obʻektlar modellarini 
tavsiya qilish yoʻli bilan amaliy faoliyatga bogʻlashni taʻminlash. 
7. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni mustahkam 
oʻzlashtirish – talabalarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari 
uchun, ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
8. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va 
tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviyligiga zamin 
yaratadi.
Taʻlimni kompyuterlashtirish ikki yoʻnalishda davom 
etmoqda: kompyuter savodxonligini taʻminlash va kompyuterdan oʻquv 
fanlarini oʻqitishda foydalanish. Birinchi yoʻnalish boʻyicha maʻlum natijalarga 


19 
erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan 
ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib oʻtish joiz: amaliyotda oʻrgatuvchi 
dasturlar deyarli yoʻq; PDVlarni yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb 
qilinmagan; dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasidan maktab 
oʻqituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish texnologiyasining oʻzi 
haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan mukammal tadqiq 
qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish imkoniyatlariga 
moslashtirilmagan. 
Shunday ekan, ikkinchi yoʻnalishga eʻtiborni sezilarli darajada 
kuchaytirish zamon talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib 
keldi. Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsp va 
talablarni hisobga olish kerak. Gorushkin N.N.ning prinsplari orasida 4 guruhni 
aniqlaydi:

talabalarning fiziologik xususiyatlari; 

kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari; 

dizayndagi pedagogik tavsiyalar; 

yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi; 
I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan 
asosiy talablarga quyidagilarni keltiradi: 

pedagogik talablar 

texnik talablar 

ergonomik talablar 

estetik talablar
4
Taʻlimni kompyuterlashtirish jarayonini endi toʻxtatish yoki orqaga 
qaytarish mumkin emas. Taʻlimni «… kompyuterlashtirishni toʻxtatib 
boʻlmaydi, taʻlimda kompyuterni qoʻllash, - deb yozgan edi ye.I.Mashbits, - 
orqaga qaytmaydigan jarayon. Bu oʻz-oʻzidan amalga oshadi degani emas. 
4
Электронный обучающий курс «Практикум по педагогическому мастерству» [Электронный ресурс]. 
– Режим доступа: https://e.sfu-kras.ru/course/view.php?id=8539 


20 
Uning harakati maorif tizimi bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan 
olimlar, oʻqituvchilar, yangi hisoblash texnikasi va dastur taʻminotini 
yaratuvchilariga koʻproq bogʻliq». Shu bilan birga «Kompyuter mavjud taʻlimga 
oddiy «qoʻshimcha» - oʻqitishning texnik vositalari qatoriga kiradigan 
navbatdagi yangilikgina emas. U taʻlim tizimining barcha komponentlariga, 
jumladan, uning uslublari va mazmuniga ham taʻsir koʻrsatadi. Bizning davlatda 
(sobiq Ittifoq nazarda tutilyapti - A.H.) kompyuterli taʻlimni samarali tashkil 
etish uchun yaxshi nazariy poydevor mavjud. Biroq bu nazariyalarning asosiy 
koʻrsatmalari oʻqitish tizimi va dasturlarini ishlab chiquvchilar qoʻlida foydali 
qurilma boʻla olishi uchun ular toʻldirilishi lozim».
Darhaqiqat, kompyuterli taʻlimni taʻminlash uchun pedagoglar bu 
ishning hamma uchun, barcha oʻquv fanlarini oʻqitishni samarali tashkil etish 
uchun muhimligini anglashlari lozim. Oliy taʻlim muassasalarida kompyuterdan 
foydalanish samaradorligi faqat texnika vositalarining mavjudligi bilan 
belgilanmasdan, ularga mos PDVlarning mavjudligiga bogʻliqligini hamma 
tushunishi va tan olishi zarur.
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish 
uchun maktabni texnika bilan taʻminlash va oʻqitish predmeti mazmunini 
yoritadigan dastur tuzish (yoki biror joydan olish) kifoya degan fikrlar ham 
uchrab turadi. Bu yerda bilim berish jarayonida uslubiy taʻminotning asosiy roli 
eʻtibordan chetda qoladi. Mashgʻulotni oʻtishda mukammal kiritish, zarur 
oʻrinlarida uni takrorlash imkoniyatlari oshadi. Ishlangan PDV va chuqur 
oʻylangan uslubiyatning yoʻqligi kompyuter yordamida tashkil etiladigan 
mashgʻulotlar samaradorligining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Kompyuterlashtirish yoʻli bilan taʻlimni tashkil etish, boshqarish, 
nazorat qilishning yangi - sifat bosqichiga oʻtiladi. Unda oʻqituvchi va oʻquvchi 
munosabatidagi bogʻlanish, aloqalar tubdan oʻzgaradi, taʻlim mazmuniga 
pedagogik ishlov berish uslubiyati yangilanadi, oʻquv materialini toʻliq 
oʻzlashtirish davri boshlanadi, taʻlim modul xarakteriga ega boʻladi, teskari 
aloqa mohiyati jihatidan yangilanadi, taʻlimga qoʻshimcha va oʻzgartish. 


21 
Elektron taʻlim resurslaridan foydalangan holda taʻlim quyidagi 
maqsadlarga qarab bir necha yoʻnalishlarda tashkil etiladi: 

birlashtirilgan taʻlim (sinf ishi va talabalar va oʻqituvchilarning 
elektron taʻlim muhitidagi faoliyati) 

web-quvvatlash bilan mashgʻulotlar (asosiy taʻlim jarayoniga 
qoʻshimcha) 

onlayn taʻlim (sinfsiz elektron taʻlim orqali intizomni oʻzlashtirish)
5
Bundan 30 yil ilgari kompyuterli taʻlim, taʻlimni kompyuterlashtirish, 
maktab taʻlimida kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas 
edik. Endi davr oʻzgardi. Ulkan, qimmatbaho va foydalanish murakkab boʻlgan 
EHMlar endi koʻzimizga maʻlumotlarni qayta ishlash uchun ishonchli va qulay 
boʻlgan vositaga oʻxshab koʻrinmoqda. Uning maorif sohasida ham keng 
qoʻllanilayotganligining guvohi boʻlayapmiz. Kompyuterlarni taʻlimda qoʻllash 
ufqlari oydinlashib, ularni taʻlim jarayonida qoʻllash usullari, vositalari
prinsiplarini asoslashga urinishlar paydo boʻlmoqda.
Kompyuterli taʻlim boshqa pedagogik qarashlarni inkor qilmaydi. 
Kompyuterning katta imkoniyatlari borligini unutmaslik kerak. Agar ilmiy 
asoslangan PDVlarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʻlim 
subʻektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, 
yoshlarning taʻlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi.
Qiyin kechayotgan boʻlsa-da, kompyuterli taʻlim amaliyoti shakllanib 
bormoqda. Informatika, matematika, fizika, kimyo, geografiya, chet tili kabi 
oʻquv fanlaridan PDV yaratish yoʻllari keng oʻrganilmoqda. Shunga 
qaramasdan, taʻlimni kompyuterlashtirish sohasida qator qiyinchiliklar ham 
mavjud. Kompyuterli mashgʻulotlarni tashkil qilish uchun kompyuterlarning 
miqdor jihatidan yetishmasligi, maktablardagi kompyuter rusumlarining har 
xilligi, kompyuter asosida mashgʻulotlarni tashkil etish uslubiyatining ishlab 
5
Положение о реализации электронного обучения и дистанционных образовательных технологий в 
СФУ [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://about.sfu-kras.ru/docs/9739/pdf/384920
 


22 
chiqilmaganligi, mavjud PDVlarning mukammal emasligi, ilmiy asoslangan 
PDVlarning yoʻqligi kabilar shunday qiyinchiliklarga sabab boʻlmoqda. 
Xullas, respublikamizda taʻlim muassasalarini, jumladan, umumiy oʻrta 
taʻlimda PDVlarni oʻqitishni kompyuterlashtirish amaliyoti sohasida qator 
muammolar mavjud. 
Birinchi muammo - kompyuterlarning tanqisligi, ayniqsa, chekka 
tumanlarda ularning yetishmasligi. Bu muammoning yechimi koʻpgina 
omillarga bogʻliq. Zero, kompyuterning oʻzi ancha qimmat turadi. 
Respublikamiz miqyosida taʻlimni kompyuterlashtirish, barcha oʻquv fanlarini 
kompyuter asosida oʻqitishga oʻtish, shu yoʻl bilan taʻlimning samaradorligiga 
erishish uchun bir necha oʻn minglab kompyuter talab qilinadi. Shuningdek, 
yaroqsiz boʻlgan, eskirgan kompyuterlarni yangisi bilan almashtirishga toʻgʻri 
keladi. Shu tufayli taʻlimni kompyuterlashtirishning eng qulay yoʻlini izlashga 
ehtiyoj tugʻiladi. Fikrimizcha, mazkur muammoni hal qilish boʻyicha 
izlanishlarni IHTAdan boshlagan maʻqul. Bunday yoʻl tutishni maʻqullab 
A.A.Kuznetsov shunday yozadi: «Informatika kursini boshqa oʻquv fanlari bilan 
qiyoslaganda, hozirgi kundagi oʻqitishning metodologik tizimida oʻziga xos 
xususiyatli komponent - oʻqitishning yangi vositasi boʻlgan kompyuter mavjud. 
Albatta, bu xususiyat vaqtinchalik xarakter kasb etadi va OTM larning hisoblash 
texnikasi bilan jihozlanishi hamda boshqa fanlarni oʻqitishda kompyuterdan 
foydalanish uslubiyatining ishlab chiqilishi bilan yoʻqotiladi. Bugun esa 
“Pedagogik dasturiy vositalr” fani oʻquv jarayonida kompyuterdan foydalanish 
uslubiyati tekshirib koʻrilayotgan yagona predmet hisoblanadi. “Pedagogik 
dasturiy vositalr” fani uslubiyatida erishilgan natijalar vaqt oʻtishi bilan boshqa 
fanlarning ham yutuqlariga aylanib boradi».
Ikkinchi muammo - ilmiy asoslangan dasturiy vositalarini yaratish, OTM 
larni ular bilan taʻminlash. OTM larga kompyuter oʻrnatish bilan taʻlimni 
kompyuterlashtirish muammosi hal boʻlib qolmaydi. Bu sohadagi bosh masala 
kompyuterlarning sifatli dastur vositalari bilan taʻminlanishidir. Bu sohada 
ahvol qanday?


23 
OTM larda maʻlum miqdorda dastur vositalari mavjud. Ammo ularda 
zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmagan 
boʻlib, «ha-yoʻq» sxemasi asosida ishlashga moslashgan va, asosan, nazorat 
qilishga moʻljallangan. Talabalarda ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash, evristik 
layoqatni tarbiyalashga yoʻnalgan dasturlar deyarli yoʻq. Oʻquv materialini 
batafsil bayon qilish, tasavvur qilish qiyin boʻlgan jarayon va hodisalarni 
namoyish qilish, mashqlar bajartirish, oʻquvchining mashgʻulot jarayonidagi 
faoliyatiga koʻra tabaqalashgan holda uyga vazifa tayinlash, talabalarning 
mashgʻulotdagi faoliyatini qaydnoma koʻrinishida tahlil qiladigan dasturlar 
mavjud emas.
Kompyuterlarni taʻlim jarayoniga tezroq olib kirish maqsadida yuzaki 
PDVlar ishlab chiqilmoqda. Ularda darslik mazmuni ekran kadrlarida 
tasvirlanmoqda xolos. Bunda kitob sahifasini varaqlash kompyuter tugmachasini 
bosishga, qogʻozdagi matn ekrandagi tasvirga almashtiriladi. Bunday 
dasturlarda topshiriqlar ham mavjud boʻlib, undagi topshiriq sharti ekranda 
tasvirlanadi, oʻquvchi masalani daftarda hal qilib, javobini kompyuterga kiritadi. 
Natijani tekshirgan mashina uning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aytadi 
(Kompyuterning bunday «imkoniyati»dan lol qoladiganlar ham oz emas!). Biroq 
bu holatda kompyuter arzon va foydalanish uchun qulay boʻlgan oddiy darslik 
yoki mashqlar toʻplamini qimmatbaho, shuningdek, bu maqsadda foydalanish 
uchun noqulay boʻlgan kompyuter bilan almashtirilayotganligini taʻkidlash 
lozim. Qolaversa, bu xildagi dasturlar hech qanday pedagogik va uslubiy 
qimmatga ega emas. 
Virtual borliq (Virtualnaya realnost

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin