Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


-rasm. Virtual borliq namoyishi



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

5.1.2-rasm. Virtual borliq namoyishi 
Taʻlimda kinolavhalar hamda turli illyustratsiyalarga asoslangan 
virtual rеallik elеmеntlari ilgaridan qoʻllanilib kеlingan. Kompyutеr 
tеxnikasi harakat va tovush bilan bogʻliq axborotlarni yagona 
majmuaga biriktira olganligi, bilim oluvchilarga kuzatilayotgan 
jarayonlarga faol taʻsir koʻrsatish (muloqot qilish) imkoniyatlarini 
yaratishi bilan virtual rеallikka asoslangan taʻlim rеsurslarini 
yaratishda sifat burilishini yasadi. Asosiy tamoyili, kafolatlangan 
yakuniy natija, taʻlimning mahsuldorligi, toʻgʻri va teskari aloqaning 
mavjudligi, taʻlim 
maqsadining aniq shakllanishidan iborat. 
Shuningdek, pedagogik tajriba natijalari multimedia vositalaridan 
МТТ taʻlim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillari 
qatoriga: “kompyuter monitori koʻrsatuvi kabi bajar” yoki “kompyuter 
monitoriga qarab bajar” boʻlib, umumiy tamoyillariga dasturlashtirish, 
ilmiylik, moslik, jadallik, taʻlim maqsadlarining oʻzaro bogʻliqligi, 
koʻrgazmalilik, tizimiylik, materialni tushunarli boʻlishi, faollik va 
mustaqillik, 
rivojlantiruvchi 
va 
tarbiyalovchi 
omillari, 
vosita(kompyuter)ning ixchamligi va umumiyligi (barcha turdagi 
texnik vositalarni oʻrnini bosa olishi) kirishini koʻrsatdi. Bulardan 
tashqari, multimedia texnologiyasida izchillik va ketma-ketlik 
tamoyillari ham amalga oshadi. Yuqorida taʻkidlangan asosiy 
“kompyuterga qarab bajar“ tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan 
oʻquv materiallarini monitor ekraniga chiqarish va namoyish etish 
asosida amalga oshiriladi. Tarbiyachi oʻquv materialini tushunarli 
boʻlish tamoyiliga alohida eʻtibor berish kerak. Jumladan, tanlangan 


201 
oʻquv 
materiallar 
murakkab 
boʻlmasdan 
tarbiyalanuvchilarga 
tushunarli boʻlishi lozim.
Tarbiyalanuvchilarning faollligini oshirishda, oʻrganiladigan 
oʻquv materiallarni hajmini koʻpaytirishda, taʻlim jarayonini oldindan 
loyihalashda, natijani kafolatlashda, taʻlim shaklini qulaylashtirishda, 
shuningdek taʻlim mazmunida, tuzilishida, uslublarida va shakllarida 
namoyon boʻladi. Tarbiyalanuvchilarda olingan bilimlarini uzoq vaqt 
xotiralarida saqlash imkoniyati yaratiladi. Bolalarning qiziqishlarini 
va kompyuterga nisbatan ishtiyoqlarini orttiradigan oʻziga xos uslub 
multimedia texnologiyasidan foydalanish hisoblanadi. Multimedia 
vositalari tarbiyalanuvchini psixikasini rivojlantirish va fikrlash 
qobiliyatini shakllantirishda katta taʻsir etadi. Yaqingacha bosma 
nashr (kitoblar, risolalar va sh.k.) lar axborotning asosiy anʻanaviy 
manbai boʻlib keldi. Ulardan foydalanib (ularni oʻqib) bolalarda 
fikrlash shakllantirildi, multimedia texnologiyasidan foydalanishda 
esa, matn bilan tanishish mobaynida, u bilan bir qatorda (video obraz) 
va animatsiya xususiyatlarini oshirib, bolaning fikrlash salohiyatlari 
ortib boradi. Kompyuterli taʻlimning oʻziga xos xususiyatlardan biri 
kompyuterni bolalar organizmiga salbiy taʻsir etishidir. Shuning 
uchun, tarbiyalanuvchilar undan uzluksiz 15 daqiqadan ortiq 
foydalanmasliklari lozim. 
Yuqorida multimedia texnologiyasining pedagogik va psixologik 
jihatlari qisqacha yoritildi. Ularni toʻla va har tomonlama keng ishlab 
chiqish pedagog, psixolog, uslubchi olimlar tomonidan amalga 
oshirilishi kerak.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin