204
-
Vizualizatsiyani taʻminlash orqali materialni idrok etish va
yaxshiroq anglash;
-
Grafik, matnli, audiovizual maʻlumotlardan foydalanish;
-
Kundalik hayotda koʻrish qiyin boʻlgan hayotiy vaziyatlarni
namoyish qilish (masalan, hayvonlar bilan tanishtirish, tabiat,
transport, samo va boshqalar);
-
Mashgʻulot materialini samarali oʻzlashtirishning yuqori
dinamikasi, bolalarning xotirasi, tasavvuri, ijodkorligini rivojlantirish;
-
Taʻlimni individualizatsiya qilish imkoniyati.
Taʻlim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
Bolalarning texnik va fikrlash imkoniyatlarini tekislash;
-
oʻzini sinab koʻrish;
-
Tarbiyachilarning professional aloqalarini kengaytirish va
taʻlim berish sifatini oshirish.
-
Namoyish
materiallari,
illyustratsiyalar,
videokliplarni
namoyish etish;
-
Tarbiyachi-bola-ota-onalar zanjiridagi hamkorlik.
-
Taʻlim jarayonini tezlashtirish orqali vaqtni tejash.
-
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, savod, hisoblash va boshqalarni mashq qilish uchun
samarali oʻyin vositasi.
Pedagogik jarayonni optimallashtirish, kognitiv rivojlanishning
turli darajalariga ega bolalarni har tomonlama (Jismoniy, ijtimoiy-
hissiy, nutq, muloqot, oʻqish va yozish, bilish, ijodiy) rivojlantirishni
individualizatsiya qilish va psixologik-pedagogik faoliyat (bolaning
moslashuvi, muloqoti, jamoaviy harakatlar) samaradorligini sezilarli
darajada oshirishga imkon beradi.
Shuningdek, axborot kommunikatsiya vositalari orqali oʻyinli-
taʻlim berish faoliyati til va nutq vositalarini, muloqot qobiliyatlarini
shakllantirish va rivojlantirish uchun vaqtni sezilarli darajada
qisqartirish, maktabda muvaffaqiyatli oʻqish uchun zarur boʻlgan
xotira va diqqatni rivojlantirish, aqliy funksiya (ogʻzaki-mantiqiy
fikrlash, hissiy-irodaviy soha) larni rivojlantirishda muhim vosita
sanaladi. Aqilli” gadjetlar asosiqida oʻyinlar tashkil etish va
oʻtkazishda turli talablarga rioya etish zarur. Bunday taʻlim
avvalambor tarbiyachining nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: