Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


“Aqlli” gadjetlar haqida tushuncha



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

“Aqlli” gadjetlar haqida tushuncha 
Multimediali axborot texnologiyasini taʻlim jarayoniga tatbiq 
etish asosida, МТТlar uchun multimedia texnologiyasini shakllantirish 
amalga oshiriladi. Demak, multimedia texnologiyasida taʻlim jarayoni 
kompyuterga oʻrganiladigan materialni yuklanishi, namoyish etish, 
kuzatiladigan va oʻrganiladigan material boʻyicha tarbiyachi-
tarbiyalanuvchi oʻrtalarida muloqot va materialni oʻrganilgan 
darajasini aniqlash asosida kechadi. Bu yerda shuni taʻkidlash kerakki, 
multimedia texnologiyasida maʻlumot garchi kompyuterdan olinsa-da, 


196 
natija tarbiyachining mahorati va qobiliyatiga bogʻliq boʻladi. 
Maktabgacha taʻlim jarayoniga multimedia va aqlli gadjetlar 
(planshet, telefon, noutbuk)dan foydalanishning yana bir turi 
gologrammalar asosida turli tasvirlarni hosil qilishdir.
Gologramma illyuziyasi uzoq vaqt oldin paydo boʻlgan. Ushbu 
uslub 19-asrdan beri teatrlar, bogʻlar, muzeylar va kontsertlarda 
qoʻllanilgan. Effekt bu hodisani namoyish qilish orqali tarqatgan olim 
D.H. Pepperdir. Bu 1862-yilda boshlangan edi va bugungi kunda 
gologramma sanʻati mukammallikka erishdi.
5.1.1-rasm. Gologramma illyuziyasi 
Dunyo bu hodisa bilan 16-asrda, neapolitanlik olim Giambattista 
della Porta illyuziya kamerasini ishlab chiqqanida tanisha boshladi. U 
shuningdek, illyuziyalarni koʻpaytirish haqida birinchi eslatma 
boʻlgan «Tabiiy sehr» ertakini yozgan.
Multimedia texnologiyasida tarbiyalanuvchilarga elementar 
bilim berish quyidagilar asosida olib boriladi:
1.Monitor ekranida koʻrsatiladigan multimediali tasvirlar va 
koʻrgazmalar orqali.
2. Bolalarning hayotda, turmushda, uyda, tevarak-atrofda 
mavjud predmetlar va obyektlardan foydalanish orqali.
3.Tarbiyalanuvchilarga 
elementar 
matematik 
tasavvurlar 
berishda, u yoki bu materialni oʻrgatishda analogiya(taqqoslash) 
usulidan ham foydalanishni tavsiya etiladi.
Maktabgacha taʻlim didaktikasi – umumiy didaktikaning bir 
sohasi boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolalar taʻlimi va oʻqitish 
nazariyasi hisoblanadi, uning maqsadini belgilaydi, maktabgacha 
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga 


197 
tayyorlashni taʻminlovchi taʻlimning mazmuni, uslublari va tashkiliy 
shakllarini ishlab chiqadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʻlim va tarbiya berish ham, 
bilish nazariyasiga asoslanadi, jumladan, uning «jonli mushohadadan 
abstrakt fikrlashga va undan amaliyotga» degan qonunini МТТlarning 
kompyuterli taʻlim jarayoniga ham qoʻllash mumkin. Jonli mushohada 
МТТ tarbiyalanuvchilariga koʻrsatiladigan didaktik materiallar, 
raqamlar, harflar, rasmlar, chizmalar kabi vositalarni kiritish mumkin. 
Bularni taʻlim-tarbiya jarayonida foydalanish yosh bolalarga turlicha 
psixologik taʻsir koʻrsatadi. Masalan, yuqorida taʻkidlanganidek, 
qogʻozda yozilgan yoki kartondan kesib tayyorlangan “A” harfini 
tarbiyalanuvchilarga (statik holatda) koʻrsatilsa, ularga maʻlum bir 
psixologik taʻsir koʻrsatadi. Agar, monitor ekranda animatsiyadan 
foydalanilgan, multimedia texnologiyasi asosida “A” harfini 
koʻrsatilsa (dinamik holat), tarbiyalanuvchilarga boshqacha psixologik 
taʻsir etiladi. Shuningdek, bolalarga qogʻozda chizilgan archa rasmini 
koʻrsatilsa (statik holat), u holda ularga oddiy psixologik taʻsir etiladi, 
monitor ekranida animatsiya bilan berilgan (jilolanib turgan) 
multimediali rasmni koʻrsatilsa, bolalarga umuman boshqacha 
psixologik taʻsir (samara) etadi. 
МТТlarda esa, yuqoridagi fikrdan oʻlaroq, bilish asoslaridan biri 
boʻlgan “jonli kuzatish” yosh bolalarning fikrlashlarini rivojlantirishga 
olib keladi. Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli 
ranglarda beriladi – biri oq, biri qizil, biri yashil. Yosh bolalar monitor 
ekranida ularni koʻrishlari bilanoq – ranglar toʻgʻrisida fikr yurita 
boshlaydilar.
Z.I.Kalmakovning fikricha, “bolada matematik tushunchalarni 
shakllantirishning eng ishonchli koʻrsatgichi – uning taʻlimiyligi, 
taʻlimiylikning asosi, uning asosiy tashkil etuvchisi – taʻlimiylikning 
boshqa parametrlarini yuqori darajada aniqlab beradigan fikriy 
faoliyatning 
umumlashtirilishidir”. 
L.S.Vigotskiy 
va 
Z.I.Kalmakovning fikrlari anʻanaviy usulda taʻlim berishdagi umumiy 
oʻquv jarayoniga tegishlidir.
Abstrakt fikrlashni eng qulay usulini topish multimedia 
texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. “Jonli 
kuzatish”, “abstrakt fikrlash”dan keyingi bosqich “amaliyotga tatbiq 
etish” dan iborat. Kompyuterli taʻlimni amaliyotga tatbiq etish, МТТ 
tarbiyalanuvchilari 
tomonidan 
oʻrganiladigan 
materiallarni 
kompyuterda bajartirilishi va ularni texnikaga amaliyotga tatbiqlari 


198 
asosida amalga oshiriladi. Quyida, multimedia texnologiyasi 
(kompyuterli taʻlim) taʻlimtarbiya jarayoniga tatbiq etishning 
pedagogik–psixologik jihatlari va tamoyillarini qarab oʻtamiz.
Multimedia 
texnologiyasini 
МТТlarning 
taʻlim-tarbiya 
jarayoniga tatbiq etilayotganligiga uncha katta vaqt oʻtmaganligi 
sababli, hozirgi kunda uning pedagogik-psixologik jihatlari, 
tamoyillari va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil etish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Pedagogika nuqtai nazaridan, mutimedia texnologiyasining 
МТТlardagi taʻlim-tarbiya jarayoniga tatbigʻi – ularga kompyuterlar 
asosida yangicha texnologik yondashuv hisoblanadi. Shuning uchun, 
multimedia texnologiyasini oʻziga xos belgilari, xususiyatlari va 
tamoyillari mavjud:
Asosiy 
belgilari 

texnik 
vositalardan 
foydalanish, 
tarbiyalanuvchilarning bilimlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, 
taʻlim samaradorligini oshirish, monitor ekraniga qarab va ekrandagi 
materiallardan foydalanib bilim olishdan iborat. Multimedia 
texnologiyasidan taʻlim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning 
oʻzida bolalarning kompyuter savodxonliklarini shakllanishiga ham 
olib keladi. Masalan, dialogli taʻlim texnologiyasida kompyuter - 
texnik 
vosita 
sifatida 
qaraladi, 
multimediali 
kompyuter 
texnologiyasida esa, u koʻrgazmali vositadan tashqari “Taʻlim 
manbai” sifatida mujassamlanadi, yaʻni oʻrganiladigan material 
oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan boʻladi. Ushbu material 
tarbiyachining anʻanaviy uslub bilan mashgʻulot oʻtkazish boʻyicha 
tuzgan ishlanmasiga oʻxshaydi. МТТ tarbiyalanuvchilari kompyuter 
monitori ekranida namoyish etiladigan materiallaridan oʻrgana 
borsalar 
va 
yetarlicha 
koʻnikma 
hosil 
qilsalar, 
kelajakda 
muassasalarida kompyuter ekranidan maʻlumotlarni qabul qilib 
olishga qiynalmaydilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning 
kompyuterdan 
foydalanish 
jarayonida 
mantiqiy 
tafakkurlari 
rivojlanadi, 
bilim 
olishga 
havaslari 
va 
ishtiyoqlari 
ortadi, 
dunyoqarashlari oshadi.
Bolalarning yoshlarini va fikrlash darajalarini hisobga olish, 
bolalarning taʻlim materialini xotiralarida saqlash imkoniyatlarini 
hisobga olish, kompyuter bilan ishlaganda koʻz toliqishini oldini olish, 
bolalarning xotiralarini rivojlantirish, diqqatlarini barqarorlashtirish, 
taʻlim materiallariga qiziqishlarini orttirish, his-hayajonli hissiyot 
uygʻotish, kompyuterda ishlash qobiliyatlarini oʻstirishlar psixologik 


199 
jihatlarni tashkil etadi. Monitor ekranida tasvirni koʻrganda va 
oʻqiyotganda bola miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi va 
obyekt obrazi bir vaqtda qabul qilib olinadi. Animatsiyali 
maʻlumotlarning insonga taʻsirchanligi katta boʻlib, undan МТТ 
taʻlim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalarning diqqatlarini koʻproq 
jalb qilish xususiyatiga ega.
Multimedianing bir vaqtning oʻzida ham koʻrish, ham eshitish 
orqali bilim olishning samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon 
sinovdan oʻtgan. Masalan, xalqimizda bu toʻgʻrida “yuz marta 
eshitgandan koʻra, bir marta koʻrmoq yaxshi ” degan maqoli bor. 
Psixologlar ham bir vaqtning oʻzida ham koʻrish, ham eshitish orqali 
bilim berishda oʻzlashtirish yuqori boʻlishini taʻkidlab kelmoqdalar.
Bu borada S.S.Gʻulomov va boshqalar quyidagilarni taʻkidlaydilar: 
“Agar bolalar berilayotgan materiallarni koʻrish (video) asosida qabul 
qilsa axborotni xotirada saqlab qolishi 25-30 % ga oshadi. Bunga 
qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika 
koʻrinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada 
saqlab borish 75 % ga ortadi ”. 
Psixologlarning taʻkidlashlaricha, bolalar asbob-uskunalarga, 
texnik 
qurilmalar 
va 
transport 
vositalarining 
modellariga, 
oʻyinchoqlarga juda qiziquvchan boʻladilar. Shular qatorida, ularda 
ishlash ham bolalarning oʻrganilayotgan materialga nisbatan 
qiziqishlarini orttirib, bilim olishga ishtiyoqlarini kuchaytiradi, 
koʻnikma hosil qiladi va fikrlash doirasi oshadi.
Virtual rеallik — bu sunʻiy hosil qilinadigan axborot muhiti 
boʻlib, u atrof- muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli tеxnik 
vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga 
qaratiladi. Taʻlimiy maqsadlarda virtual rеallik vositalarini ishlab 
chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish 
— boshqa tеxnik vositalar yordamida erishib boʻlmaydigan pеdagogik 
samarani bеrishi mumkin. Kompyutеrning tasavvur qilinadigan 
xotirasi — virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hеch bir 
alohida olingan xotira tashuvchisiga muvofiq kеlmaydi, yaʻni, virtual 
xotira kompyutеr elеmеntlarining oʻzaro funksional taʻsirlashuvi 
natijasi sifatida yuzaga kеladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga 
kеltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi 
axborotlardan foydalana olish imkoniyatiga ega boʻladi. 


200 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin