205
tilida gaplashishni oʻrganamiz mashgʻulotlari uchun didaktik
materiallar yaratish
.
Kompyuterda oʻyin faoliyatining vazifalari oddiy boʻlishi kerak.
Binobarin, oʻyinlarda taʻlimiy vazifa ustun boʻlishi lozim. Ushbu
mashgʻulotlarda bolalarning taʻlim olish jarayoni oʻyin faoliyati orqali
uygʻunlashtiriladi. Shu sababli bu mashgʻulotlar didaktik oʻyinli
mashgʻulotlar deb ataladi.
MTTda oʻyin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
•
oʻyin faoliyati orqali shaxsning oʻqishga, mehnatga boʻlgan
qiziqishi ortadi;
•
oʻyin davomida shaxsning muloqotga kirishishi yaʻni,
kommunikativ – muloqot madaniyatini
egallashi uchun yordam
beriladi;
•
shaxsning oʻz iqtidori, qiziqishi, bilimi va oʻzligini
namoyon etishiga imkon yaratiladi;
•
hayotda va oʻyin jarayonida yuz beradigan turli
qiyinichiliklarni yengish va maqsadni aniq qoʻyish koʻnikmalarining
tarkib topishiga yordam beradi;
•
oʻyin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni
egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
•
shaxsning ijobiy fazilatlarini
shakllantirishga zamin
tayyorlaydi;
•
insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan qadriyatlar tizimi,
ayniqsa, ijtimoiy, maʻnaviy-madaniy, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni oʻrganishga eʻtibor qaratiladi;
•
oʻyin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini
rivojlantirish koʻzda tutiladi.
“Didaktik materiallar asosida innovatsion texnologiyalar
boʻyicha tajriba oʻtkazish
Oʻyinli texnologiyalardan foydalanishning asosini bolalarni
faollashtiruvchi va kognitiv imkoniyatlarini
jadallashtiruvchi faoliyat
sifatida tashkil etilish talab etiladi. Bunda didaktik materiallar asosida
innovatsion texnologiyalar boʻyicha tajriba oʻtkazish, kompyuterda
matematika, tasviriy faoliyat, tabiat bilan tanishtirish, nutq oʻstirish,
atrof olam bilan tanishtirish, ikkinchi tilga oʻrgatish mashgʻulotlari
uchun didaktik materiallar yaratish zarur.
Axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan kompyuterlar,
prezentatsiya-slaydlar,
televizor,
elektron
doskalar
yordamida
206
namoyish etiladigan materiallar asosida bolalarga matematik bilimlar
berishda asosiy mavzu
sifatida geometrik shakllar, sanoq, vaqt va
fazoviy tushunchalar, moʻljal olish, miqdor va matematik munosabat,
oʻlcham kabi mavzular tanlanadi. Mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli
oʻtkazishda koʻrsatma-qoʻllanmalarni toʻgʻri tanlashning ahamiyati
katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni
dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qoʻshni sonlar orasidagi
bogʻlanishlar
va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun»,
«qism») borasida ham koʻrsatmalilik asos boʻlib xizmat qiladi.
Hamma mashgʻulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan
buyumlar, oʻyinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi.
Hamma bolalar oʻyinchoqlar bilan oʻynashlari uchun
oʻyinchoqlarning tasvirlari koʻp miqdorda tanlanadi. Tasviriy faoliyat
mashgʻulotlarida turli narsa va buyumlarni tasvirlashdan oldin uning
turli koʻrinishlarini ekranda namoyish qilish bolada oʻzgacha tasavvur
uygʻotadi. Tabiat va uning hodisalarini oʻrganish, tevarak-atrof bilan
tanishish, nutq oʻstirish bilan bogʻliq faoliyatda aqlli gadjetlarning
oʻrni beqiyos. Xususan, bolalarga notanish boʻlgan muhitni aks
ettirish va unga munosabatni tarbiyalashda turli dasturlar:
virtual
borliq, gologramma, youtube, AR dasturlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Asosiy vazifa, tarbiyachining ushbu dasturlarni toʻliq qamrab
olishi va kerakli vaqtda ulardan foydalanishni bilishi boʻlib
hisoblanadi. Shuningdek, bolalarga oz ona tilida soʻzlashish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida soʻzlovchi alifbo, soʻzni top,
bu qaysi ertak kabi oʻyinli mashqlar taklif etiladi.
Oʻyin - mehnat va oʻqish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli oʻyin
ijtimoiy tajribalarni
oʻzlashtirish va qayta yaratishga yoʻnalgan vaziyatlarda, faoliyat turi
sifatida belgilanadi va unda shaxsning oʻz xulqini boshqarishi
shakllanadi va takomillashadi.
Psixologlar taʻkidlaydilarki, oʻyinga kirishib ketish qobiliyati
kishi yoshiga bogʻliq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun oʻyin
oʻziga xos boʻlishi lozim.
Kompyuterli oʻyinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga
bagʻishlanishi lozim.
Ular quyidagilar.
•
maftunkorlik;
•
kommunikativlik;
•
oʻz imkoniyatlarini amalga oshirish;
207
•
tashxis;
•
muloqot;
•
ijtimoiylashuv.
Shuni
ham inobatga olish zarurki, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari qanchalik ijobiy, ulkan potensialga ega boʻlishidan
qatʻiy nazar, ular tarbiyachi va bola oʻrtasidagi jonli aloqaning oʻrnini
bosa olmaydi va almashtira olmaydi. Buning uchun multimediali
vositalarni tanlash va qoʻllashda quyidagi talablarni amalga oshirish
zarur:
-
Monitor suyuq kristalli yoki plazmadadan iborat boʻlishi
maʻqul.
-
Bolada koʻrish qobiliyatini buzilishidan saqlashga qaratilgan
oʻyinlardan foydalanish kerak.
-
Muntazam ravishda koʻzlar uchun mashqlar olib borilishi:
mashgʻulotda vaqti-vaqti bilan har 1,5-2 daqiqada bolaning koʻzini
monitordan siljitish uchun mashgʻulot davomida faoliyat turini
oʻzgarish ham muhimdir.
-
Frontal mashgʻulotlar uchun proektoridan foydalanib, ekrandan
bolalargacha boʻlgan masofa 2 - 2, 5 metrni tashkil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: