Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


-rasm .  “Alifbodan tanla” oʻyini



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

5.2.5-rasm
.
 “Alifbodan tanla” oʻyini.
Yoki har bir harf ifodalagan soʻzlarga yana bittadan qoʻshimcha 
soʻz topish vazifasi bolaga harflar orqali yangi soʻz topishga va bolada 
fikrlash qobiliyatini faollashtirishga samarali koʻmaklashadi.


213 
5.2.5-rasm
.
 “Alifbodan tanla” oʻyini.
“Archa yonsin chiroqlaring”
oʻyini bolaning qandaydir vazifa 
(misol yechish, harfni topish) ni uddalashi bilan bogʻliq holda amalga 
oshiriladi. Ekranda aks etgan archaning oʻyinchoqlari va chiroqlari 
ushbu vazifalarni bajarish orqali yonadi, degan gap orqali bolalar 
diqqati ekranga qaratiladi. 
5.2.6-rasm. “Archa yonsin chiroqlaring”
oʻyini 
“Labirint” oʻyini.
Ushbu oʻyinda bolalar turli yoʻllar orqali 
maqsad sari harakatlanishni oʻrganadilar. Bir urinishda bajara 
olmagan vazifani ikkinchi urinishda uddalash koʻnikmasiga ega 
boʻladilar. 


214 
5.2.7-rasm. Labirint mashqi 
Labirintning boshqa koʻrinishlari ham bolalarga qiziqish 
uygʻotadi. Ular rangiga qarab har bir mushukka tegishli boʻlgan 
quttilarni topishlari kerak. Bu esa bolada ziyraklik, chaqqon 
harakatlar, markaziy hamda periferik koʻrish sifatlarini tarbiyalaydi


215 

5.2.8-rasm. Labirint mashqi 
Tarbiyachi predmetli toʻplamlar (illyustratsiyalar, fotosuratlar, 
videokliplar, modellar va ularni katta ekranga proyeksiyalash) dan 
foydalanishi mumkin. Maʻlumotlarni ekranda oʻyin uslubida 
namoyish qilish bolalarda katta qiziqish uygʻotadi va harakatlar, ovoz, 
animatsiya uzoq vaqt davomida ularning xotirasida saqlanadi. Bunday 
oʻyinlar mashgʻulotlarni xilma-xil qilishga, ularni yanada samarali 
qilishga yordam beradi. Masalan, bolalarga topshiriqlar beriladi: 
interaktiv doskada tasvirlangan geometrik shakllar yordamida turli 
narsa va buyumlarni tasvirlash.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin