92
bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha
taʻlim yoshidagi bolalarni yuksak maʻnaviy fazilatlarini kamol
toptirish, milliy maʻnaviyatini takomillashtirish, boy madaniy
merosimiz, tarixiy anʻanalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga
sadoqat ruhida
tarbiyalash
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
barcha
islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish
orqali ular tomonidan har tomonlama bilimlarni egallashi, psixik
jarayonlarning rivojlanishi, qobiliyatlarini oʻsishi, dunyoqarashini
shakllanishi, axloqiy sifatlar, ijobiy xulq-atvor odatlarini
oʻzlashtirilishiga erishiladi. Bolani oʻrab
turgan atrof-olam haqidagi
tushunchalar: ona Vatanga muxabbat, ularni tariximiz va
Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va ijodi bilan
tanishtirish, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy sanʻati
haqidagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ilk qadam” oʻquv dasturida turli yosh guruh bolalarini atrof-
olam haqidagi tushunchalarini shakllantirishda «Bilish
jarayonining
rivojlanishi» sohasi 6-7 yoshli bola kompetensiyalari boʻyicha
quyidagi bilimlarni egallashi koʻzda tutiladi:
- atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va koʻrinishlarni kuzatadi
hamda tadqiq qiladi;
- atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va gʻamxoʻr munosabatni
namoyon etadi.
Vatan, mahalla toʻgʻrisidagi bilimlarni mustahkamlash
borasida “Oʻzbekiston – mening Vatanim” mavzuida bir oy
davomida “Mening shahrim”, Mening mahallam, “Men va mening
oilam”, “Men va mening doʻstlarim”, “Oʻzbekistonning boyliklari”,
“Transport bilan tanishuv”, “Yer usti transporti”, “Havo, suv va
yer usti transporti”, “Bizning yaxshi ishlarimiz”, “Barcha
kasblar
muhim”, “Vatan himoyachilari kuni”, “Bizning inoq
mamlakatimiz”, “Bizning mamlakatimiz – doʻstlik va tinchlik
mamlakati”, “Qoʻshni mamlakatlar” haqidagi tushunchalarini
mustahkamlash; Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi mavzulari asosida bola
qalbida oʻz millatiga muhabbat, milliy gʻurur hissini tarbiyalashda
bolalarni tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va
ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish; ulugʻ allomalar: Alisher
Navoiy,
Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek,
93
musavvir Kamoliddin Behzod haqidagi tushunchalarini aniqlash va
mustahkamlash yuzasidan turli mashgʻulotlar va maʻnaviy tadbirlar
amalga oshiriladi.
Bolaning umumxalq bayramlari bilan tanishtirishda ularning
psixologik xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olgan holda
samarali natijaga erishishda mavzularni toʻgʻri tanlay olish
maqsadga muvofiqdir. 1- sentyabr - Mustaqillik kuni, 1
oktyabr -
Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, 8 dekabr - Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 1 yanvar - Yangi
yil bayrami, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21 mart - Navroʻz
bayrami, 9 may - Xotira va qadrlash kuni haqidagi tasavvurlarini
yanada kengaytirish va boyitish; bolalar bilan birgalikda 1 iyun
- Xalqaro bolalarni himoya qilish bayramlarini nishonlash; shakl va
mazmun jihatdan xilma-xil boʻlgan bayramlar, sayllarni muntazam
ravishda tashkil qilib turish. Masalan, “Mehrjon”, “Qovun” sayli,
qushlar, gullar bayramlari va boshqalar. Mashhur sarkardalar:
Bolaning ulugʻ
sarkardalar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,
Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bilimlarini kengaytirish;
Oʻzbekiston harbiy qoʻshinlari va ularning vazifasi, 14 - yanvar -
Vatan himoyachilari kuni ekanligi haqida tasavvurlarini kengaytirish
vazifalari amalga oshiriladi.
“Toshkent – Oʻzbekistonning poytaxti”, «Samarqand – qadimiy
shahar», «Vatanimiz ramzlari», «Maktabga sayohat», «Bozorlar va
ularning turlari», buyuk siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar,
xalq amaliy sanʻati: «Kim boʻlsam ekan?», «Kashtachilik»,
«Zardoʻzlik», «Shifokor», «Oshpaz» kasblari va boshqa mavzulardagi
suhbatlar
bolalarga
tevarak-atrofga
boʻlgan
munosabatlarni
mushohada qilib, tushungalarini
bayon etish qobiliyatlari, ijodiy
tafakkurning qay darajada rivojlanganligini namoyon etadi.
Tevarak atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga yaʻni
analizatorlariga ijobiy taʻsir etadi. Sezgi bolalarda turli xususiyatlarni
bilib olishga yordam beradi. Masalan, issiq-sovuq, gʻadir-budur va
hokazo. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Suhbatlar, maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida
muayyan mavzular boʻyicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus
tayyorlangan
suhbatlar
quyidagicha
tuziladi:
dastlab
mavzu
belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Bu
suhbatlarning har birida
Dostları ilə paylaş: