96
qilinadi.
Bolalarda
oʻz
yoshidan
kichik
boʻlgan
bolalarga
oʻyinchoqlarini yigʻishtirish
va tuzatishda, yer maydonchasini
tozalashda, qum saqlanadigan joyni tartibga keltirishda yordam qilish
istagi va koʻnikmasini tarbiyalash; kasb-hunarga oid turli oʻyinlar
(“Chevar”, “Hamshira”, “Sotuvchi-xaridor”) oʻynashga oʻrgatish kabi.
Transport va aloqa vositalari haqida quyidagilarni bilishi lozim:
bolaning yoʻl harakati qoidalari haqidagi tushunchalarini aniqlash va
mustahkamlash; transport vositalari, pochta aloqa xizmati, pochtaning
vazifasi va ahamiyati haqida maʻlumot berish; telefon aloqasi va
telegrafchilar, ularning mehnati, telefon xizmatining hayotimizda
tutgan oʻrni haqida tushuncha berish. Bu
kabi bilimlarni bolalarga
singdirishda “Pochta-pochta”, “Kimga nima kerak?”, “Telefon-
telefon”, “Kompyuter” kabi mavzularda suhbat va oʻyinlar tashkil
etish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, bolalar tomonidan
buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqidagi
tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash; matodan qilingan
buyumlar, ularning turlari
va foydalanish usullari; temir va
yogʻochdan ishlangan buyumlar va ulardan toʻgʻri foydalanish
haqidagi tasavvurlarini yangi mavzular bilan boyitish; buyumlarning
yasalishi va ishlatilishi haqida suhbatlar tashkil etish lozim.
Dasturda shuningdek, bola oʻz tanasining qismlarini va
gigiyenani oʻrganishi: ularni sogʻlom
turmush tarziga odatlantirish;
ularga odamning ichki aʻzolari (yurak, jigar, oshqozon oʻpka) va
ularning joylashuvi, vazifalari haqida (inson oʻpka orqali nafas oladi,
havo qanchalik toza boʻlsa, oʻpka shunchalik yaxshi ishlaydi. Yurak
inson hayoti uchun eng kerakli aʻzolardan hisoblanadi. U
ishlayotganini bildirib doim “duk-duk” urib turadi. Jigar qonni
tozalaydi. Biz isteʻmol qilayotgan ovqat oshqozonga tushadi va hazm
boʻladi) maʻlumot berish; bu aʻzolar tananing qayerida joylashganini
koʻrsatish va nomini aytishga oʻrgatish; bolaning sogʻlom hayot
kechirish (ozodalikka va kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar
bajarib, tanani chiniqtirish va sogʻlom ovqatlanish) haqidagi
tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash;
odam va hayvon
oʻrtasidagi bir necha farqlanuvchi va umumiy jihatlar haqidagi
tushunchalarni aniqlash va kengaytirish; mashgʻulotlarda odamning
tuzilishi aks ettirilgan turli rasm va badiiy ertaklardan foydalanishi
lozimligi qayd etilgan. Bu kabi ish turlarini tashkil etishda tarbiyachi
va bolalar kattalar mehnatini nazorat qiladilar hamda unga baho
berishga oʻrganadilar.
97
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishda
quyidagi metodlardan foydalaniladi:
•
koʻrgazmali,
•
amaliy,
•
ogʻzaki metodlar.
Bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida koʻrgazmali
(kuzatish, rasmlarni koʻrish, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish),
amaliy
(oʻyin
metodi,
mehnat,
oddiy
tajribalar),
ogʻzaki
(tarbiyachining
hikoyasi,
badiiy
ertaklarni
oʻqish,
suhbat)
metodlaridan
va
xilma-xil
ish
shakllaridan:
mashgʻulotlar,
ekskursiyalar, kundalik
turmushdagi kattalar mehnatini, bayramlarni
kuzatish, taʻlimiy oʻyinlardan foydalaniladi.
Maktabgacha taʻlim muassasalarida atrof-olam bilan
tanishtirish orqali bolalarda mehnatsevarlik koʻnikmalarini
shakllantirishda turli shakl, usul va vositalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Masalan, koʻrgazmali metod orqali rasmlar,
kasblar bilan tanishtiriladi. Ogʻzaki metodlarga tarbiyachining
bolalar bilan va bolalarning oʻzaro suhbatlari kiradi.
Amaliy
metodda bolalar oʻzlashtirilgan bilimlarini turli oʻyinlar orqali
mustahkamlaydilar. Bu usullar orqali mashgʻulotlarni rang-barang
hamda qiziqarli tashkil etiladi. Shuningdek, mehnat bilan tanishtirish
orqali bolalarda mehnatsevarlik koʻnikmalarini shakllantirishga
yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning uzluksiz, izchil, maqsadga
muvofiq tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotlar
jarayonida faol ishtirok etishlarini taʻminlaydi.
Dostları ilə paylaş: