100
Eramizdan oldingi minginchi yillarning oʻrtalarida eng qadimgi
ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda koʻp
afsonalar, rivoyatlar aytilgan boʻlib, ular zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto”da keltirilgan. «Avesto”da insonning
barkamol boʻlib yetishishida uning soʻzi, fikri, ishi birligi va
ezguligiga katta eʻtibor qaratiladi. «Avesto»da mamlakatni obod qilib
taʻminlashda asosan:
- Shahar va qishloqlarni
obod qilish;
- Bogʻlarni koʻpaytirish;
- Chorva va yaylovlarga eʻtibor berish;
- Kishilarni madaniy turmush tarziga undash gʻoyalari asosiy
oʻrin egallaydi. Shuningdek, yer, suv, zamin, kiyim-kechak, oziq-
ovqatlarni toza tutish va saqlashga eʻtibor berish lozimligi
taʻkidlanadi. Zardushtiylik taʻlimotida inson shaxsining takomili,
tabiatni muhofaza qilish, oʻz ehtiyojlarini qondirish meʻyorlarini
tarbiyalash masalalari keltiriladi. Gʻarb
bilan Sharqni, Uzoq Sharq
mamlakatlari bilan Oʻrta yer dengizini bogʻlovchi buyuk savdo yoʻli -
«Buyuk Ipak yoʻli” ham bizning sarzaminimizda rivojlanib, madaniy
boyliklarni almashuvi asosida taraqqiyotni yuzaga keltirdi. Sharq
uygʻonish davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik va savdo-
sotiqning rivojlanishi roʻy berdi. Natijada Yaqin va Oʻrta Sharq
davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Koʻplab sugʻoriladigan
yerlar ochildi, sugʻorish inshootlari yaratildi. Paxta, zigʻir, kanop
yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. Movarounnahrda, asosan, Xorazm,
Fargʻona, Samarqand va Buxoroda toʻqimachilik
mahsulotlari
ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoda mashhur boʻldi. Bu
davrlarda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy
hayotida oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga ham oʻz taʻsirini
koʻrsatdi. Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur,
Z.M.Bobur kabi qomusiy olimu sarkardalarning inson va uning
kamoloti, taʻlim-tarbiya, iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida
ertaklar yaratdilar.
Al-Xorazmiy
ilmiy bilim, taʻlim metodlari insonni aqliy
kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va
omillarini oʻz ilmiy ertaklarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat
101
tarbiyasi haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab
turlarga boʻldi. Ogʻir mehnat egalari sifatida binokor, koʻmir
qazuvchi, hunarmandlar mehnatini keltirdi. Beruniy «Minerologiya»
ertakida nafaqat qimmatbaho metallar,
toshlar haqida, balki
hunarmandchilikka
oid
qarashlar,
mamlakat
iqtisodiyotini
kengaytirish masalalarini ilgari surdi.
Ibn Sino materiyanining eng sodda boʻIaklarga boʻlinmaydigan
shakli toʻrt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning oʻsimlik,
hayvonot olamiga taʻsiri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi
toʻgʻrisida oʻzining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya» (aqliy bilimlar tasnifi)
ertakida maʻlumotlar keltirdi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini koʻtarishgda
savdoning ahamiyatini tushunib, bozorlar, rastalar, turli-tuman
ustaxonalar qurdirib, xalq hunarmandchilik sanʻatini taraqqiy ettirdi.
Shuningdek,
xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yoʻlida suv
omborlari, toʻgʻonlar qurishga, yangi yerlarni oʻzlashtirishga eʻtibor
berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga
egadir.
Maʻnaviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va
mamlakat obodonchiligiga katta hissa qoʻshib, shifoxonalar, madrasa
qurdirib, ularni kerakli jihozlar,
mudarrislar, tabiblar va boshqa
xodimlar bilan taʻminlab, ularni oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan
taʻminladi. Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish,
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshdi. Navoiy
turli soha olimlariga homiylik qilib, oʻnlab ilmiy risolalar bitilishga
bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda
bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri
ekanligini taʻkidladi. Talabalar uchun «Ixlosiya»
madrasasi,
darveshlar uchun «Xalosiya» xonaqoni, bemorlar uchun «Shifoiya»
shifoxonasi, masjidi Jomeʻ yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib,
ular uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan
doimiy ravishda taʻminlab borgan. Alloma tomonidan amalga
oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham farovonligini, turmush darajasini
oʻstirish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini koʻtarishga olib
keldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
mamlakat taqdiriga befarq
boʻlmay, oʻz ertaklari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshgan.
Bunday maʻlumotlar maktabgacha taʻlim tashkilotlarida atrof-
102
olam bilan tanishtirish mashgʻulotlarida bolalarga berib borilishi va
ularda buyuk siymolarning hayot yoʻliga havas va faxr tuygʻularini
uygʻonishiga sabab boʻladi.
Dostları ilə paylaş: