88
yangilik kiritmaydi, ammo ularni oʻz
bilimlarini yangi sharoitda
ishlata bilishga oʻrgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning
turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi. Masalan,
«Ajoyib xaltacha” oʻyinida bolalarga oʻzlariga tanish boʻlgan
oʻyinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa
bola oʻyinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab koʻzdan
kechirishi va
uning oʻziga xos begilarini eslab qolishi kerak boʻIadi.
Taʻlimiy oʻyinning mazmuni va turlari.
Taʻlimiy oʻyinning
mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi,
sifati va
ishlatilishi toʻgʻrisida bilimlar berish;
b) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli
toʻgʻrisidagi
bilimlar;
c) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari toʻgʻrisidagi
bilimlar;
d) elementar matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik,
shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Taʻlimiy oʻyinlar ularning taʻlim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni,
turli
bolalar bogʻchasining taʻlim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar
ajratib berilgan.
Taʻlimiy oʻyinlarning turlari:
a) buyum va oʻyinchoqlar bilan oʻynaladigan;
b) stol-bosma;
c) ogʻzaki-soʻz oʻyinlari.
Buyum va oʻyinchoqlar bilan oʻynaladigan taʻlimiy oʻyinlar
.
Koʻpchilik bolalar oʻyinlari xilma-xil oʻyinchoqlardan foydalanish
bilan bogʻliq. Oʻyinchoq bola hayotining yoʻldoshi,
uning quvonchi
manbayidir. U nafaqat oʻyin quroli, balki bolalar oʻyinida sherik,
oʻrtoq, kattalar qoʻlida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir.
Oʻyinchoq oʻyin yaratishda ishtirok etadi, bolaning oʻziga xos sherigi
sifatida namoyon boʻladi, uning shaxsiga katta taʻsir oʻtkazadi. U
bolaga shunchalik yaqinki, bola oʻz oʻyinchoqlarini sevadi, ularga
bogʻlanib qoladi, shu tufayli u oʻzini atrofdagi hayotning toʻlaqonli
aʻzosl deb hisoblaydi. Toʻgʻri tanlangan oʻyinchoqlar
bolaning aqliy
rivojlanishiga yordam beradi. Xalq pedagogikasida oʻyinchoqlarning
butun bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan
oʻyinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: