Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Mashgʻulotlarda, mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda, sayr



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Mashgʻulotlarda, mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda, sayr 
va ekskursiyalarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
usullari 
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi 
tеxnologiyaning shakllanishi boʻlib, uning natijasi innovatsiya sifatida 
yuzaga kеlgan ixtironi–loyihaga, loyihani – tеxnologiyaga 
aylantirishga yoʻnaltirilgan faoliyatdir. 
Koʻp yillardan buyon davom etayotgan butun taʻlim tizimini 
qayta tashkil etish jarayoni maktabgacha taʻlim va tarbiyani tashkil 
etishga yuqori talablar qoʻyadi, bu jarayonga yangi, yanada samarali 


81 
psixologik-pedagogik yondashuvlarni izlashni kuchaytiradi. Jamiyat 
rivojlanishining hozirgi bosqichidagi innovatsion jarayonlar, birinchi 
navbatda, bolaning potensial qobiliyatlarini ochishning boshlangʻich 
bosqichi sifatida maktabgacha taʻlim tizimiga taʻsir qiladi. 
Maktabgacha taʻlimni rivojlantirish, yangi sifat darajasiga oʻtishni 
innovatsion texnologiyalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirib 
boʻlmaydi. 
Maktabgacha taʻlimda innovatsiyalar pedagogik amaliyotda 
qoʻllaniladigan, 
bolaning 
shaxsiga, 
uning 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
yangi 
usullar, 
shakllar, 
vositalar, 
texnologiyalarni belgilaydi. 
Mashgʻulotlarda, mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda, sayr va 
ekskursiyalarda 
innovatsion 
texnologiyalardan
 
foydalanish 

zamonaviy 
ijtimoiy-madaniy 
sharoitlarda 
bolaning 
shaxsiy 
rivojlanishidagi dinamik oʻzgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga 
qaratilgan taʻlim berish usullari, vositalari tizimidir. Pedagogik 
innovatsiyalar ushbu jarayonlarni tubdan oʻzgartirishi, sifatli qilishi 
hamda mazmunan boyitishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar 
taʻlimiy jarayonda oʻzining samaradorligini isbotlagan ilgʻor ijodiy 
texnologiyalar va taʻlimning stereotipli elementlarini oʻzida mujassam 
etadi. B.T.Lixachyev pedagogik texnologiyaga quyidagi taʻrifni 
beradi: Pedagogik texnologiya - oʻqitish shakllari, usullari, tarbiya 
vositalarining maxsus majmuasi va joylashuvini belgilovchi 
psixologik-pedagogik 
munosabatlar 
majmui; 
bu 
pedagogik 
jarayonning tashkiliy-uslubiy qurolidir. 
I.P. Volkov esa: Pedagogik texnologiya - rejalashtirilgan taʻlim 
natijalariga erishish jarayonining tavsifi. 
UNESCO: Pedagogik texnologiya - bu taʻlim shakllarini 
optimallashtirishga qaratilgan texnik va inson resurslari va ularning 
oʻzaro taʻsirini hisobga olgan holda bilimlarni oʻqitish va 
oʻzlashtirishning butun jarayonini yaratish, qoʻllash va aniqlashning 
tizimli usuli.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasini uch jihat bilan ifodalash 
mumkin. 
1. Ilmiy: pedagogik texnologiyalar – pedagogika fanining oʻqitish 
maqsadi, mazmuni va usullarini oʻrganuvchi va rivojlantiruvchi 
hamda pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi qismi; 


82 

Tavsiflovchi: jarayonning tavsifi (algoritmi), rejalashtirilgan 
taʻlim natijalariga erishish uchun maqsadlar, mazmun, usullar va 
vositalar 
majmuasi; 
3. Protsessual: texnologik (pedagogik) jarayonni amalga oshirish, 
barcha shaxsiy, instrumental va uslubiy pedagogik vositalarning 
ishlashi. 
Demak, pedagogik texnologiya oʻqitishning eng oqilona 
usullarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, oʻqitishda qoʻllaniladigan 
usullar, tamoyillar va qoidalar tizimi sifatida ham, real oʻquv jarayoni 
sifatida ham faoliyat koʻrsatadi. 
Texnologiya 
usullardan 
takrorlanuvchanligi, 
natijalarning 
barqarorligi, koʻplab «agar»larning yoʻqligi bilan ajralib turadi. 
Texnologiyalar va usullarning aralashishi baʻzida usullarning 
texnologiyalar 
tarkibiga, 
baʻzida 
esa, 
aksincha, 
maʻlum 
texnologiyalarning oʻqitish usullari tarkibiga kirishiga olib keladi. 
Pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagilar kiradi: 


Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin