Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

 
2.
 
Oʻz “Meni” va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi 
roli toʻgʻrisidagi tasavvurini boyituvchi innovatsion texnologiyalar
 
3.
 
Murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yoʻllari. Oʻz 
“Meni” va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli 
toʻgʻrisidagi tasavvurini boyituvchi innovatsion texnoligiyalardan 
foydalanish,
 
4.
 
Oʻz 
hissiyotlarini 
boshqaradigan 
va 
ularni 
vaziyatga 
moslaydigan oʻyinlarni oʻylab topish, oʻzgalarning hissiyotlarini 
farqlaydigan va ularga mos ravishda javob beradigan innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish,
 
5.
Kattalar va tengdoshlari bilan vaziyatga mos ravishda muloqot 
qilishga oʻrgatadiga innovatsion texnoligiyalardan foydalanish 
Maktabgacha yoshi eng qizgʻin ijtimoiy rivojlanish. Maktabgacha 
bolalik davrida bolaning nutqi va tafakkuri faol rivojlanmoqda. 
Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi turli xil faoliyatlarda tengdoshlari 
va kattalar bilan muloqot qilishda eng samarali hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy 
tushunchasiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ijtimoiylashuv - bu bolaning 
jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy-axloqiy meʻyorlar va xulq-atvor 
qoidalarini oʻzlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuv - bu butun hayot 
davomida davom etadigan doimiy jarayon. Maktabgacha yoshdagi 
bolalikda bu birinchi navbatda ijtimoiy hayot normalarini 
oʻzlashtirishdir. Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi oʻrinni oʻz 
xalqining axloqiy qadriyatlarini oʻzlashtirish va keyinchalik 
umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish vazifalari egallaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xulq-atvori tajribasi 
kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan 
turli xil qoʻshma tadbirlar va munosabatlarda
mustahkamlanadi.
Maktabgacha taʻlim bolaning sogʻlom, har tomonlama kamol 
topib shakllanishini taʻminlaydi, unda oʻqishga intilish hissini 


71 
uygʻotadi, uni muntazam taʻlim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha 
taʻlim bola olti-yetti yoshga yetgunicha oilalarda, davlat va nodavlat 
maktabgacha taʻlim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha 
taʻlim maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarishda mahallalar, 
jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga 
qoʻyilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy nazariy, amaliy chora-
tadbirlarni ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Rasman bolalar bogʻchasi 
maktabga tayyorlov maskani hisoblansada, aslida bolalar tugʻilishi 
bilanoq maktabga tayyorgarlik boshlaydi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 
Oʻz oila aʻzolari va doʻstlari — atrofdagi odamlar bilan oʻzaro 
munosabatlari orqali ular boshqalarga masʻul boʻlish, tashqi dunyoga 
qiziqish va yangi qobiliyatlarni oʻzlashtirish ishtiyoqini rivojlantirish 
singari muhim tayyorgarlik koʻnikmalarini oʻrganadilar. Bundan 
tashqari, ular oʻzlarining ota-onalari, tarbiyachilari va aka-ukalaridan 
farqli alohida faoliyat bilan shugʻullanadigan individual shaxslar 
ekanliklarini anglab boradilar. Bolalar bogʻchasida rivojlanishga 
yoʻnaltirilgan dasturlardagi tizimli rejalashtirilgan oʻyinlar yordamida 
til va nutq, aql, sensomotorika va ijtimoiy-emotsional qobiliyatlar 
mustahkamlanadi. 
Maktabgacha 
yosh 
davridagi 
bolalar 
rivojlanishining turli jihatlarini har tomonlama oʻrganish shuni 
koʻrsatdiki, maktabning birinchi sinflari bilan taqqoslaganda bolalar 
bogʻchasining maktabga tayyorgarlik guruhlarida oʻqiyotganda ular 
oʻzlarini xotirjam, psixologik jihatdan erkin va oʻziga boʻlgan 
ishonchni his qilishadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalar 
bogʻchasining hayot ritmi, bolalarning kattalar bilan va bir-biri bilan 
muloqot uslubi maktabgacha yoshdagi bola psixikasining rivojlanish 
darajasiga koʻproq mos keladi. Beqarorlik, yangi sharoyit va 
munosabatlarga moslashishdagi qiyinchiliklar tufayli 6 yoshli bola 
toʻgʻridan-toʻgʻri hissiy aloqalar (emotsional munosabat)ga muhtoj 
boʻlib, 
rasmiylashtirilgan 
maktab 
sharoyitida 
bu 
ehtiyoj 
qondirilmaydi. Psixologlar va oʻqituvchilar 6 yoshidan boshlab 
maktabda oʻqishning koʻplab ijobiy va salbiy tomonlarini keltirib 
oʻtishadi. Ushbu yoshda maktabga borishga boʻlgan eng jiddiy 
eʻtirozlarni D. B. Elkonin ilgari surgan. Uning yozishicha, bolalar 
rivojlanishining keyingi, yuqori bosqichiga oʻtish ichki qarama-
qarshiliklarni namoyon qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalikni bir 
yilga qisqartirish hozirgi degeneratsiya rivojlanish jarayonini buzishi 


72 
va foyda keltirmasligi mumkin. D. B. Elkonin 6 yoshdan boshlab 
maktabda oʻqishni tashkil etish oʻrniga, bolalar bogʻchalariga 
tayyorgarlik guruhlarini kengaytirish maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaydi, chunki bolalarni maktabga tayyorlash qulayroq, negaki 
bolalar bogʻchasidagi bolalar yaxshiroq, ular yanada toʻliq, xilma-xil 
hayot tarzini kechirishadi va yanada quvnoq va sogʻlom koʻrinishga 
ega boʻlishadi. Yangi maktab hayotiga moslashishning dastlabki 
bosqichiga kelsak, shuni taʻkidlash joyizki, barcha maktabgacha 
yoshdagi bolalar moslashishga qiynaladilar. Ular nafaqat jismoniy, 
balki psixologik qiyinchiliklardir. Baʻzilarda sustkashlik, koʻz yoshlari 
paydo boʻladi, uyqu va ishtaha buzilishi kuzatiladi, boshqalarida 
haddan tashqari qoʻzgʻalish kuchli boʻladi. Bularning barchasiga 
maktabdagi 
ortiqcha 
yuklamalardan 
toliqish 
sabab 
boʻladi. 
Shuningdek, charchoq hatti-harakatlarning buzilishiga, injiqliklarga 
olib keladi.
Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy 
qismlari mustaqil mantiqiga ega boʻlsa ham, oʻzaro chambarchas 
bogʻliqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan 
iborat va oʻzi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-
xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki 
yaxlitli va izchillik, uygʻunlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan 
taʻriflanadi. 
Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha 
mavjud emas. Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga 
asosalngan tuzilma koʻrinishida taqdim etadi. Uning choʻqqisi global 
“Men” konsepsiyasi shaxsning oʻzi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu 
tushunchalar har xil turlariga xos: 
1. Real “Men” (“Men kimman”); 
2. Ideal “Men”(“Meni kim boʻlishni istayman - intilaman). 
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi). 
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni oʻz ichiga qamrab oladi- 
jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” 
boʻladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, 
biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va 
negativ qaygʻurishlar manbasiga aylanishi mumkin. 
Shaxsning faoliyatiga koʻra - organizm, ijtimoiy individ yoki 
shaxs darajasida namoyon boʻlishiga qarab, “Men” konsepsiyasining 
uchta bosqichi ajratiladi: 


73 
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana 
sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga boʻlgan ehtiyoji; 
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy oʻzlikni, jins, yosh, 
etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga aʻzo boʻlishi 
ehtiyoji bilan bogʻlangan. 
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, oʻzi 
haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini taʻminlaydigan, boshqa shaxslar 
bilan solishtirganda oʻzi haqida taʻriflovchi fikrlarini va oʻzining 
noyoblik hissini beruvchi, oʻzini koʻrsatishga boʻlgan ehtiyojni 
taʻminlovchi daraja. 
“Men” konsepsiyasi yoki oʻz-oʻzini anglash tushunchasi
:
- Kattalar yordamida oʻz kamchiliklarini bartaraf qilish, jamoada 
oʻzini tuta bilish; 
- Oʻzini, oʻz mavqeini va kamchiligini anglashga intilish, oʻzlarini 
kattalarning baholashi bilan solishtirish, oʻz familiyasini, ismini, 
yoshini, manzilini, oila aʻzolarini bilish, boshqalarning hohishini 
hurmat qilish. 
- Oʻzlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish, oʻzining shaxsiy 
ahloqiy sifatlarini baholay va anglay olish, qaysi shaharda yashaydi, 
oʻzi toʻgʻrisida, boshqa bolalar toʻgʻrisidagi maʻlumot bilan almasha 
olish. 
- Oʻzini hurmat qilish, oʻz qadr-qimmatini bilish, oʻzini tanqidiy 
baholash, oʻz milliy anʻanalarini va madaniy qadriyatlarini bilish, ular 
bilan magʻrurlana olish (milliy kiyim, oʻyinlar, urf-odatini hamda 
tarixini bilishga intiladi). 
- Hissiy ifodalash.
- Kattalarga va tengdoshlariga nisbatan oʻzaro hurmat bilan 
qarash. 
- Saxiylik, yaxshilik va rahmdillik koʻrsatish, oʻz kayfiyati va 
boshqalarning kayfiyatini tushunish. 
- Kattalar va tengdoshlariga samimiy munosabat bildirish 
- Oʻz hissiyotlarini soʻz bilan ifodalay olish, oʻzini va boshqalarning 
holatlarini taqqoslash va baholash. 
Katta 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolaning 
guruh umumiy 
manfaatlarni his etishi, boshqalarning huquqlari bilan hisoblashishi, 
umumiy yutuqlardan quvonishi, yordam koʻrsatishi, umum foydasi 
uchun mehnat qilishi, ijtimoiy mulkka oʻyinchoqlar, kitoblar, 
qoʻllanmalar, qoʻgʻirchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 


74 
boʻlishida oʻz ifodasini topadi. Bolalarda jamoatchilikni tarbiyalash 
individuallikning rivojlanishini koʻzda tutadi: guruhda bolaning 
tashabbusi ragʻbatlantiriladi, qizquvchanlik, zehni oʻtkirlik, individual 
qiziqishlar, did, mayllar qoʻllab-quvvatlanadi. guruh oʻyinlarni 
ragʻbatlantirish individual oʻyinlarga yordam berish bilan qoʻshib olib 
boriladi. 
Barcha bolalarni, masalan, navbatchilik ishini bajarganda, syujetli 
oʻyinda bosh rolni ijro etishga oʻrgatish, majburiyatlarga masʻuliyat 
bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash gʻoyat muhimdir. Ayni 
paytda bolalar oldiga ularni birgalikda harakat qilishga: ekinni 
oʻstirishga, 
shikastlangan 
jonivor 
(
qush)ni
parvarish 
qilishga, 
kichkintoylar 
uchun 
oʻyinchoq 
tayyorlashga, 
bayramga 
gul 
yetishtirishga, qoʻgʻirchoqlor kichkintoylar uchun ertak tomoshasini 
tayyorlashga va hokazolarga undaydigan maqsadlarni qoʻyish kerak. 
Birlashish muhitini yaratishda birgalikdagi faoliyatning hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligini, masalan, daraxtni oʻstirish orqali 
faoliyatning umumiy maqsadi qanday shakllanganligi namunasida 
koʻrsatish mumkin. Bu davrda bolalarda axloqiy fazilatlar tarkib topib 
boradi. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarida irodaviy sifatlar 
shakllana 
boradi, 
xarakter 
xislatlari 
barqarorlashadi, 
bolada 
mustaqillikka nisbatan intilish tuygʻusi paydo boʻladi. Shuningdek, 
tayyorlov guruhidan bola maktabda oʻqishga tayyorgarlik koʻra 
boshlaydi. Bu davrda maktabgacha yoshidagi bolalar oʻz koʻchalariga 
ishonch hosil boʻlsa, ular muctaqillik, faollikni rivojlantirishga taʻsir 
koʻrsatadi. Tayyorlov guruhi bolalarida kattalar va tengdoshlar bilan 
muloqot jarayonida madaniy va uyushgan xulq-atvor koʻnikmalari va 
odatlarning shakllanishi davom etadi. Bolalar xulq-atvoriga ularning 
tengdoshlari bilan munosabatlari murakkablashadi. Tarbiyachi 
Maktabgacha taʻlim tashkilotisi qoidalarining ongli va majburiy, 
bolalarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, tashqi koʻrinishi, harakatlari, 
predmetlarga munosabati, tejamkorlik, buyumlarini tartibga keltirish 
madaniyatini shakllantirishga, kattalar va tengdoshlari bilan 
munosabatga xushmuomalalik madaniyatini tarbiyalashga alohida 
eʻtibor berishadi.
Bola shaxsi oʻzini-oʻzi anglashning komponentlari, eng avvalo, 
oilada shakllanar ekan, ota-onalar oʻz farzandlarining ijtimoiy 
munosabatlariga toʻgʻri kirishishlariga yordam koʻrsatuvchilari uchun 
xizmat qiladigan asosli maʻlumotlarni ish natijalaridan olishlari;


75 
Ota-onalar 
ishning 
natijalaridan 
ota-onaning 
farzandiga 
munosabatida bolalikning dastlabki davrlaridayoq oʻziga ishonchni, 
mustaqillikni, atrofdagilar bilan munosabatda faol va vazmin boʻlish, 
vaziyatni tahlil etish koʻnikmalarini shakllantirish jarayonida 
foydalanishlari; 
MTT psixologlari ish maʻlumotlari va metodikalari asosida bola 
shaxsi oʻzini-oʻzi anglash konponentlarining shakllanish darajasini 
aniqlashlari hamda ularga individual yondashib tegishli koʻrsatmalar 
berishlari lozim.
Uyushgan xulq-atvorni boshqa fazilatlar, avvalo faollik va 
mustaqillik, yaʻni yangilik talablarni bajarishga tayyorgarlik, 
tashabbuskorlik, turli vaziyatlarda mustaqillikni namoyish etish 
koʻnikmasi bilan mustaqillikni namoyish etish koʻnikmasi bilan 
mustahkam bogʻliq holda koʻrib chiqish zarur. 
Maktabgacha taʻlim tashkilotilarida turmushni toʻgʻri tashkil 
qilish axloqiy tarbiyaviy jarayonning umumiy yoʻnalishi xulq-atvor 
madaniyatini tarbiyalashning asosiy va zaruriy shartidir. Bolalarni 
oʻrab turgan ishonch xayrixohlik muhiti, tarbiyachining vazminligi, 
tashqi va ichki madaniyati nihoyatda muhimdir. 3-5 yoshli bolalarda 
oʻz-oʻzini anglashda oʻziga va boshqalarga nisbatan munosabatni 
baholash 
asosiy 
koʻrsatgich 
hisoblanadi. 
Bolaning 
oʻzining 
kelajakdagi qiyofasi haqida ijobiy tasavvuri birinchi marotaba 
bolaning oʻziga oʻzining kamchiliklariga nisbatan tanqidiy jihatidan 
munosabatda boʻlishga va kattalar yordamida bu kamchiliklarni 
bartaraf qilishga yordam beradi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin