83
G.
N.
Selevko
tomonidan
olib
borilgan
pedagogik
texnologiyalar tahlili asosida maktabgacha taʻlim tizimida
qoʻllaniladigan quyidagi texnologiyalarni ajratib koʻrsatish
mumkin:
- taʻlimni rivojlantirish texnologiyalari,
- muammoli taʻlim texnologiyalari,
- oʻyin texnologiyasi,
- kompyuter texnologiyalari,
- muqobil texnologiyalar.
Rivojlanish - oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski
sifatlardan yangi holatlarga oʻtish, yangilanish, yangining paydo
boʻlishi, eskini yoʻqolib borishi, miqdor oʻzgarishining sifat
oʻzgarishiga oʻtishini taʻminlovchi, murakkab harakat jarayoni
sanaladi. Rivojlanishning manbai qarama-qarshiliklar oʻrtasidagi
kurashlardan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy
mavjudotdir, degan falsafiy taʻlimotga asoslanadi. Bola shaxsi
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari, biologik va
ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda taʻsir etadi. Tarbiya rivojlanishidagi
muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning samarali taʻsir etishi uchun
oʻsish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga
muvofiqdir. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir
qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat
inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq
oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning oʻziga xos
shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkil etilayotgan
faoliyat mohiyatiga koʻra belgilanadi. Faoliyatning asosiy turi
muloqotdir. Faoliyat faol va passiv boʻlishi mumkin. Aynan shu
sababdan maktabgacha taʻlim jarayonida bolalar bilan olib boriladigan
har bir faoliyatga rivojlantiruvchi muhit xarakterini shakllantirish
zarur.
Maktabgacha taʻlim muassasasida bolani toʻIaqonli tarbiyalash
maqsadida mashgʻulotlarda, mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda, sayr
va ekskursiyalarda innovatsion texnologiyalardan foydalanishda
rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish bosh vazifa qilib qoʻyilgan.
Bolani rivojlantiruvchi predmetli muhit - bu bola faoliyati uning
shaxsini toʻIaqonli rivojlanishini taʻminlovchi sharoitlar tizimidir. U
bolalarning rivojlanishi uchun kerak boʻlgan bazaviy tarkibiy
qismlarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: