Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


  Taʻlimiy oʻyinlar haqida maʻlumot. Taʻlimiy oʻyinlarning



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

 


85 
Taʻlimiy oʻyinlar haqida maʻlumot. Taʻlimiy oʻyinlarning 
turlari va oʻtkazishning innovatsion texnologiyalari
. Oʻyin inson 
oʻzligining namoyon boʻlishi, uning takomillashuv usulidir. Oʻyin 
inson hayotida muhim oʻrin tutar ekan, u bolalar uchun alohida 
ahamiyatga egadir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy 
mazmunini tashkil etadi. Mehnat va taʻlim bilan uzviy aloqada 
boʻlgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon boʻladi. Bola 
shugʻullanadigan koʻpchilik ishlar oʻyin shaklida boʻladi. Oʻyinda 
shaxsdagi barcha mavjud xususiyatlar ishga tushadi: harakat, nutq, 
idrok, fikrlash. Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, AS.Makarenko, 
P.F.Lestgaflarning gʻoyalari hozirgi zamon bolalar oʻyinlari nazariyasi 
uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar oʻyini koʻp asrlik tarixga ega, - deb 
yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning oʻzi tomonidan ishlab 
chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson 
tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan». Yan Amos Komenskiy 
oʻyinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga toʻgʻri 
keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, oʻyin - bolaning 
barcha qobiliyat koʻrinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir
oʻyinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va 
boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola oʻyin davomida tengqurlari bilan 
doʻstlashadi. Y.A.Komenskiy oʻyinga quvnoq bolalik va bolani 
uygʻun rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar 
oʻyinlariga eʻtiborli munosabatda boʻlishni, ularga oqilona rahbarlik 
qilishni maslahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar oʻz oʻyinlarida 
tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday 
faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday 
qilib oʻyinning ijtimoiy voqea ekanligini, oʻyinda tevarak-atrofdagi 
borliq aks ettirilishini ilgʻor olim va pedagoglar oʻzlarining kuzatish 
va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Oʻyin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, 
chuqurlashib boradi. Oʻyinda u yoki bu rolni bajarish davomida bola 
oʻzining butun diqqatini oʻyinga qaratishi lozim. Bola oʻynayotganda 
kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari toʻgʻrisidagi 
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga 
savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob 
berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi oʻyin 
orqali bolalarda ona-vatanga, oʻz xalqiga boshqa millat kishilariga 
ijobiy munosabatni shakllantiradi; mustahkamlaydi. Oʻyin orqali 


86 
tarbiyachi bolalarda jasurlik, toʻgʻrilik, oʻzini tuta bilishlik kabi 
sifatlarni ham tarbiyalaydi. Oʻyin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning 
hayotga, bir-biriga boʻlgan munosabatini shakllantiruvchi oʻziga xos 
maktabdir.
Taʻlimiy oʻyinlar - maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va 
imkoniyatlariga mos holda ularga bilim berish metodidir. Taʻlimiy 
oʻyin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar 
mashgʻulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari 
uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday oʻyinlarga kichik bolalar 
uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi oʻyinlarni 
misol tariqasida keltirish mumkin. Katta guruh bolalari uchun «Kasb 
egalari 
qanday 
ishlarni 
bilishadi?», 
«Dehqonlar nimalarni 
yetishtiradi?», «Kim koʻproq narsalarning nomini ayta oladi?» va 
boshqa oʻyinlarni koʻrsatish mumkin. Taʻlimiy oʻyinlar bolalarning 
tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, 
oʻz shaxsiy tajribalari va mashgʻulotlarda olgan bilimlarni amalda 
qoʻllay olishga oʻrganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy 
kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga 
soladi. Taʻlimiy oʻyinlar taʻlim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq 
qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali oʻyinda amalga 
oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi 
oʻzlashtiradilar. Taʻlimiy oʻyin kattalar tomonidan bolalarni aqliy 
rivojiantirish maqsadida yaratiladi. Unda oʻyin elementlari qaricha 
koʻp boʻlsa, bolalarga u shuncha quvonch bagʻishlaydi. Taʻlimiy 
oʻyinning muhim tomoni - uni oʻtkazishdan koʻzda tutiladigan 
gʻoyadir. Oʻyin gʻoyasi bolalarda oʻyinga qiziqish uygʻotadi, 
koʻpincha bu gʻoya taʻlimiy oʻyinni boshlashga sababchi boʻladi. 
Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday ovoz chiqaradi» 
va boshqalar. Har bir taʻlimiy oʻyinda oʻyin mazmuni, gʻoyasidan 
kelib chiqqan qoidalar boʻladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat 
yoʻnalishini yoki oʻyinning borishini belgilab beradi, bolalarning 
xulqini, oʻzaro bir-biriga boʻlgan munosabatini boshqarib, kerakli 
tomonga yoʻlantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi 
oʻlchovdir. Taʻlimiy oʻyinda amal qilinadigan qoidalar oʻyin 
harakatlarining toʻgʻri-notoʻgʻriligini aniqlovchi va ularga baho 
beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan «U 
oʻyin qoidasini buzib oʻynayapti» deyishlarining oʻzi ularning oʻyin 


87 
qoidalariga 
qandaydir 
oʻzgartirib 
boʻImaydigan 
qonundek 
munosabatda boʻlishlarini koʻrsatadi. Bolalarning oʻyin qoidalarini 
oʻrganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularda mustaqillikni, oʻyin 
jarayonida oʻzini-oʻzi, oʻzaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini 
tarbiyalashga yordam beradi. Taʻlimiy vazifalarni bajarish bolalardan 
maʻlum darajada zoʻr berishni, yaʻni ularning aqliy faoliyatiga talabni 
kuchaytiradi. Bolalar fahm-farosatlari, topagʻonliklari, diqqat va 
xotiralarini namoyish qiladilar. Bularning hammasi bolalarning oʻz 
kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan 
toʻldiradi, ular bundan maʻnaviy qoniqish hosil qiladilar. Taʻlimiy 
oʻyinning natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga 
eʻtibor berishi lozim: qoʻyilgan maqsadga erishildimi, belgilangan 
harakat bajarildimi, shu koʻzlangan nuqtayi nazardan maʻlum 
natijalarga erishildimi yoki yoʻqmi. Oʻyin harakatlari xilma-xil 
ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yigʻishtirish, ularning 
rangiga, katta-kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan ajratish, 
tanqidiy harakatlar va hokazolarda namoyon boʻladi. Katta 
bolalarning oʻyin harakatlari esa murakkabroqdir: bu oʻyin harakatlari 
bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati 
oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish boʻlishini, harakatlarning izchillik va 
navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi. Har bir taʻlimiy 
oʻyinning muayyan natijasi boʻladi, natija esa oʻyinning finali 
hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni topish, berilgan oʻyin 
topshiriqlarini bajarish, zukkolikni namoyon qilish kabilar oʻyin 
natijasi boʻlib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar. 
Oʻyin mazmuni, gʻoyasi, harakatlari va qoidalari oʻzaro birbiri bilan 
bogʻlangan boʻlib, hatto ulardan birortasi boʻlmasa ham oʻyinni 
oʻtkazib boʻlmaydi. Taʻlimiy oʻyinning oʻyin faoliyati sifatidagi 
oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan 
oʻzaro munosabatlari oʻyin tarzida boʻladi. Tarbiyachi oʻyin 
qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi boʻIadi. Bolalar koʻpincha oʻyin 
mazmuni bilan belgilanadigan va oʻyin harakatlari talab etadigan 
biron-bir rolni bajaradilar.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin