Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Rasm chizish, qirqib yopishtirish, loy yoki plastilindan



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Rasm chizish, qirqib yopishtirish, loy yoki plastilindan 
narsalar yasash, qurish yasash mashgʻulotlarida qoʻllaniladigan 
innovatsion texnologiyalar. 


173 
Maktabgacha taʻlim muassasalarining birlamchi yoʻnalishi 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarni 
badiiy-estetik 
tarbiyalash 
hisoblanadi. Bu yoʻnalishning samarasi estetik yoʻnalishning barcha 
vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, qirqib 
yopishtirish va boshq.) kompleks tarzda qoʻllanilgandagina aniq 
boʻladi. Maktabgacha taʻlim muassasalarida oʻtiladigan «Tasviriy 
faoliyat» mashgʻulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya 
masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat 
oʻz xususiyatiga koʻra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat 
mashgʻulotlarining barcha turlari bolalarda goʻzallikni bilish uchun, 
borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng 
imkoniyatlarni ochib beradi.
«Tasviriy faoliyat» mashgʻulotlari jarayonida:
1. Badiiy didni tarbiyalash;
2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
3. Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni 
rivojlantirish;
4. Qoʻlning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda 
motorikasini rivojlantirish;
5. Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon boʻlishi 
uchun imkon yaratish kabi taʻlimiy va tarbiyaviy masalalar hal etib 
boriladi. Maktabgacha taʻlim muassasalari uchun ishlab chiqilgan 
takomillashtirilgan Тasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi 
eng katta boʻlim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan 
mantiqiy va didaktik bogʻliklikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy 
faoliyat mashgʻulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa 
turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini 
anglatadi.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin