Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Maktabgacha taʻlim muassasalarida qirqib yopishtirish



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Maktabgacha taʻlim muassasalarida qirqib yopishtirish 
mashgʻulotini tashkil etish.
Tasviriy faoliyat mashgʻulotlarida 
predmet, buyum va turli narsalarni qirqib yopishtirish texnologiyasida 
tasvirlash maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlantirishga 
xizmat qiladigan koʻp qirrali mashgʻulot turlaridan biri boʻlib, ular 
shakl va ranglarni ajrata olishga oʻrgatadi, bolalarning badiiy-estetik 


177 
hissiyotlarini va qoʻl mayda motorikasini rivojlantiradi. Qirqib 
yopishtirish mashgʻulotlari bolalarda tozalik, diqqatni jamlash kabi 
sifatlarni ham tarkib toptiradi. Qirqib yopishtirishning individual va 
jamoa shakllari turli mazmunda boʻlishi mumkin.
Qirqib yopishtirish turlar boʻyicha uch xilga boʻlinadi:
- predmetli qirqib yopishtirish;
- syujetli - mavzuli qirqib yopishtirish;
- dekorativ qirqib yopishtirish. 
Qirqib yopishtirishni bajarish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
- shakllarni qirqish;
- shakllarni fonga yopishtirish. Qirqib yopishtirish badiiy bezash 
vositasi sifatida oʻziga xos dekorativ joziba yaratadi. Qirqib 
yopishtirishni oʻqitishda quyidagi masalalar yechiladi:
1. Geometrik shakllar va oʻsimliklar qismlaridan badiiy bezak 
tuzish;
2. Karton yoki matoga aniq bir ritmda joylashtirish
3. Syujetni tasvirlash;
4. Predmet tasvirini alohida boʻlaklardan yaratish;
5. Qirqib yopishtirish uchun detallarni har xil materiallardan, 
turli texnika orqali tasvirlashni oʻzlashtirish;
6. Qirqishning turli uslublari, yirtish ularni asosga joylashtirish 
texnikasi bilan yopishtirish, tikish va h.k.
7. Rangni sezishni shakllantirish, asosiy rang va tuslarni bilish, 
rang birikmalarini tuzish mahoratini oʻzlashtirish;
8. Shakl, nisbat, kompozitsiya hissini shakllantirish;
9. Geometrik shakllarni ajratish, ularni nomini bilish;
10. Asosiy va qoʻshimcha ranglar bilan tanishtirish;
11. Hajm va sonlarni bilish;
12. Kompozitsion mahorat malakalarini shakllantirish;
13. Syujetli qirqib yopishtirishda predmet (buyum yoki 
narsa)larni 
joylashtirish. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin