Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Mashgʻulotlar 
uchun 
didaktik 
materiallar 
yaratish 
texnologiyalari. Kompyuterda matematika, tasviriy faoliyat, 
tabiat bilan tanishtirish, ingliz tili mashgʻuloti uchun, nutq 
oʻstirish, atrof olam bilan tanishtirish mashgʻulotlari uchun 
didaktik oʻyinlar yaratish texnologiyasi.
Masofali taʻlim oʻqitishing 
zamonaviy shakllaridan biri sifatida taʻlim tizimining barcha 


191 
sohalarida oʻz oʻrnini topmoqda. Bunda Internet tarmogʻidagi oʻquv 
materiallaridan keng foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan 
materiallarning aksariyati multimediali taqdimot shaklida yaratilgan. 
Masalan, МТТlar uchun “TRIZ” texnologiyalari asosida “Kimning 
uyi qaerda?”, “Uy yasash”, taqdimotlari, savodxonlik, matematik 
tasavvurlarni shakllantirish, til oʻrganish yuzasidan va turli xil 
kompyuter oʻyinlari shular jumlasidandir. Shunday qilib, МТТ 
tarbiyachilari 
multimedia 
toʻgʻrisida 
toʻliq 
maʻlumotga 
ega 
boʻlganlarida, 
undan 
МТТlarning 
taʻlim-tarbiya 
jarayoniga 
foydalanishlari oson kechadi.
МТТlarning taʻlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan 
yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish va ulardan bolalarga 
taʻlim-tarbiya berishda foydalanish masalalari ham shu kunning 
dolzarb masasalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli quyida pedagogik 
texnologiya tushunchasining taʻriflari va МТТlarda tatbiq etish uchun 
ishlab chiqilgan “multimedia texnologiyasining” asoslari boʻyicha 
maʻlumot beriladi. Texnologiya soʻzi yunoncha (techne) sanʻat, 
mahorat maʻnolarini anglatadi. Bu esa, jarayonlar demakdir.
Hozirgi davrda texnologiyalarning soni koʻpayib bormoqda va 
turli sohalarda qoʻllanib kelinmoqda. Masalan, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, axborot texnologiyasi, ovqat tayyorlash texnologiyasi 
va boshqalar shular jumlasidandir. “Pedagogik texnologiya” atamasi 
inglizcha “an eductional technology ” soʻzidan olingan boʻlib, uning 
tarjimasi “taʻlim texnologiyasi” degan maʻnoni bildiradi.
Ushbu tizimni, oʻquv maqsadi, kutilayotgan natijalar, taʻlim 
oluvchi, taʻlim shakli, taʻlim vositalari, nazorat va baholashlar tashkil 
etadi. Yuqoridagilarga binoan, МТТlarning taʻlim jarayoniga tatbiq 
etish uchun multimedia texnologiyasidan foydalanish maqsadga 
muvofiq boʻladi. Multimedia texnologiyasining asosiy mazmuni - 
kompyuterli taʻlimdir. Mashgʻuloti esa, kompyuterli mashgʻulotdir. 
Demak, 
multimedia 
texnologiyasi 
kompyuterdan 
foydalanib, 
mashgʻulot oʻtkazishga moʻljallangan. 
Umuman olganda, МТТlarda qachondir toʻla kompyuter 
taʻlimiga oʻtiladi. Shuning uchun, bu muammoni hozirdanoq asta-
sekinlik bilan hal etib bormoq zarur. Hozirgi kunda Respublikamizda 
televizori boʻlmagan bironta oila boʻlmagani kabi, yaqin kelajakda 
barcha oilalar oʻz kompyuterlariga ega boʻladilar. Ushbu fikr ham 
Respublika kelajagi boʻlgan bolalarni yoshligidanoq kompyuter bilan 


192 
tanishtirish va ularda ushbu yoʻnalishdagi zarur bilim va 
koʻnikmalarni shakllantirish zaruratini taqozo qilmoqda. МТТlar 
uzluksiz taʻlim tizimining birinchi pogʻonasi boʻlgani uchun 
yuqoridagi tizim МТТlarning taʻlim jarayonlariga tegishlidir.
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Maktabgacha 
taʻlim 
konsepsiyasida МТТlar uchun moʻljallangan pedagogik texnologiya 
quyidagi mazmunda yoritilgan, yaʻni: . “Pedagogik texnologiya 
deganda taʻlimiy maqsadlarni samarali amalga oshirishga imkon 
beruvchi taʻlim va tarbiya jarayonining nazariy asoslangan vosita va 
usullari majmuini amalga oshirish tushuniladi” . 
Maktabgacha 
taʻlimda 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanishda taʻlimiy maqsadlar bir xil berilib, bosqichma-bosqich 
oʻzgarishlar va erishilgan natijalarni yakuniy baholash imkoniyatining 
saqlanishiga mos holda ilmiy loyihalashni moʻljallaydi. Ushbu 
muammolarning yechimini topish va amalga oshirish maqsadida 
МТТlarning taʻlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish va sinovdan 
oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan multimedia texnologiyasining 
asoslari toʻgʻrisida maʻlumot beramiz.
Multimedia texnologiyasini МТТlarning taʻlim jarayonida tatbiq 
etish va unga pedagogik ishlov berish asosida, taʻlim berishning 
barcha talablariga mos keladigan taʻlim jarayonini toʻla-toʻkis amalga 
oshiradigan multimediali texnologiya sifatida shakllantirish mumkin.
Maʻlumki, pedagogik texnologiyaning oʻziga mos va xos element 
boʻladi. 
Agar 
shu 
elementlar 
tarbiyalanuvchilarga 
toʻla 
shakllantirilgan boʻlsa, pedagogik texnologiya ham toʻkis shakllangan 
hisoblanadi. 
Pedagogik 
texnologiyaning 
– 
“taʻlim–tarbiya 
jarayonini ilgʻor vositalar, uslublar, texnik vositalar, usullarga tayanib 
takomillashtirish tizimi” mazmunidagi taʻrifidan kelib chiqib, 
multimedia texnologiyaning komponentlariga quyidagilarni kiritish 
mumkin:
1. Nazariy va amaliy asoslari.
2. Pedagogik–psixologik jihatlari.
3. Texnik va didaktik vositalari.
4. Taʻlim-tarbiya berish uslubiyoti.
5. Tarbiyalanuvchilarning olgan bilimlarini baholash mezoni. 
6. Taʻlim manbalari.
Multimedia texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari - 
informatika va zamonaviy axborotlar texnologiyasi asoslariga borib 


193 
taqaladi. Multimedia – dastlab vosita sifatida axborotlarni biratoʻla 
tovush, video, grafika, matn, tasvir, animatsiya berilgan holda uzatish 
va saqlash usuli (muhiti) sifatida shakllandi. Shakllanish, asosiy texnik 
taʻminoti boʻlgan kompyuter va uning axborotni, matnni kiritish va 
chiqarish 
qurilmalari, 
skanerlar, 
video 
va 
audio 
platalari, 
videoqamrash platalari orqali amalga oshiriladi. Dasturiy taʻminotda 
esa multimedia vositasi mazmunini ifodalash algoritmini tuzish va 
dasturlash muhim rol oʻynaydi. Amaliy taʻminotda multimediali 
darsliklar, kompakt disklar, taqdimotlar, slaydlar, shuningdek, 
kompyuterda mavjud dasturlar (Macromedia Flash, Power Point, 
Paint, Corel Draw) va telekommunikatsiya vositalaridan keng 
foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari tezkorlik bilan rivojlanib 
zamonaviy multimedia texnologiyalariga aylandi. Shu boisdan, u 
oʻnlab yoʻnalishlar va sohalarga tatbiq etilib kelinmoqda. Taʻlim 
jarayoniga esa 1990-yillardan boshlab kirib keldi. Multimedia 
texnologiyasining bir nechta taʻriflari mavjud boʻlib, shulardan birini 
keltiramiz. «Multimedia texnologiyasi- informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya 
(obyektlarning 
fazodagi 
harakati) 
samaralari 
asosida 
oʻquv 
materiallarini bolalarga 
yetkazib berishning mujassamlashgan 
koʻrinishidagi texnologiyasidir”. Bu yerda shuni taʻkidlash kerakki, 
multimedia axborot(material) shakllantirilishi uchun kamida uning 
uchta elementi (matn, tasvir va animatsiya) qatnashishi shart. 
Masalan, 
radioeshittirishda 
beriladigan 
axborotni 
yoki 
telekoʻrsatuvlarda 
koʻrsatiladigan 
ovozsiz 
tasvirlarning 
oʻzi 
multimedia boʻla olmaydi. Hozirgi kunlarda, МТТlarning taʻlim-
tarbiya jarayoniga masofali taʻlim ashyolaridan, jumladan, internet 
tizimidan foydalanish ham joriy etilmoqda. 
Internetdan foydalanishda tarbiyachi internet tarmogʻidan МТТ 
tarbiyalanuvchilariga mos materiallarni qidirib topib, undan u yoki bu 
yoʻnalishdagi mashgʻulotlarda foydalanadi.
МТТlarda multimedia texnologiyasining taʻlim sohasidagi 
asosiy va yetakchi tashkiliy shakli – kompyuterli mashgʻulotdir. 
Ushbu texnologiya boʻyicha mashgʻulotlar 30 daqiqa davomida, 
kompyuterlardan foydalanib olib borilgani uchun, oʻrtada 15 
daqiqadan soʻng 5-10 daqiqali oʻrganiladigan materialga tegishli oʻyin 
mashgʻuloti yoki suhbat, savoljavob oʻtkaziladi. Shundan keyin, yana 


194 
mashgʻulotning 15 daqiqasi davom ettiriladi. МТТlarning taʻlim-
tarbiya 
jarayoniga 
kompyuterlardan 
foydalanishning 
afzallik 
tomonlaridan biri shundan iboratki, bolalar kompyuterda ishlashni 
toʻla oʻrganib olganlaridan keyin, undan 15 daqiqa davomida mustaqil 
ravishda materiallarni oʻrganishlari mumkin. Kompyuterning “bagʻri 
keng” va “toqatli, sabrlidir”. Bola xato qilgan taqdirda ham, xatoni 
oʻzi tuzatgunga qadar, hech kim unga tanbeh bermaydi. Multimedia 
texnologiyasida taʻlim va tarbiyani mashgʻulot shaklidan tashqari, 
oʻyin shaklida (kompyuterli oʻyinlar), ekskursiya, sayohat, amaliy 
mashgʻulot shaklida (ekologik taʻlim), masofali muloqot shaklida olib 
borish mumkin.
Bolalar uchun “qoʻllanma” yoki “darslik” sifatida – kompyuter 
xotirasiga yuklangan maʻlumotlar, tarbiyachi uchun esa, multimedia 
texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, uslubiy 
qoʻllanmalar va uslubiy tavsiyalar taʻlim manbalari hisoblanadi. 
Texnik vositalari (didaktik asoslari). Shaxsiy kompyuterlarlar 
multimedia texnologiyasining asosiy vositasi hisoblanadi. Undan, 
МТТlardagi taʻlim-tarbiya jarayonida foydalanishda esa, qoʻshimcha 
vositalar kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar 
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi taʻlim-tarbiya materiallari 
dinamik xarakterga ega boʻlib, ular animatsiya bilan berilgan boʻladi. 
Taʻlim tizimida uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinayotgan 
anʻanaviy koʻrgazmali materiallar – statik xarakterga ega.
Multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan 
tashqari, har bir МТТlar sharoitida tarbiyachilarning oʻzlari 
tomonidan tayyorlay oladigan: dasturli va rolli(ijroli) multimedia 
vositalaridan (DVD-disk) foydalanish ham mumkin.
DVD video diski – multimedia vositasi sifatida bir necha 
afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib oʻrganiladigan materialni 
bosqichlar boʻyicha toʻla koʻrish mumkin, baʻzi hollarda alohida 
elementlari koʻriladi, zarur boʻlganda material qayta namoyish etiladi. 
DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan 
boʻladi
Multimedia texnologiyasining texnik vositalari taʻlimning 
didaktik talablariga toʻla mos keladi. Multimedia texnologiyasining 
taʻlim-tarbiya berish uslubiyotini bayon qilishdan oldin, uning 
quyidagi ikki jihatiga eʻtibor berish kerak:
1. Agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib 
borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm boʻlib qoladi.


195 
2. Agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida, 
uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, taʻlim jarayonini aks 
ettirib multimedia texnologiyasiga aylanadi.
Taʻlimning anʻanaviy uslublarida taʻlim beruvchi (tarbiyachi) 
taʻlim jarayonining markazida boʻlib, taʻlim oluvchi (tarbiyalanuvchi) 
passiv eshituvchi va ishtirokchi boʻlib qoladi. Multimedia 
texnologiyasidan foydalaniladigan jarayonda esa, taʻlim jarayonining 
markazida kompyuter xotirasiga yuklangan va oʻrganish uchun 
moʻljallangan taʻlim materiallari turadi. Kezi kelganda shuni 
taʻkidlash kerakki, yuqorida taʻkidlanganidek, kompyuter xotirasiga 
yuklangan material oʻziga xos “taʻlim qoʻllanmasi” yoki “darsligi“ 
rolini oʻynaydi.
Ikkinchi oʻrinda, kompyuterdagi taʻlim materiallarini koʻrib va 
tovushni eshitib turgan taʻlim oluvchi (tarbiyalanuvchi)lar turadilar. 
Bu holda asosiy muloqot kompyuter-tarbiyalanuvchi oʻrtasida amalga 
oshirilib, tarbiyalanuvchi axborotni kompyuter ekranidan qabul qilib 
oladi. Ammo МТТlarning taʻlim-tarbiya jarayoniga multimedia 
texnologiyasi tatbiq etilgan taqdirda ham garchi maʻlumot monitor 
ekranidagi materialdan olinsa-da, tarbiyachi-pedagogning faoliyati 
birinchi oʻrinda qolaveradi, chunki anʻanaviy usul bilan taʻlim 
berishda “boʻr-doska”dan yoki boshqa turli xil koʻrgazmali 
vositalardan foydalanilsa, multimedia texnologiyasida esa, kompyuter 
ekranidagi materiallardan foydalaniladi.
Taʻlim beruvchi (tarbiyachi)ning vazifasi – kompyuter ekranida 
bolalar kuzatayotgan materiallarni sharhlab berish, ularning 
diqqatlarini jalb etish, guruh tarbiyalanuvchilariga takrorlab oʻrgatish 
boʻlib, kompyuter-tarbiyalanuvchi va tarbiyachi oʻrtalarida birgalikda 
olib borilayotgan faoliyatni bildiradi. Sxemadagi punktir chizigʻi 
taʻlim beruvchi bilan taʻlim oluvchi oʻrtasidagi savol-javobni 
anglatadi.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin