Nazorat savollari
1.
Assotsiativlik nima?
2. Dialektiklik tushunchasini izohlang
3. Tasavvur qanday jarayon?
4. Ijodiy rivojlanish sohasining kichik sohalari nechta?
185
V BO
ʻ
LIM. KOMPYUTERDA INNOVATSION
DIDAKTIK O
ʻ
YINLAR VA DIDAKTIK MATERIALLAR
YARATISH
5.1. Kompyuterda innovatsion didaktik oʻyinlar va didaktik
materiallar yaratish texnologiyasi
Reja
1.
Kompyuterda innovatsion oʻyinlar yaratish texnologiyasi.
Kompyuterda innovatsion didaktik oʻyinlar tashkil qilish.
2.
Mashgʻulotlar
uchun
didaktik
materiallar
yaratish
texnologiyalari. Kompyuterda matematika, tasviriy faoliyat, tabiat
bilan tanishtirish, ingliz tili mashgʻuloti uchun, nutq oʻstirish, atrof
olam bilan tanishtirish mashgʻulotlari uchun didaktik oʻyinlar yaratish
texnologiyasi.
3.
“Aqlli” gadjetlar haqida tushuncha
Kompyuterda innovatsion oʻyinlar yaratish texnologiyasi.
Kompyuterda innovatsion didaktik oʻyinlar tashkil qilish.
Hozirgi
davrda hayotimizda koʻp ishlatiladigan soʻzlardan biri “axborot” dir.
Bu soʻz telekoʻrsatuvlarda ham, radio eshitirishlarda ham, gazeta va
jurnal sahifalarida ham, muassasa va tashkilotlarda ham tez-tez
eshitilib turadi. “Axborot” atamasi lotincha “Information” soʻzidan
186
olingan boʻlib, xabar, maʻlumot koʻrsatgichlarni majmuasini bildiradi.
Axborot-aniq
va
amalda
ishlatiladigan
xabardir.
Professor
A.A.Abduqodirovning taʻkidlashicha: “Axborotning oʻzini, biror
obyekt, atrof muhitning malum boʻlagi yoki malum jarayoni haqidagi
aniqsizlik darajasini kamaytiradigan belgilar, parametrlar, tafsilotlar,
yoʻriqlarning
majmuasi
deyish
mumkin”.
Jamiyatni
axborotlashtirishda-axborot zahiralari muhim rol oʻynaydi. Axborot
zahiralari - alohida axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond,
maʻlumot banklari, kompyuter xotirasi va boshqa axborot
tizimlari)dagi hujjatlar toʻplamidir. Axborot zahiralarning bir nechta
xususiyatlari mavjud:
1. Bitmas – tugallanmasligi (tabiiy zahira – neft, maʻlum bir
muddatdan keyin tugab qoladi, axborot zahiralari esa yildan-yilga
ortib boradi).
2. Axborot zahiralaridan foydalanish imkoniyati saqlanadi va
koʻpayib boradi.
3. Axborot zahiralari boshqa zahira (mehnat, malaka, texnika,
energiya, xom ashyo) lar bilan birlashgan holda harakatlanuvchi kuch
sifatida namoyon boʻladi.
4. Bilimni axborot zahirasiga aylantirib, ularning kodlanish,
qayta jamlanish va uzatish imkoniyatiga qaram boʻladi.
Maʻlumotlar, matn, grafika, bilimlar, real dunyo obyektlari,
jadval, video, tasvir, nutq va tovush kabi koʻrinishlarda ifodalanadi.
Axborotni qayta ishlash dastlab qogʻozda, soʻngra mexanik, elektr
mashinalarda bajarilib kelindi. Hozirgi davrda esa, kompyuterlarda
amalga oshirilmoqda. Axborotni qayta ishlash texnologik jarayon
boʻlib, ilmiy adabiyotlarda uning quyidagi taʻrifi berilgan. Axborot
texnologiyasi - obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning
holati haqidagi yangi sifat axborotlarini olish uchun maʻlumotlar,
boshlangʻich axborotni toʻplash, qayta ishlash hamda uzatish vosita va
uslublaridan foydalanuvchi jarayondir.
Axborot texnologiyasining texnologik jarayoni quyidagicha
amalga oshiriladi:
a) maʻlum bir turdagi axborotlar jamlanadi;
b) qayta ishlanadi, yaʻni guruhlanadi, turlarga ajratiladi,
agregatlashtiriladi va hisoblanadi
c) tayyor axborot mahsuloti olinadi va isʻtemolchilarga uzatiladi.
Axborotni uzatish. Insonlar axborotning xabar shaklidan qadim
187
zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar. Masalan, insonlar qabila
boʻlib yashagan davrlarida, biron qabilaga tashqi xavf-xatar
tugʻdirilganda, uning bir aʻzosi tepalik ustida olov yoqqan va uning
tutuni orqali boshqa jamoaga xabar qilgan va qoʻshni qabila odamlari
yordamga
yetib kelganlar.
Odamlar yozish va oʻqishni
oʻrganganlaridan soʻng, bunday xabar (axborot)larni bir shahardan
ikkinchi shaharga chopar orqali yoki xat tashishga oʻrgatilgan
kabutardan berib yuborganlar. Keyinchalik, sekinastalik bilan pochta
xizmati shakllanib borgan.
Oʻtgan
asrning
oxirlarida
multimedia
texnologiyasining
yaratilishi va uni axborot texnologiyalariga tatbiq etilishi, zamonaviy
multimedia texnologiyasini yaratilishiga olib keldi. Quyida axborot
texnologiyasiga asoslangan multimedia texnologiyasini yaratilish
bosqichlarini qaraymiz. Shuni taʻkidlash kerakki, multimedia axborot
texnologiyalari fanining bir shaxobchasi
boʻlib, uning tez
rivojlanayotgan sohasiga kiradi. МТТlarning taʻlim-tarbiya jarayonida
multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun,
tarbiyachilar multimedia toʻgʻrisida maʻlum bir darajada elementar
bilimlarga ega boʻlishlari kerak. Ilmiy va oʻquv adabiyotlarda,
maqolalarda multimedia toʻgʻrisida turli xil qarashlar, fikrlar va
tushunchalar berilgan boʻlib, МТТ tarbiyachi-pedagoglari ularning
qaysi biridan foydalanishni bilmasdan qiynalmoqdalar. Shuning
uchun, quyida multimedia asoslarini (multimedia atamasi, taʻriflari,
mazmuni, shakllanishi, vositalari va multimedia texnologiyasi
boʻyicha baʻzi-bir maʻlumotlarni) sodda va elementar shaklda bayon
qilamiz. Tarbiyachilarga multimedia toʻgʻrisidagi maʻlumotlar
tushunarli boʻlishi uchun analogiya uslubidan foydalanib, baʻzi bir
taqqoslashlarni ham keltiramiz.
1. Multimedia atamasi (multum+medium) kabi ikkita soʻz
yigʻindisidan (yoki ingl. multi+media) lardan tashkil topgan boʻlib,
multi- koʻp, media-muhit maʻnosini anglatadi. Ushbu atama ilmiy va
oʻquv adabiyotlarda “Koʻp vositalilik”, “Multimedia muhiti”, “Koʻp
qatlamli muhit”, “Multimedia - bittadan koʻp boʻlgan mediadir”,
“Mahsulot tashuvchi vosita”, “Maʻlumot tashuvchi vosita” kabi talqin
qilinib
kelinmoqda,
hatto
ayrim adabiyotlarda “Hozirgacha
multimediani aniq taʻrifi mavjud emasligi” ham eʻtirof etilgan.
Bizning fikrimizcha, МТТ tarbiyachilariga moʻljallangan adabiyotlar
va mashgʻulotlarda foydalanish uchun atamaning tarjimasiga yaqin
188
boʻlgan quyidagi taʻrif “koʻp elementli (tarkibli) muhit” atamasi mos
keladi.
2. «Multimedia» atamasining taʻriflari. Quyida multimedia
atamasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta taʻrifini keltiramiz:
“Multimedia-deganda turli shakldagi maʻlumotlarni qayta ishlovchi
vositalar majmuasi tushuniladi”, “Multimedia – bir vaqtning oʻzida
turli koʻrinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va
boshqalardan
foydalanishni
koʻzda
tutgan
foydalanuvchi
interfeysining konsepsiyasi”, “Multimedia – bu informatikaning
dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning anʻanaviy va
original turlari asosida oʻquv materiallarini bolalarga yetkazib
berishning mujassamlashgan holdagi koʻrinishidir”, “Multimedia –
gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir”,
“multimedia – bu maxsus texnologiya boʻlib, dasturiy va texnik
moddiy taʻminot asosida kompyuterda bir vaqtning oʻzida matnli,
tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda (hattoki videofilm
holatida) ifodalash imkoniyatidir”, “Multimedia – tasvirli maʻlumotlar
bilan ishlashga qodir boʻlgan vosita hisoblanadi”, “Odatda multimedia
deganda turli shakldagi maʻlumotlarni qayta ishlovchi vositalar
majmuasi tushuniladi”, “Multimedia – kompyuter tizimida matn,
tovush, videotasvirni va turli animatsiyalarni mujassamlashtirish
imkonini
beruvchi
zamonaviy
axborotlar
texnologiyasidir”.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, МТТ tarbiyachilari oʻzlarining
ish faoliyatlarida multimedia tushunchasining qaysi bir taʻrifidan
foydalanishga qiynaladilar.
Maʻlumki, multimediali axborotlar tizimiga matn, jadvallar,
grafika, nutq, sxema, musiqa va boshqalar kiradi. Ushbu axborotlarni
ham foydalanuvchilarga yuqoridagi tartibda ikki usulda uzatish
mumkin.
1. Har bir axborotni, masalan, matnni maʻlum bir masofadagi
foydalanuvchiga yoki shu joyning oʻzidagi foydalanuvchiga bitta
“paketga” bir oʻzini joylab uzatish mumkin .
2. Axborotning bir nechta turlarini – matn, grafika, sxema,
tasvir, musiqa va boshqalarni kompyuter xotirasida saqlab, ishlov
berib va barchasini bitta “paketga” mujassamlashtirilib maʻlum bir
masofadagi
foydalanuvchiga
yoki
shu
joyning
oʻzidagi
foydalanuvchiga uzatish mumkin .
189
Shunday qilib, multimedianing mazmunidan kelib chiqqan holda
multimedia tushunchasining МТТ tarbiyachilariga tushunarli boʻlgan
quyidagi taʻrifini keltirish mumkin: «Multimedia - bir nechta axborot
turlarini kompyuterda ishlov berish natijasida hosil qilingan va bitta
“paketga” mujassamlashtirilgan axborot jamlamasidir».
Multimedianing animatsiya samarasi. Multimedianing tashkil
etuvchilaridan (element) biri – axborotlarga animatsiya samarasini
berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator
chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish
ettirilishi asosida sodir boʻladi. Hozirgi kunda esa, multifikatsion
filmlar kompyuterda 3D.Flash dasturi asosida yaratilmoqda.
Multimediada esa, maxsus dasturlar (Power Point, Macromedia Flash
va hokazolar) orqali amalga oshiriladi.
1986-yilda Amida kompyuterida birinchi marta maxsus rolikda
tovush (musiqa) bilan birgalikdagi animatsiya samarasi namoyish
qilinib, multimedianing shakllanishi nihoyasiga yetkazildi va bu
yigʻilishda toʻlaqonli multimedia texnologiyasi yaratilgani eʻtirof
etildi. Shunday qilib, 1986-yil rasmiy ravishda multimediani
yaratilgan (“tugʻilgan”) yili hisoblanadi. Multimedia vositalariga
multimedia mahsulotini yaratishda foydalanadigan uskunalar (yoki
jihozlar), dasturlar va amalda foydalanishga moʻljallangan materiallar
kiradi. МТТ tarbiyachilari multimedia vositalari oson tasavvur
etishlari uchun, uskunaviy, dasturiy va amaliy vositalar kabi uch turga
boʻlib tushuntirish qulayroq boʻladi:
1. Uskunaviy vositalari qatoriga audio plata, video plata,
kompakt disk (CD ROM, DVD, DVD ROM tashqi uskuna)lar,
videoqamrash platalari, video kiritish va chiqarish, tovush kiritish va
chiqarish qurilmalari va boshqalar kiradi.
2. Dasturiy vositalariga Power Point, Macromedia Flash, Adobe
Premiere, Media Player, CD Player va boshqa dasturlarini kiritish
mumkin. Shuningdek, mahsulot tayyorlashda Corel Draw, Paint Brush
grafik muharrirlardan ham foydalaniladi.
3. Amaliy vositalariga turli xil jadvallar, maʻlumotnomalar, elektron
darsliklar, taqdimotlar, slaydlar, kompyuter oʻyinlari va boshqalar
kiradi. Bulardan taʻlim jarayonida, moliya-iqtisod tizimida, ilmiy-
tadqiqot ishlarida va boshqalarda foydalaniladi.
Dastlab maʻlum bir sohadagi texnologik jarayon mazmunini
koʻrib chiqaylik. Texnologik jarayon deganda, biron xom ashyo,
190
material yoki axborotni maʻlum bir asbob-uskuna, vosita,
qurilmalardan foydalanib, ularga ishlov berish, xossalarini oʻzgartirish
va qayta ishlash natijasida yangi sifatli mahsulot olish jarayoni
tushuniladi. Shunday qilib, multimediali texnologik jarayon natijasida
yakka tartibdagi axborotlar – nutq, matn, tasvir, grafika, musiqa va
animatsiya samaralari kompyuterda ishlov berilishi natijasida bitta
“paket” (disk)da joylashtiriladi.
Multimediali axborot texnologiyasi – qisqacha multimedia
texnologiyasi
deb
yuritiladi.
Hozirgi
davrda
multimedia
texnologiyasidan koʻp sohalarda, jumladan, moliya, iqtisodiyot, fan,
taʻlim, madaniyat, ijtimoiy sohalar, maishiy sohalar, tashviqot,
kompyuter oʻyinlari foydalanilmoqda. Shuningdek, firmalarda
taqdimot va mahsulotlarni tashviqot qilishda foydalaniladi. Ayniqsa,
banklarning operatsion zallarida, koʻrgazma va yarmarka zallarida,
avtosalon, sayohat byurosi, aeroport va temir yoʻl vokzallarining
zallarida tashviqot axborotlari keng koʻlamda maʻlumot beradi.
Shuningdek, ishlab chiqarishda, muassasalarda, xizmat koʻrsatish
shahobchalarida, arxivlashtirishda, muzeylarda keng qoʻllaniladi.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan taʻlim sohasida yangi
pedagogik texnologiya sifatida foydalanish mumkin. Ushbu
texnologiya quyidagi afzalliklarga ega: dars va mashgʻulotlarning
samaradorligi va beriladigan materiallarni hajmi oshiradi, oʻrganilgan
materiallar tarbiyalanuvchilarning xotiralarida uzoq vaqt saqlanadi.
Hozirgi davrda, multimedia texnologiyasidan barcha taʻlim
tizimida oliy oʻquv yurtlari, professional taʻlim, umumiy oʻrta-taʻlim
maktablarida foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, uzluksiz taʻlim
tizimining birinchi turi boʻlgan МТТlarda ham multimedia
texnologiyasidan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud.
Jumladan, МТТ tarbiyalanuvchilariga harflarni oʻrgatishda elementar
matematik tushunchalar bilan tanishtirishda, ijobiy va salbiy ekologik
taʻsirlarni bayon qilishda, taʻlimiy va rivojlantiruvchi kompyuterli
oʻyinlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |