Italiya universitetlariga kirishga tayyorgarlik
Tayyorgarlik jarayoni litseylarda olib boriladi va quyidagi turlarga
boʻlinadi:
•
Klassik
•
Texnik
•
Tabiiy fanlar
Litseylarning oʻquv tizimiga italyan adabiyoti, lotin tili,
matematika, fizika, fan, falsafa va tarix kiradi. Oʻquvchilar
imtihonlarni topshirishadi, shundan soʻng ularga kollejga borishga
imkon beradigan tayyorlik sertifikatlari beriladi.
Boshqa fanlar, shu jumladan sanʻat ham kasbiy tayyorgarlik
institutlari, badiiy sanʻat litsey va universitetlarida amalga oshiriladi.
Har bir oʻquv dasturi tugaganidan soʻng taʻlim tashkilotlari diplom
berishni oʻz zimmasiga oladi. Diplomlarning quyidagi turlari beriladi:
klassik, ilmiy, lingvistik, texnik, boshqaruv, iqtisodiy va boshqalar.
Ushbu diplomlarning har biri Italiya universitetlariga kirishga imkon
beradi.
1. Universitet.
Ushbu sektor kurslar, fanlar va sohalar,
shuningdek, mavjud texnologiyalar darajalari va tipologiyalar soni
boʻyicha yanada rivojlangan.
2. Universitetdan tashqari ikkita asosiy yoʻnalish mavjud
- Italiya Taʻlim vazirligi yoki Italiya madaniyat kengashi
tomonidan boshqariladigan sanʻat institutlarida (dizayn oʻquv yurtlari,
tasviriy sanʻat maktablari, konservatoriyalar) taʻlim;
- Davlat tomonidan oʻtkazilgan kasbiy tadqiqotlar.
Germaniya taʻlimi. Maktabgacha taʻlim.
Germaniya Federativ
Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlardan (viloyatlar) iborat
boʻlib, har biri shakliga koʻra turlicha boʻlgan taʻlim tizimiga ega.
Taʻlim tashkilotlari asosan davlat tertakrufida boʻlib, ular uchun taʻlim
dasturiga tegishli boʻlgan davlat koʻrsatmalari mavjud. Federal
hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan,
moliyalashtirish masalalarida chegaralangan.
Taʻlimdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:
- birorta Federal Yerlar davlat umumtaʻlim, kasbiy oʻquv
yurtlarida oʻqish uchun pul barcha Federal yerlarda bolalarni uydan
maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni oʻz hisobidan
47
beradi;
- deyarli barcha bolalarga darslik va oʻquv qoʻllanmalarni
qiymatining ozgina qismiga beriladi;
- maʻlum toifadagi bolalar va talabalarga mavjud federal
qonunlarga koʻra davlat moddiy yordam koʻrsatadi.
Umuman olganda Germaniya taʻlim tizimi bir necha bosqichni oʻz
ichiga oladi:
1. Elementar taʻlim: maktab taʻlimining 1-bosqichiga tegishli
boʻlib, maktabgacha tashkilotlar kiradi. Asosan bular bolalar
bogʻchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʻlib, bu yerlarga
bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga koʻra
ixtiyoriydir.
2. Taʻlimning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlangʻich
maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʻqish muddati 4 yil,
Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi taʻlimning maqsadi –
bolalarga taʻlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda
taʻlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan
iborat.
Maktabgacha taʻlim tizimi Germaniya taʻlim tizimida muhim
bosqich hisoblanadi. Maktabgacha taʻlim bolalar bogʻchasida
(Kindergarten) amalga oshiriladi. Bolalar bogʻchasiga 3-6 yoshdan
maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki
yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem.
Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bogʻchasida (nem.
Schulkindergarten) tahsil oladilar. Bu bogʻchalar alohida FE qoidasiga
koʻra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlangʻich taʻlim sektoriga
boʻysinadi. Maktabgacha taʻlim majburiy emas, lekin koʻpgina FEda
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi.
Bolalar bogʻchalari taʻlimning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u
davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bogʻchalarni mablagʻ bilan
taʻminlash
turli
jamoat
tashkilotlari,
xayriya
birlashmalari,
korxonalari, xususiy shaxslar,
diniy
tashkilotlar zimmasida.
Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarning 80%
bogʻchalarga qatnaydilar. Bolalar bogʻchasi olmonlar boshlab bergan
va koʻpgina xorijiy mamlakatlar tomonida oʻrganilib, qabul qilingan
tashkilotdir. U yuqorida taʻkidlaganimizday, davlat tizimiga emas,
balki yosh avlodni qoʻllabquvvatlash tashkilotlari tizimiga kiradi.
1996 yildan boshlab bolalar bogʻchasiga qatnash uchun xuquqiy
48
meʻyorlar ishlab chiqildi. Bolalar bogʻchasiga farzandlarni berish
ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bogʻchasiga qatnash
uchun ota-onalardan ularning daromadiga qarab maʻlum miqdorda
toʻlov olinadi. Sekin asta differensiallashgan taʻlim tizimi, yaʻni har
bir bolaga uning qobiliyati va oʻqishdagi turlicha yoʻnalishiga koʻra
moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda. Germaniya qonunlarida
maktabgacha taʻlim olishning bepul huquqi belgilangan. Bolalarni 4
oyligidanoq yasliga olib borish mumkin. Koʻpchilik bu huquqdan
foydalanadi. Ularda keksa avlod vakillari boʻlmish buvi va buvalar
nevaralar tugʻilgandan soʻng nafaqaga chiqib, ularga qarash
majburiyatlari tushunchasi yoʻq. Shuning uchun ota-onalar bolalarini
bolalar bogʻchalari va yasliga berishga
majbur boʻladilar.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarining (MTM) rang-barang shakllari
va turlari hayratlantiradi. Eng qiziqarli bolalar bogʻchalari turlari
quyidagicha:
1. Waldkindergarten (nemischa Wald soʻzidan – oʻrmon,
Kindergarten – bolalar bogʻchasi). Bunday bolalar bogʻchalarini
yaratish fikri Skandinaviyada boshlangan. Koʻpincha bunday
bogʻchalar oʻrmonda joylashadi. Bolajonlar doimo ochiq havoda
boʻladilar, daraxtlar va boshqa oʻsimliklarni oʻrganadilar, tabiiy
materiallardan turli narsalar yasaydilar. Bolalarga tabiatni sevish va
uni asrab-avaylash oʻrgatiladi.
2. Bauernhofkindergarten (nemischa Bauernhof soʻzidan – dehqon
xovlisi, qoʻrgʻoni; Kindergarten – bolalar bogʻchasi). Bunday
bogʻchalar dehqon xoʻjaliklarida, fermalar yoki ularga yaqin yerlarda
joylashgan boʻladi. Bolalar kuchlari yetguncha fermerlarga mollarni
boqishda, dala va bogʻlarda sabzavot va mevalar oʻstirishda yordam
beradilar.
3. Reggio-Kindergarten. Bunday bolalar bogʻ chalarini yaratish
konsepsiyasi Italiyaning Rejio-Emilio shahrida paydo boʻlgan va nomi
ham shundan olingan. Bunday maktabgacha tarbiya tashkiloti bozor
(yarmarka) maydonini eslatuvchi – oʻrtada katta bir xona (xoll) va
undan shaharchaning turli «mavzelariga» – kichik xonalarga
chiquvchi inshootni eslatadi. Bunday turdagi bogʻchalarda bolalar
joylashgan muhit asosiy tarbiyachi deb ataladi. Har kuni ertalab
bolalar tarbiyachi bilan katta xonada yigʻilishib, kun rejasini
maslahatlashadilar, soʻngra xonalarga tarqalishadi. Bitta xona qurilish
va turli konstruktorlar yigʻish xonasiga aylantiriladi. Bu yerda bolalar
49
kubiklar oʻynashi, konstruktorlar yigʻishi mumkin. Yana rasm chizish
xonasi ham bor, odatda u yerda boʻeqlar va devorlarga vatman
qogʻozlar osib qoʻyilgan. Bolalarga maxsus kiyim kiygazib koʻyiladi
va ular xohlagan yerlariga – devorlar, pol, bir-birlariga rasm
chizishlari mumkin. Bogʻchada hunarmandchilik, musiqiy va boshqa
xonalar ham bor. Bunday bogʻchalarda tarbiyachilar bolalarga faqat
atrofdagi joyni oʻzlashtirishlarida koʻmaklashadilar.
4.
Freinet-Kindergarten.
Maktabgacha
pedagogikaning
bu
yoʻnalishi oʻz nomini bolalar tarbiyasiga oʻziga xos yondashish
usulini ishlab chiqqan italiyalik oilaviy juftlik familiyasidan olingan.
Bu yoʻnalishning asosiy tamoyili - bolaning butunlay erkinligi va
mustaqilligidir. Fraynet-bogʻchasida bolalar nima qilishlari, qanday
oʻyin
oʻynashlari,
nima
bilan
shugʻul
lanishlari,
qachon
ovqatlanishlari va uxlashlarini oʻzlari hal qiladilar. «Bolalar
konferensiyasi» deb atalmish yigʻilishlarda bolalar MTM doirasida
hulq-atvor qoidalarini oʻzlari belgilashadi. Bunday bogʻchalarda ijod
qilish, syujet-rol oʻyinlari, eksperimentlar, tabiat qoʻyni yoki
shaharning korxona va tashkilotlariga ekskursiyaga borishlarga katta
ahamiyat beriladi.
5. Integratsion bolalar bogʻchalari. Bunday turdagi MTMlarda
sogʻlom bolalar bilan birgalikda jismonan va ruhiy nosogʻlom bolalar
birgalikda tarbiyalanadi. Bunday sharoit oddiy bolalar uchun
chidamlik, bagʻrikenglik va hurmat qilishni oʻrganishga ajoyib
imkoniyat, deb qaraladi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar jamiyatdan
ajralgan holatda boʻlmaydilar, oʻz tengdoshlari bilan muloqot va
hamjihatlikda
boʻlishni
oʻrganadilar.
Shunday
bogʻcha
va
maktablarning soni koʻpligi Germaniyada nogironlarning yashashi,
taʻlim olishi va oʻzini namoyon qilishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
6. Internatsional bolalar bogʻchalari. Bunday MTMlar emigrantlar
uchun yaratilgan boʻlib, koʻpincha ularni emigrantlarning oʻzlari
farzandlari uchun tashkil etadilar. Germaniyada turk-nemis, yahudiy,
rus-nemis bolalar bogʻchalari juda koʻp. Bu tashkilotlarning
konsepsiyasi bilingvallik1 tamoiyiliga asoslangan. Yaʻni, guruhlarda
doimo bolalar bilan ona tilida soʻzlovchi tarbiyachi bilan birga nemis
tilida soʻzlovchi tarbiyachi ham boʻladi. Bunda bolalar ham ota-
onalarining tilini, ham nemis tilini oʻrganadilar. Rus-nemis
bogʻchalarida koʻpincha Rossiya mualliflarining dasturlaridan
foydalaniladi. Unda Rossiyada nishonlanadigan anʻanaviy –
50
Maslennitsa, 8-mart, Yangi yil kabi bayramlarga bagʻishlangan
mashgʻulotlar ham bor. Shuningdek, Germaniyada Valdorf bolalar
bogʻchalari va Montessori tizimida ishlaydigan bolalar bogʻchalari
ham mavjud. Agar oʻrta statistik nemis bolalar bogʻchasini olsak,
uning faoliyati loyihalar tamoyili asosida tashkil etilganligi namoyon
boʻladi. Masalan, «Kasb» loyihasi davrida bolalar tarbiyachi bilan
ekskursiyalarga boradilar, turli narsalar yasaydilar, teatrlashtirilgan
sahnalar qoʻyadilar, pechenye pishiradilar, loydan narsalar yasaydilar
va hokazo. Bolalar stulchalarda oʻtirib tarbiyachini eshitadigan turdagi
mashgʻulot turlari yoʻq. Bolalarga koʻp erkinlik beriladi. Ular istagan
narsani qilishlari, kiyimlarini iflos qilishlari, butun maydonda
sakrashlari va yugurishlari mumkin. Bolalar bilan ishlashga bunday
yondashishning koʻp ijobiy va salbiy tomonlarini topish mumkin.
Lekin ota-onalar oldida konsepsiya, nazariya va gʻoyalardan iborat
katta tanlash huquqi bor. Ular farzandlarini bola uchun eng qulay
bogʻchaga berishlari mumkin.
Xulosa
tariqasida
aytish
joizki
xorijiy
mamlakatlarning
maktabgacha taʻlim tizimlarini oʻrganish, ularning ilgʻor tajribasini
tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish boʻyicha aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha taʻlim
tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |