Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Geometrik shakllar 
bolalar uchun doim qiziqarli tuyuladi. 
Bolalar bilan olib boriladigan turli didaktik oʻyinlarning aksariyati 
geometrik figuralar bilan bogʻliq. Ular geometrik figuralar ishtirok 
etgan oʻyinlarni jon-dili bilan qiziqib oʻynaydilar. Ularni tasvirlash, 
boʻyash, bir necha figuralarni birlashtirib, yaxlit tasvirlar hosil qilishni 
xush koʻradilar. Shuning uchun ham bolalarga bunday shakllarni 
tanishtirish qiyin boʻlmaydi. 
Fazoda moʻljal olish malakalari 
bolalarda mashgʻulotlardan 
tashqari ochiq havoda olib boriladigan harakatli oʻyinlar, turli 
koʻrsatmalar, tasavvurni boyitish uchun olib boriladigan didaktik 
materiallar natijasida rivojlantiriladi. 
Vaqt boʻyicha moʻljal olish
malakalari turli mashgʻulotlarning 
tashkiliy qismida, kunning turli qismlarida tashkil etiladigan ishlar 
davomida oʻrgatib boriladi. Asosan, bolalarga ertalab, kechqurun, kun, 


147 
tun, kecha, bugun, ertaga kabi tushunchalar orqali savollar beriladi. 
Bolalarning bu savollarga bergan javoblari tarbiyachi tomonidan 
toʻgʻrilab boriladi. 
Narsalar 
shaklini 
doiraviy, 
uchrubchak, 
toʻgʻri 
toʻrtburchakli, kvadrat, toʻrtburchakli, oval koʻrinishdagilarini 
farqlash 
- Bunda bolalarning ilgari egallagan geometrik shakllar 
toʻgʻrisidagi bilimlari, tasavvurlari yangi murakkabroq maʻlumotlar 
asosida boyitiladi va mustahkamlanadi. Chunki 4-5 yoshli bolalar 
geometrik shakllarga oʻxshash predmetlarni topadilar, geometrik 
figura va shakllarni nomini biladilar, miqdoriy aloqalarini 
belgilaydilar, tayyorlov guruhlarida bu bilimlar boyitiladi.
 
Qogʻoz varagʻida yoʻnalishlarini farqlash – 
Bu vazifalar 
nafaqat matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashgʻulotlarida, balki 
boshqa turdagi mashgʻulotlarda ham amalga oshiriladi. Bolalar daftar 
kataklarida raqamlarni qay holatda yozishni, yozishni qaysi tomondan 
boshlash qoidalarini oʻrganishlari lozim. Shuningdek, ular raqamlarni 
yozishda avval ularning elementlarini yozishni oʻrganadilar. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin