151
matematika mashgʻulotida mantiqiy tafakkurni oʻstirish uchun
dastur mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- masala yechish, narsalarni 3 belgisiga koʻra turkumga ajratish, son
qatori bilan ishlash,
ikki xonali sonlarni bilish, masala tuzish, grafik
diktant yozish, hafta
kunlarini bilish malakasi
.
Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni boʻlaklarga
boʻlish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bolalar birinchi mashgʻulotda buyumlarni ikkita teng qismga
boʻlishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini oʻzlashtiradilar;
ikkinchi mashgʻulotda bolalarning teng ikkiga boʻlinadigan
buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lugʻati
faollashtiriladi, tarbiyachi uchinchi mashgʻulotda bolalarga
buyumlarni teng toʻrt qismga boʻlish usullarini oʻrgatadi,
shuningdek, butunning qismga munosabatini koʻrsatadi,
keyinroq
bolalarga geometrik figuralarni ikki va toʻrt qismga boʻlishning
har xil usullarini koʻrsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi
munosabatlarni oʻrnatishadi.
Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik
tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning
oldingi bosqichlarda olgan
bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni
nazarda tutadi. Mazkur guruhda matematika mashgʻulotlari
haftada
2 tadan (bir yilda 72 ta) oʻtkaziladi. Matematikadan har qanday
mashgʻulotni loyihalashda bolalar tarbiyachining yonida ishlashlari
bilan bir qatorda oʻz oʻrinlarida
tarqatma materiallar bilan
mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur.
Nazorat savollari
1.
Elementar matematika mashgʻulotlari oldida qanday maqsadlar
qoʻyilgan?
2.
Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik
tasavvurlarn rivojlantirish mashgʻulotlari yilda necha soat tashkil
etiladi?
4.
“Bozor-bozor”, Kim toʻgʻri masala tuzadi va yechadi?” oʻyin-
mashqlarining ishlanmasini
tayyorlang