1. Oʻquv yili davomida quyidagi olingan bilimlarni mustahkamlash: - masala yechish malakasi;
- narsalarni 3 belgisiga koʻra turkumga ajratish malakasi;
- son qatori bilan ishlash malakasi;
- ikki xonali sonlarni bilish;
- masala tuzish malakasi;
- grafik diktant yozish malakasi;
- hafta kunlarini bilish malakasi
. 2. Bolalarni diqqati, xotirasi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish. Quyida bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi baʻzi usullar berilgan. 1-mashq. Hazil topshiriqlar. A) Bir qirgʻoqda joʻja, ikkinchi qirqoqda oʻrdakcha, oʻrtada bor
orolcha. Kim orolchaga birinchi boʻlib yetib boradi?
B) Stolda ikkita olma, yettita nok bor. Stolda xammasi boʻlib
nechta sabzavot bor?
V) Hovlida xoʻroz va tovuq aylanib yuribdi. Xoʻroz oyogʻi
ikkita, tovuqniki toʻrtta. Xammasi boʻlib nechta oyoq bor?
G) Stolda ikkita yarimtalik, toʻrtta choraktalik olmalar bor.
Ularni kesgunimizcha nechta olma boʻlgan.
D) Xonaning toʻrt burchagida toʻrtta mushuk turibdi. Ularning
roʻparasida uchtadan mushuklar turibdi. Xonadagi jami mushuklar
sonini ayting.
2-oʻyin-mashgʻulot. Xonaga Zumrad kiradi. U juda xafa, qoʻlida xat bor. Tarbiyachi xatni oʻqidi:
-
Qadrli Zumrad, senga biz Qimmatxon va uning onasi xat
yozyapmiz. Bizning boshimizga tashvish tushib qoldi. Yovuz sehrgar
bizni qorongʻu zindonga tashladi. Kim sehrgarning topshiriqlarini
bajara olsa, kalitini topishi va bizni qutqarishi mumkin. Agar bajara
olishmasa, bogʻchadagi bolalardan yordam soʻrashsin. Bolalar
topshiriqlarni bajaradilar va bizga yordam beradilar. Chunki bu
bolalar juda zukko bolalar».
Tarbiyachi 1-topshiriqni bayon qiladi.
1-topshiriq. Hafta kunlari nomini bilish.
167
Vazifalar: A) Bir qizchaning akasi dushanba kuni safarga ketdi.
Ertaga va indinga kelmasligini, keyingi kun esa qaytishini aytdi. Aka
qaysi kuni keladi?
(masalani tarqatma kartochkalar bilan yechish).