Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


«Sonli jadvallar», «Sonli



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

«Sonli jadvallar», «Sonli 
zinachalar»
va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi. Koʻrsatma-
qoʻllanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashgʻulotlar 
jarayonidagi bilim va koʻnikmalarni egallashga bogʻliq. Bolalar 
bilimlarini umumlashtiish, har xil bogʻlanishlarni, munosabatlarni 
koʻrsatish kerak boʻladigan hollarda koʻrsatmalilikning bir necha 


161 
turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qoʻshni sonlar orasidagi 
bogʻlanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birliklardan iborat 
miqdoriy tarkiblarini oʻrganishda har xil oʻyinchoqlardan, geometrik 
figuralar jadvallari, tangrammalar va hokazolardan foydalaniladi. 
Matematika mashgʻulotlarida, odatda, koʻp turdagi buyumlar 
toʻplamidan, koʻrgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni 
joylashtirish tartibini oʻylab koʻrish juda muhim. Kichik guruhda 
bolalarga material xususiy qutida (konvert) berilsa, katta va tayyorlov 
guruhi bolalariga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda 
(bitta qutida) berish mumkin. Koʻp turdagi buyumlardan
foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, mashgʻulotni 
boshlash uchun kerak boʻladigan material eng ustida tursin. Bilim,
malaka, koʻnikmalarni oʻzlashtirishga har xil usullardan
foydalanish va ularni birga qoʻshib ishlatish bilan erishiladi.
Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek 
bolalarning tegishli bilim va koʻnikmalari darajalari, nihoyat, har 
qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi. 
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda 
amaliy 
metod
yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning
buyumlar yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar,
modellar, mulyajlar...) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini 
oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan 
iborat. Koʻrsatmali va ogʻzaki metodlar elementar matematik 
tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va oʻyin metodlari bilan birga 
qoʻllanadi. Bu ularning mohiyatini hech ham kamaytirmaydi. 
Maktabgacha taʻlimda koʻrsatmali, ogʻzaki va amaliy metodlarga 
taalluqli va bir-biri bilan uzviy bogʻliqlikda qoʻllaniladigan usullardan 
keng foydalaniladi. Bolalarning olgan bilimlari kundalik hayotda, 
oʻyinda, mehnatda, turmushda, shuningdek, boshqa mashgʻulotlarda 
doimiy ravishda mustahkamlanishi juda muhim.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin