4.9.5-rasm. “Doirani aylantiring” didaktik oʻyin-mashqi
163
Shuningdek,
«Qoʻshnilarini top», «Qaysi son tushib
qolgan?», «Kim uzoq sanaydi»
kabi oʻyinlar oʻtkaziladi. Yangi
materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning
harakatlari hamma bolalarga koʻrinib turishi muhim. Bilimlarni
mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, yaʻni amaliy,
oʻyin, musobaqa elementlari bilan bogʻliq mashqlardan, interfaol
usullardan foydalanadi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik
materialni va usulni almashtirish bilim va koʻnikmalarni alohida
zoʻriqishlarsiz oʻzlashtirishni taʻminlovchi vositadir. Oʻyinga haddan
tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki oʻyin asosiy narsadan
matematik ishdan chalgʻitishi mumkin, natijada bolalar mashgʻulot
rejasida nazarda tutilgan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtira
olmaydilar.
Tarbiyachi mashgʻulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini
sinchiklab oʻrganadi. Matematik bilimlar bolalarga qatʻiy aniqlangan
izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator
kichik topshiriqlarga boʻlinadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket
oʻrganiladi.
Masalan,
tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni
boʻlaklarga boʻlish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda
amalga oshiriladi:
▪
bolalar birinchi mashgʻulotda buyumlarni ikkita teng qismga
boʻlishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini oʻzlashtiradilar;
▪
ikkinchi mashgʻulotda bolalarning teng ikkiga boʻlinadigan
buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lugʻati
faollashtiriladi;
▪
tarbiyachi uchinchi mashgʻulotda bolalarga buyumlarni teng
toʻrt qismga boʻlish usullarini tanishtiradi, shuningdek, butunning
qismga munosabatini koʻrsatadi;
▪
keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va toʻrt qismga
boʻlishning har xil usullarini koʻrsatadi, bolalar butun bilan qism
orasidagi munosabatlarni oʻrnatishadi.
Shunday
qilib,
dasturning
har
bir
boʻlimi
ketma-ket
oʻtkaziladigan bir necha (uch-olti) mashgʻulotda amalga oshiriladi.
Bolalarning bilimlari mashgʻulotdan mashgʻulotga kengayadi,
aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Yangi materialni oʻrganish
jarayonida oʻtgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini
chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular eʻtiborini yangi materialga
qaratishga, uning puxta oʻzlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi
164
mavzuni uch-besh mashgʻulot davomida, oldin uniig birinchi qismida,
keyinroq ikkinchi qismida oʻrganiladi. Mavzuni ikki hafta, baʻzan uch
hafta oʻtganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri
borgan sari dasturning har bir oʻrganilgan boʻlimi oʻquv yili
oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida boʻlib turishi kerak. Shu
munosabat
bilan bir mashgʻulotning oʻzida dasturning bir boʻlimiga
yoki har xil boʻlimning, yaʻni «Miqdor va sanoq», «Kattalik»,
«Geometrik shakllar», “Fazo” va “Vaqt” boʻlimlariga oid masalalar
oʻrganilishi va takrorlanishi mumkin. Oʻrgatishning hamma boʻlimlari
boʻyicha dasturni bolalar izchil oʻrganishini va ularda elementar
matematik bilimlar tizimini shakllantirishni ham taʻminlash mumkin.
Oʻqitish tajribasida, mashgʻulotlarning birinchi qismida 8-10 daqiqa
davomida yangi material oʻrgatiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa
davomida) oldingi mashgʻulotlarda olingan bilim va koʻnikmalar
mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari oʻzlashtirilgan bilimlar
3-4 daqiqa takrorlantiriladi. Yangi materialni oʻzlashtirish bolalardan
koʻproq zoʻriqishni talab qiladi. Shu sababli mashgʻulot oxirida
tanish materialni kiritish bir oz boʻshashish imkonini beradi.
Masalan, tayyorlov guruhidagi mashgʻulotlarning birinchi qismida 10
sonining oʻzidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish,
ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 4 va 8
sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi oʻrganilishi, bilimlar
mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima oʻzgardi?»
oʻyinida buyumlar toʻplamini sanash (masalan, mashinalarning qatori
nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan mashina borligini, hamma
mashinalar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi
mumkin. Mashgʻulotning tuzilishi dastur boʻlimlarining hajmi,
mazmuni, koʻrgazmaliligi, tegishli bilim va koʻnikmalarniig
oʻzlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bogʻliq.
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini
rivojlantirish, aqliy malaka va koʻnikmalarni egallab olishlari,
ularning maktabda muvaffakiyatli
oʻqishlari uchun boʻlajak
intellektual faoliyatga tayyorlanishda manba boʻlib xizmat kiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari kuyidagilardan iborat:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini,
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
165
2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira,
xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir psixik jarayonlarni rivojlantirish
aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular
aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga
qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirish, yaʻni eng oddiy
faoliyat usullari predmetlarni tekshirish ulardagi muhim va muhim
boʻlmagan belgilarni ajratib kursatish boshqa predmetlar bilan
taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya
berish vazifalaridan biridir. Bu koʻnikma va malakalar bilish
faoliyatining tarkibiy qismlari boʻlib, bolaning bilimlarini chuqur
egallab olishga yordam beradi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim
beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy
vazifalarni hal etishga foydalanishga oʻrgatish.
Maktabgacha taʻlim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida
aniq maqsad, mazmun boʻlishi kerak. Maktabgacha taʻlim
muassasaning ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va
individualma-individual xolda ishlash shakllarini moxirlik bilan
qoʻshib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot
ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga
erishish mumkin.
Bolalar maktab taʻlimiga tayyorgarligiga taʻsir etuvchi omillar
xakida gapirar ekanmiz, maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalarga
taʻlim va tarbiya berishda ota-onalar bilan hamkorlik oʻta muhim
sanaladi. Bu ishlar maktabgacha taʻlim muassasalari xodimlari va
tarbiyachi-pedagoglar bilan birgalikda olib borilsa, bundan keyin
maktabgacha taʻlim sohasini yanada takomillashtirish yoʻllarini izlab
topilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy
tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha taʻlim
muassasasi xodimlarining pedagog olimlar, bu soxada ilmiy ish olib
boruvchi tadqiqotchi va metodistlar bilan doimiy muloqotining oʻrni
juda kattadir.
Tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashgʻulotida
mantiqiy tafakkur ham oʻstiriladi. Tayyorlov guruhlarida elementar
matematika mashgʻulotida mantiqiy tafakkurni oʻstirish uchun
dastur mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
|