142
tanishtirish boʻyicha qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar
.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
yuzasidan olib boriladigan
ishning asosiy shakli – mashgʻulotdir. Dastur vazifalarining koʻpchilik
qismi mashgʻulotlarda hal qilinadi. Bolalarda maʻlum izchillikda
tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va koʻnikmalar
hosil
qilinadi. Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni
uyushtirishga, bolalarning oʻz faoliyatlarining xilma-xil turlarida
matematik
mazmundagi
bilim
va
koʻnikmalaridan
qanday
foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi. Mashgʻulotlarda va
kundalik hayotda didaktik oʻyinlardan hamda oʻyin-mashqlardan
keng foydalaniladi. Mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda oʻyinlar
tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi,
chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan,
joyni bilish koʻnikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan
ishlarda oʻyinlar asosiy oʻquv vazifasini oʻtaydi. Mashgʻulotlarda
bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida
ishlashni hamda ilgari oʻtilgan materialni takrorlashni birga toʻgʻri
qoʻshib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish
usullarini almashtirib turish bilan yaʻni, mashgʻulot tuzilmasi
bilan taqsimlanadi.
Mashgʻulotlar dastur vazifalarining hajmi, mazmuni,
uygʻunlikda
olib borilishi, tegishli bilim va koʻnikmalarning
oʻzlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh xususiyatlari bilan
belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib bolalar toʻplam va
son, shakl va kattalik haqida oʻzaro bogʻlangan bilimlarni nisbatan
koʻprok egallagan, fazoda va vaqtni moʻljallay olishni oʻrgangan
boʻlishlari zarur.
Tajribada, birinchi sinf bolalarida uchraydigan
qiyinchilik, odatda mavhum bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar,
ularning obrazlari bilan amal qilishdan, sonlar va boshqa mavhum
tushunchalar bilan bajariladigan amallarga oʻtish zarurligini
koʻrsatadi. Bunday oʻtish bolaning rivojlangan
aqliy faoliyatini
talab etadi. Bolalar turli matematik bogʻlanishli munosabatlarni
aniqlash usullarini, masalan, toʻplam elementlari oʻrtasidagi
moslikni aniqlash usullarini egallaydilar (toʻplamdagi elementlarni
birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini aniqlash uchun
ularni
ustma-ust,
yonma-yon
qilib
koʻrish
usullaridan
foydalanadilar).Ular miqdor nisbatlarini
aniqlashda eng aniq usul
predmetlarni sanash va kattaliklarni oʻlchash ekanligini tushuna
143
boshlaydilar. Sanash va oʻlchash malakalari ularda tobora mustahkam
va ongli boʻlib boradi.
Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu boʻlimlardan iborat:
•
Miqdor va sanoq.
•
Kattalik.
•
Geometrik figuralar.
•
Fazoda moʻljal olish.
•
Vaqt boʻyicha moʻljal olish.
Oʻquv yilining oxirida katta guruh bolalari quyidagilarni
bilishlari kerak:
•
narsalarni 10 tagacha sanay olish;
•
sanoq va tartib sonlardan toʻgʻri foydalanish;
•
10 tagacha boʻlgan sonlarni
yonma-yon turganlarini
(koʻrgazma asosida) taqqoslay olish;
•
teng boʻlmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan
tenglashtira olish (1 ta narsa qoʻshish yoki ayirish usuli bilan);
•
0 dan 9 gacha boʻlgan raqamlarni nomi va farqini bilish;
•
turli miqdordagi 10 tagacha boʻlgan narsalarni eni, boʻyi,
balandligi, qalinligi, oʻlchami va ular
orasidagi munosabatlarni
hisobga olgan holda ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida
joylashtirib taqqoslash;
•
narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, toʻgʻri
toʻrtburchakli, kvadrat, toʻrtburchakli, oval koʻrinishdagilarini
farqlash;
•
qogʻoz varagʻida yoʻnalishlarini farqlash;
•
narsalarning oʻziga yoki boshqa narsalarga nisbatan
joylashish vaziyati, yoʻnalishini soʻz bilan ifodalash;
•
hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar.
Bu tushunchalar mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda ham olib
boriladi.
Masalan,
Dostları ilə paylaş: