Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

”,
“Domino”, 
“Uddaburon 
sanoqchiga–
bayroqcha”, “Bozor-bozor”, Kim toʻgʻri masala tuzadi va yechadi?” 
oʻyin qoidalari 
 
Ilk matematik tushunchalarini shakllantirishda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish. 
Maktabgacha taʻlim uzluksiz 
taʻlimning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Avvallari bu tizim
jamiyatning turli sohalarida mehnat qilayotgan ota-onalarning
ijtimoiy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishgagina xizmat qilgan
boʻlsa, endilikda maktabgacha taʻlim muassasalarining ish
mazmuniga qoʻyilgan talablar ham oʻzgartirildi. Asosiy
vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida oʻqishga 
tayyorlashdir.Yosh avlodni oʻz xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik
ruhida kelajak taqdiri uchun masʻullikni his eta oladigan, boy milliy 
madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash 
ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib boʻlmas 
vazifa ekan, bu barcha taʻlim-tarbiya ishi bilan shugʻullanuvchi
xodimlardan katta masʻuliyatli ishlarni bajarishni talab etadi. Soʻngi 
yillarda mamlakatimizda maktabgacha taʻlim muassasalarida
matematika oʻqitish oʻz koʻlami va ahamiyati jihatidan nihoyatda 
katta boʻlgan oʻzgartirishlar amalga oshirildi. 
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qoʻyilishi maktabgacha taʻlim 
muassasalarida matematik taʻlim berish mazmunining tubdan 
oʻzgarishiga olib keldi. 


138 
Hozirgi kunda maktabgacha taʻlim muassasalarida matematik
taʻlim berish usulining mazmuni quyidagilardan iborat: 
1. Matematika oʻqitishda koʻzda tutilgan maqsadlarni asoslash. 
(Nima uchun matematika oʻqitiladi, oʻrgatiladi?). 
2. Maktabgacha taʻlim muassasalarida matematika oʻqitish 
mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani oʻrgatish?). Yaʻni, bolalarga
bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar hozirgi zamon talablariga
mos keladigan boʻladi. 
3. Matematik bilim berish usullarini ilmiy ishlab chiqish
(qanday oʻqitish kerak?), yaʻni bolalar hozirgi kunda zarur
boʻlgan bilimlarni, malakalarni, koʻnikmalarni va aqliy faoliyati,
qobiliyatlarini egallab oladigan boʻlishlari uchun oʻquv ishlari
metodikasi qanday boʻlishi kerak? Matematik bilimlarni egallash
jarayonida bolalar shaxsining rivojlanishi va shakllanishini amalga 
oshirish uchun qanday oʻqitish kerak? 
4. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik 
materiallar, koʻrsatma-qoʻllanmalar, pedagogik texnologiyalar va
texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida oʻqitish). 
5. Taʻlimni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va 
taʻlimning mashgʻulotdan tashqari shakllarini qanday oʻtkazish?) 
Mashgʻulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda oʻtkazish kerak?
Mashgʻulot jarayonidagi taʻlimiy va tarbiyaviy masalalarni qanday
qilib yanada samaraliroq hal qilish kerak?). 
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari 
metodik tizimning asosiy komponentlaridir. 
Mashgʻulotlar oʻquv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan
(1 yilda 36 marta) oʻtkaziladi. Sentabr oyida bir mashgʻulotning 
davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan
boshlab mashgʻulot davomiyligi sekin-asta 15 minutga yetkaziladi. 
Oʻrta guruhda mashgʻulotlar sentabr; oyidan boshlab, haftasiga 1 
marta oʻtkaziladi. Mashgʻulot 20 daqiqa davom etadi. Yil
davomida 36 ta mashgʻulot oʻtkaziladi. Bolalar harakatli-koʻrsatmali 
shaklda berilgan oʻquv materiallarini yaxshi oʻzlashtiradi. 5 yoshga
qadam qoʻygan bolalarni oʻqitishda didaktik oʻyinlardan keng 
foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarilish jarayonida tarbiyachi 
bolalarni oʻz harakatlarini (nima qilganlarini va qanday qilganlarini,
natijada nima hosil boʻlganini) tushuntirib berishga undaydi. 6
yoshli bolalarda oʻz xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo 


139 
boʻladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni
bajarishga, oʻz ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular oʻquv 
topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bolalar katta guruhda 
birinchi oʻnlik sonlarini yaxshi oʻzlashtirishlari kerak. Har xil
buyumlar toʻplamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini 
aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini oʻzlashtirish amalga oshiriladi. 
Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda 
olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi.
Oʻrganishni oʻtilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi
yangi bilim oldin oʻzlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. 
Mashqlar miqdori yetarli boʻlgandagina bolalarda puxta malaka va
koʻnikmalar 
shakllanishi 
mumkin. 
Bolalarni 
buyumlar,
oʻyinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va rasmlardagi
tasvirlarni sanash (qayta sanash, qoʻshib sanash, ajratib sanash)ga,
obyektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish 
kerak. Mazkur guruhda haftada 1 tadan mashgʻulot oʻtkaziladi. 
Maktabga tayyorlov guruhi bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning 
shakli va kattaligi haqida nisbatan koʻproq bilimlarni oʻzlashtirgan
boʻlishi, fazoda (2 va 3 oʻlchovli) va vaqt boʻyicha moʻljal ola bilishi 
kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turgʻun) 
qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil
egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu
yoshda 
bolalarda 
mustaqil 
fikrlashni, 
fazoviy 
tasavvurni 
rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun 
elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning
oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish 
va 
chuqurlashtirishni 
nazarda 
tutadi. 
Elementar 
matematika 
mashgʻulotlari oldida bir qator maqsadlar qoʻyilgan. Bular: taʻlimiy, 
tarbiyaviy va amaliy maqsadlardir. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin