Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Taʻlimda TRIZ (IMEN) usullarining qoʻllanilishi



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Taʻlimda TRIZ (IMEN) usullarining qoʻllanilishi
Zamonaviy 
jamiyat yosh avlod taʻlim tizimiga, jumladan, uning birinchi bosqichi 
- maktabgacha taʻlimga yangi talablarni qoʻymoqda. Ammo muammo 
iqtidorli daholarni izlashda emas, balki ijodiy qobiliyatlarni maqsadli 
shakllantirish, dunyoga nostandart qarashni, yangicha fikrlashni 
rivojlantirishdadir. Bu ijodkorlik, ixtiro qilish, bolaning shaxsiyatini 
shakllantiradigan, uning mustaqilligi va kognitiv qiziqishini 
rivojlantiradigan eng yaxshi, eng yangi narsalarni yaratish qobiliyatini 
shakllantirish asosida namoyon boʻladi.
4.7.1-rasm. 
Bola tasavvurini rivojlantiruvchi TRIZ mashqidan namuna 
Maktabgacha yosh davri oʻziga xosdir, chunki bola bu davrda 
qanday shakllangan boʻlsa, uning hayotida shunday rivojlanish oʻz 
taʻsirini namoyon qiladi. Shuning uchun har bir bolaning ijodiy 
salohiyatini yuzaga chiqarish uchun ushbu davrni eʻtiborsizlik bilan 
oʻtkazib yubormaslik kerak. Chunki bolalarning intellektual 
imkoniyatlari juda keng va serqirradir. Uni yuzaga chiqarish 
muammosini oddiy bir xil qolip asosida anʻanaviy ish shakllari 
yordamida toʻliq hal qilish mumkin emas.


134 
TRIZ dastlab muxandislar va texniklarga qaratilgan ixtirochilik 
muammolarini hal qilish nazariyasini amalga oshirishga imkon 
bergan, soʻnggi oʻn yilliklarda bu nazariya oʻqituvchilar va 
amaliyotchilar orasida katta qiziqish uygʻotdi.
TRIZ - pedagogika tizimi 1980-yillarning boshidan boshlab 
maktabgacha taʻlim tizimida rivojlana boshladi. Uning asosiy maqsadi 
- zamon talabiga javoban, muammolarni hal etishga qodir, innovatsion 
fikrlovchi shaxsni tayyorlash.
TRIZ pedagogikaning diqqat markazida moslashuvchan tizimli 
boy tasavvurga ega boʻlgan ijodkor shaxs turadi. Bolalar bogʻchasida 
TRIZ texnologiyasidan foydalanishning maqsadi, bir tomondan, 
moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektik kabi fikrlash 
fazilatlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan, faol izlanuvchanlik, 
yangilikka intilish, nutq va ijodiy tasavvurni rivojlantirishdir. TRIZ 
barcha yosh guruhlari uchun qoʻllaniladi. Bu bola ongida dunyoning 
yagona, uygʻun, ilmiy asoslangan modelini shakllantirish imkonini 
beradi. Bunda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratiladi, qaror natijalari 
almashiladi, bir bolaning qarori boshqasining fikrini faollashtiradi, 
tasavvur doirasini kengaytiradi, uning rivojlanishini ragʻbatlantiradi. 
TRIZ bolalarni oʻz individualligini koʻrsatish imkoniyatini beradi, bir 
qolipda 
fikrlashga 
yoʻl 
bermaydi. 
TRIZ 
boshqalarning 
muvaffaqiyatidan quvonish, ularga yordam berish istagi, qiyin 
vaziyatdan 
chiqish 
yoʻlini 
topish 
kabi 
axloqiy 
fazilatlarni 
rivojlantiradi. TRIZ ortiqcha zoʻriqmasdan, siqilmasdan bilim olishga 
imkon beradi.


135 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin