Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


-rasm. “Kimga tegishli?” oʻyin mashqi namunasi



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

4.6.1-rasm. “Kimga tegishli?” oʻyin mashqi namunasi 
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha taʻlim 
muassasasidagi hayoti, uning doʻstlari va kattalar bilan munosabatlari, 
uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bogʻliq turli xil mavzularda 
suhbat oʻtkazishdan foydalanish lozim. Axloq normalari va qoidalarini 
oʻzlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etnik oʻlchovlar 
uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola 
uni faqat oʻz shaxsiga nisbatan qoʻllash bilan cheklanib qolmaydi.
Sotsiogramma
ijtimoiy mezonlarga javob berishda guruh 
aʻzolarning bir-biriga munosabatining grafik tasviridir. Guruh 
munosabatlarini yanada aniqroq ifodalash va chuqurroq tahlil qilish 
imkonini beradi.
Bu faoliyatda «fikrlash», «oʻylab topish», «ijod 
qilish» muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab 
berishi, soʻng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom 
ettirish, tugallash jarayonida bola oʻylaydi, ijod qiladi. Oʻylash, 
hikoya mazmunini «toʻqish»da bolalar voqea boʻlgan joy, vaqti, 
mazmuni, qahramonlarning 
hatti-harakatlariga alohida eʻtibor 


131 
beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga 
eʻtibor beriladi. Bu usulda koʻrgazmalilik, kuzatish muhim rol 
oʻynaydi. 
Bolalar 
oʻzlari 
va 
tengdoshlarining 
narsalarini 
taqqoslaydilar, oʻxshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu 
jarayonda hikoyani «toʻqish» oddiydan murakkabga qarab boradi. 
«Kim tez va chiroyli uy chiza oladi?» oʻyini bolalarning fikrlash 
doirasi nihoyatda kengligini koʻrsatadi. Mashgʻulotning maqsadi 
bolalarni bir qavatli va koʻp qavatli uylar rasmini chizish, qurilish 
vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga, oʻylashga, fikr 
qilishga yoʻllash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida 
nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Bola maktabga tayyorlov yoshiga yetgan sayin mustaqil boʻlib 
boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan oʻzaro 
munosabatlari murakkablashadi.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin