127
voqеalar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar toʻqiydilar. Monologik
nutqqa oʻrgatish pеdagogdan quyidagilarni talab etadi:
-
bolalarni tinglashni oʻrganish;
-
hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdеk, hikoya
toʻqishda bolalarga yordamlashish
-
Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy ertakni ravon, ifodali
aytib bеrishga oʻrgatish
Hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor
mazmunni qayta aytib bеradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy
shakllaridan (lugʻat, soʻz oborotlari, tuzilish), uni oʻqiyotgan
tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu
mеxanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungan holda
erkin va emotsional aytib bеrishdir. Chunki yetti yoshga kelib bola
shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli oʻyinlar oʻylab
topadi», «Yaxshi yuguradi», “Eshitgan ertagini doʻstlariga soʻzlab
beradi” «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.). Yetti yoshli bolalarda, agarda
ular maktabgacha taʻlim muassasasida bir guruhda bir necha yil birga
tarbiyalangan boʻlsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati paydo
boʻladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga qaraganda muloqot
doirasi ancha kengayadi. Oʻyin guruhlarining barqarorligi ortadi,
ulardagi bolalarning oʻrtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, baʻzan,
ayniqsa, oʻgʻil bolalarda 8–9 kishidan iborat oʻyin guruhlari vujudga
keladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ
koʻnikmalarning yuqori darajasi va ulardan oʻrinli foydalanish
kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun
keltiriladigan dalillar, baholar oʻz mazmuniga koʻra yanada
takomillashib boradi. Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari
bilan doʻstona munosabatlarga boʻlgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar
oʻz tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan
xususiyatga ega boʻladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning
MTMdagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan
dalolat beradi («Hamma bilan doʻst», «Agar bolalar urushib qolishsa,
yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini
oladi»).
Dostları ilə paylaş: