Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Qayerda?, Qachon?, Nima?, 
Qanday?; 
sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish
motivatsiyani yaratish: 
Qanday qilsak boʻladi?, Bittami yoki 
koʻpmi?, Yordam ber
kabi oʻyinli-muloqot mashqlari orqali erishish 
muhim. Maʻlumki, bolalar oʻz iqtidoriga qarab turlicha darajada 
rivojlanadi va oʻz navbatida pedagogdan ham bosqichli rahbarlik 
xususiyatini talab qiladi.
Bola hayotining beshinchi yilida bolada gap va soʻz hosil qilish 
va soʻz ijodkorligi shakllantirilsa, oltinchi yilda – gap tarkibini eng 
oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik toʻgʻriligini shakllantirishga 
(soʻz oʻzgartirishda); yettinchi yilda – hosila soʻzlar (qoʻl+qop, 
asal+ari, sakkiz+oyoq) oʻrtasidagi munosabatlarni oddiy tahlil 
qilishga, nutqiy ijodkorlikka alohida eʻtibor berishi lozim.
Didaktik oʻyinlar va soʻz-mashqlar bolalarning tilga oid 
koʻnikmalarini, ularning grammatik faolligini ragʻbatlantirishning 
muhim vositasidir. Pedagog bolalarga soʻz birikmasini oʻylab koʻrish, 
soʻngra gapda soʻzlarni bir-biri bilan toʻgʻri bogʻlash qobiliyatini 
oʻrgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni 
shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, yaʻni bola matnni aytib 
turadigan, katta yoshlilar esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga 
oshirish 
tavsiya 
etiladi. 
Bolaga 
bir 
turdagi 
tuzilmalardan 
foydalanmagan 
holda soʻzlarning toʻgʻri tartibini 
qoʻllashni 
oʻrganishda yordam beradigan mashqlarga alohida eʻtiborni qaratish 
zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
soʻzlardan 
toʻgʻri 
foydalanish 
haqida 
oddiy 
tasavvurlar 
shakllanishidir. 
Buning 
uchun 
bolalarga 
gapda 
soʻzlarni 
biriktirishning turli usullarini, soʻzlar oʻrtasidagi ayrim mazmunli va 
grammatik bogʻliqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion 
jihatdan rasmiylashtirishni oʻrgatish zarur. Shunday qilib, nutqning 
grammatik 
tizimini 
shakllantirish 
jarayonida 
muloqotchanlik 
koʻnikmasi shakllanadi, muayyan muloqot va ravon monologik 
fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash 
imkoniyati taʻminlanadi.


123 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin