118
nomlanganini bilib olasiz. Tarbiyachi hikoyani ifodali qilib oʻqib
beradi va hikoya asosida savollar beradi?
-
Hikoya nima haqida ekan? (qargʻa). Qargʻa suvsirab uchib
yurganda nimaga oʻzi tushdi? (koʻzachadagi suvga). Suvni icha
oldimi? Nima qildi?
Savol-javoblardan soʻng tarbiyachi
ertakni yana bir bor aytib
beradi va bolalardan ertakni takrorlashlarini soʻraydi.
Bolalarning
hikoyalarini baholashda
ertak mazmunini gapirishiga,
shoshilmay bir
tekisda ravon bayon eta bilishlariga eʻtibor beradi.
Tetiklashtiruvchi mashq:
“Qargʻalar” oʻyini
.
Tarbiyachi bolalarni uch guruhga boʻladi.
Birinchi guruh archalar.
Ikkinchi guruh qargʻalar,
uchinchi guruh itlar boʻlishadi.
Birinchi guruh bolalari archalarni tasvirlab qoʻllarini
pastga
tushirgan holda doira boʻlib turadilar va “Yashil archa tagida qargʻalar
qagʻillashmoqda” deydilar. Ikkinchi guruh qargʻalar
doira ichiga
sakrab-sakrab kirishadi va “Qar-qar- qar...” deb qagʻillashadi.
Tarbiyachi: mana itlar kelishdi va qargʻalar uchib ketishdi”-deb
aytishi bilan uchinchi guruh itlar doiraga “RRRR”deb irillab yugurib
kelishadi va qargʻalarning ketidan quvishadi. Ushlangan qargʻalar itlar
boʻlishadi. Oʻyin to ikkita - uchta chaqqon qargʻa
qolguncha davom
etadi.
Dostları ilə paylaş: