116
Oʻyin texnologiyalari (ayniqsa, bogʻcha bolalari uchun)
rivojlantiruvchi maqsadlar(bolaning nutq, idrok, xotira, diqqat,
tafakkurini rivojiantirish)ni amalga oshirishi ham mumkin. Bunda
oʻyin jarayonida yakuniy natija muhimroq boʻladi.
“Qoʻgʻirchoqni kiyintiramiz” oʻyini.
Ushbu oʻyin jarayonida
bola mustaqil fikrini toʻgʻri bayon etishga, boshqalarni tinglashga
oʻrganadi, sensor faoliyati, boshqacha qilib aytganda, bolaning ruhiy
kamolotining koʻp jihatlari nutq bilan bogʻliq ravishda rivojlanadi.
4.5.4-rasm. “Qoʻgʻirchoqni kiyintiramiz” taʻlimiy
soʻz oʻyini
Chunki, bola muloqotga kirishishi, yaʻni tengdoshlari va kattalar
bilan boʻladigan muloqot jarayonida juda koʻplab maʻlumotlarga ega
boʻladi va oʻzining ruhiyatini keyingi rivojlanish bosqichiga koʻtarib
boradi. Shuning uchun, bola hayotining dastlabki birinchi oyidan
tarbiya faqat uni parvarish qilish bilan chegaralanmasligi kerak.
Bolaning ilk yosh davridan eshitish qobiliyatini tarbiyalash,
shuningdek, bolaning emotsional sohasi - jilmayish, kulish, va ovoz
tonini uygʻotish lozim.
Zamonaviy talablar asosida mashgʻulot ishlanmasini yaratish
Dostları ilə paylaş: