128
adabiy til meʻyorlari asosida nutq qay
darajada shakllanganligi
aniqlanib, maxsus topshiriqlar roʻyxati ishlab chiqiladi,
har bir bola
bilan yakka tartibda ishlar olib boriladi.
«Zumrad va Qimmat», «Boʻgʻirsoq», «Ikki echki», «Ur,
toʻqmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va
hikoyalardan, “Bahor”, “Kichkina qushcha”, “Vatan” sheʻrlaridan
birini tanlab yoddan aytib berish taklif etiladi. Bola ertak yoki sheʻr
matnini
eslay olmasa, unga shu ertak yoki sheʻrlarga ishlangan
rasmlar havola qilinadi.
Bolalar nutqi quyidagi koʻrsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
-
mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).
– matn mazmunining toʻliqligi;
– matnni
bayon qilishda izchillik;
– ifoda vositalaridan foydalanish koʻnikmasi;
– nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya
qilib berish yoki sheʻr matnini yoddan aytib
berishda bolalar nutqida
quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin:
– bolalar mustaqil hikoya qila olmaydi;
– taqlid qilib soʻzlaydi;
– baʻzi muhim joylarni
tushirib qoldiradi;
–nutqda uzilish boʻladi;
– nutqda ifodalilik yetishmaydi:
– bir xil tezlikda, bir xil
tovushda aytadi;
– oʻzicha baʻzi soʻzlarni qoʻshib, maʻnosiz bayon qiladi;
– hikoya qilish yoki aytib berish jarayonida matn maʻnosini
oʻzgartirib yuboradi;
– mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda»,
«Uycha», «Maktabga yoʻl» mavzulari
va ularga ishlangan rasmlar
tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yoʻl qoʻygan xatolari va
yutuqlari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: