141
“Ilk qadam” dasturi asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi
oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
•
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi;
•
oʻquv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda
topishi
va undan foydalanishi;
•
predmetlar, voqealar va koʻrinishlar oʻrtasidagi oddiy aloqalarni
tushunib, ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qilishi;
•
raqamlar, hisob-kitobni bilishi va ularni hayotda qoʻllay olishi;
•
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutishi;
•
elementar matematik hisoblashlarni
amalga oshira olishi;
•
atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va koʻrinishlarni kuzatishi
hamda tadqiq qilishi;
•
atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va gʻamxoʻr munosabatni
namoyon eta olishi kerak.
Bolalarning
matematik
tushunchalarini
muvaffaqiyatli
oʻzlashtirishi, ularning idrokini, yaʻni sensor tuygʻularini oʻstirish
bilan bevosita bogʻliqdir. Umumlashtirish va abstraktlashtirish
qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini
aniqlash va shu
xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va
guruhlarga ajratish asosida oʻsib boradi. Shuning uchun bola
maktabga borgunga kadar unda matematik tasavvurlarni
shakllantirish uchun bolalar bogʻchasidagi barcha oʻquv-tarbiya
ishlari bilan uzviy ravishda bogʻlab maxsus ish olib boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga maʻlum
izchillikda berilishi,
bunda yangi bilim kamroq miqdorda, yaʻni bolalar oʻzlashtirib
oladigan darajada boʻlishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa
bir qancha mayda qismlarga boʻlinib, ular birin ketin oʻrganib
boriladi. Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday
tuzilganini bilishi lozim. Bu unga oʻz
guruhidagi bolalarning
matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas,
balki maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalarda boshlangʻich
matematik tasavvurlarni oʻstirish yuzasidan olib boriladigan barcha
ishlar tizimida har bir mashgʻulotning qanday muhim rol oʻynashi
va oʻrin egallashini koʻz oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: