4)
har bir ekskursiyada ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar birgalikda
hal etilishi lozim. Shuning uchun o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va
ko'nikmalar hajmini rejalashtirish hamda qanday his-tuyg‘u, munosabat,
axloqiy sifat, estetik ehtiyojlami faollashtirish avvaldan o'ylanishi kerak.
Ekskursiya o ‘zaro bir-biri bilan bog‘langan aniq
tarkibiy tuzilishga
ega: tayyorlov bosqichi, ekskursiyaning borishi
va ekskursiyadan keyin
amalga oshiriladigan ish.
Tayyorlov bosqichi
ham pedagogni, ham bolalarni ekskursiyaga
tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagog ekskursiya mavzusini,
uning mazmun-mohiyatini, o‘tkazilish muddatini belgilaydi. Shuningdek,
ekskursiya uyushtiriladigan obyektning joylashgan o‘rni
va holatini
ham ko‘zdan kechiradi. Ekskursiya davomida beriladigan namunaviy
savollami tuzadi, she’r, maqol va topishmoqlardan namunalar tanlaydi.
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash ularda o'rganish ko‘zda tutilgan
obyekt va hodisalarga doir qiziqish va ehtiyojni hosil qilishni talab etadi.
Buning uchun quyidagi pedagogik usul va vositalardan foydalaniladi: 1)
ekskursiya jarayonida bolalar kuzatishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar
va hodisalar haqida qiziqarli m a’lumotlar berish; 2) bolalardagi mavjud
tajribalarga tayanish; 3) bolalarga emotsional ta’sir ko:rsatish maqsadida
san’at asarlaridan foydalanish.
Ekskursiyani amalga oshirish
jarayonida ta’limning
turli uslublari
(kuzatish, suhbat, tushuntirish)dan foydalaniladi. Dastlab bolalarga obyekt
bilan to ‘liq tanishish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga bolalarning
kuzatilayotgan obyektni aniq idrok etishlarini badiiy iboralar yordamida
amalga oshirish mumkin: pedagogning o ‘zi yoki bolalardan biri she’rdan
parcha o ‘qiydi. Obyekt yaxlit tarzda idrok qilib bo‘linganidan so‘ng,
bolalar uni chuqurroq anglab olishlari uchun tahlil qilishga o‘tiladi.
Bunda turli xil savollardan foydalaniladi:
1) dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday
qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o‘ziga xosliklarga ega);
2) fikrlashni faollashtiruvchi, qiyoslash,
taqqoslash, farqini ajratish,
umumlashtirishni talab etuvchi savollar (munosabat, aloqadorliklarni
hosil qilish uchun);
3) anglash faolligini rag‘batlovchi. ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarish-
ga undovchi savollar.
Ayrim ekskursiyalar jarayonida suhbat asosiy uslub sifatida xizmat
qiladi. Ayniqsa, bolalarni turli kasb egalari (oshpaz, temirchi,
sotuvchi,
208
fermer, xususiy tadbirkor) faoliyati bilan tanishtirish paytida mazkur
uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun tarbiyachi
suhbat jarayonida foydalaniladigan savollami avvaldan tayyorlab olishi
zarur.
Shuningdek, ekskursiyajarayonidabolalarningfikriy faolligini qo‘llab-
quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-izlanishni rag‘batlovchi usul-
lardan foydalaniladi: bolalarga ular nimalarni o ‘ylayotgani, ularni nima
lar qiziqtirayotgani, ularning fikricha nima
tushunarsiz ekanligi haqida
savollar beriladi; ular guvohi bo'layotgan obyekt, hodisaga mos she’r,
maqol, topishmoqni yodga tushirish so‘raladi.
Ekskursiya so‘nggidabolalarnim alam iko‘rganliklari, bilibolganliklari
haqida umumiy xulosalar chiqariladi. Bir nechta bolaga ularga nimalar
qiziqarli bo‘lganligi haqida gapirib berishni taklif etish mumkin.
Ekskursiyadan so 'ng amalga oshiriladigan ish
bilimlarni kengaytirish,
aniqlashtirish, tizimlashtirishga, ekskursiya jarayonida tug'ilgan his-
tuyg‘u, munosabatlarni mustahkamlashga yo'naltiriladi. Buning uchun
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) ekskursiya davomida to ‘plangan materiallar(tosh, yong'oq, na’ma-
tak va boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
2) bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida
badiiy asarlarga (kitoblar, musiqa, qo'shiq. amaliy san’at buyumlari)mu-
rojaat qilish;
3) kitob burchagida (“Bizning shahrimiz”, “Bizning bog1”, “0 ‘zbekis-
ton - serquyosh o ‘lka” albomlarini tuzish), tabiat burchagida (maketlar
tayyorlash, kolleksiyalar to‘plash, gerbariy tuzish) ishlash;
4) o'yinlarni (teatrlashtirilgan, didaktik, syujetli-rolli) tashkil etish;
5) m a’lum bir belgilangan mavzu yuzasidan amalga oshirilgan о ‘quv
ishining yakuniy qismi bo‘yicha umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: